К содержанию
РецензированоRU2026

BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING QO'LLANILISHI

To’lqunov Bunyodbek

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

данная статья посвящена образам, освещающим смысл произведения искусства и олицетворяющим древнюю силу вымысла. Сущность использования в художественном произведении таких образов, как природа, животные, растения. Ключевые слова. Птицы, деревья, чистая вода, природа, сущность, эстетика, этика, артистизм, человеческое достоинство. Annotation: this article is about the images that illuminate the meaning of the work of art and represent the ancient power of fiction. The essence of the use of images such as nature, animals, plants in the work of art. Key words. Birds, trees, clear waters, nature, essence, aesthetics, ethics, artistry, human dignity. Badiiy asarda tabiat. hayvon, o'simlik kabi epizodlarni qo'llanilishi insonlarni kitob o'qishga undovchi eng yirik va eng aniq bo'lgan dalil bu - to'g'ri fikrlash, ma'naviy ozuqalanish, komillikka sari erishmoqlikdir. ilmiy asarlar insonni tezkor va serma‘no fikr yuritishga yordam bersa, badiiy asarlar - insonning ichki va tashqi muhitida ro’y berayotgan voqea - hodisalarga bevosita o'zgacha nazar va fikr bilan javob ko'rsatishga undaydi. Badiiy asarning mazmun - mohiyatini asar yozish uchun asos qilib olingan manbalarni obrazlar orqali tasvirlanadi desak mubolaga bo'lmaydi Har bir obrazda o'ziga hos uyg'unlik bo'ladi. Xalqlarni ichki kechinmalari qolaversa, yozuvchining o’z kechinmalarini ham asar qahramonlari yordamida obrazlashtiradi.Har bir badiiy asarda, tabiat, hayvon o'simliklar kabi epizodlar mavjud. Bu esa badiiy asarning jozibador, sermazmun, etika, estetika jihatdan yorqin, o'quguvchi uchun manzur kelishini ta'minlaydi. Kitobxon badiiy asar o'qiyotgan paytda - tabiat obrazi aks etgan qismini o'qisa bevosita ruhiy ozuqa, yangi fikr uchun go’zallik qo'shuvchi asosni, o'ziga oladi. Misol tariqasida Alisher Navoiyning "Lison- ut- tayr" (qush tili ) asarida ko'rishimiz mumkin. Bu asarda asosan qushlar obrazi qo'llanadi. Navoiy bu asarida, o'sha davrning insonlari qolaversa insoniyatning holatini qushlar yordamida yoritadi. Asarda, o’rmonda ko'p qushlar yashaydilar, ular o'zliklarini bilmaganlari sababli g'ola - g'ovur ko'tarishadi. Shunda bir qush ularga, eng oliy qush yoniga borishni, qushlar podshohi bo'lgan bir qush borligini aytadi. Va uni "Simurg'" deb ataydi .Qushlar bu gapni eshitgan " Hudhud " nomli qushga ergashib " Simurg’ " tomon yo'l olishadi. Yo'lda juda ko'p azobu dardlarga duchor bo'ladilar. Qushlar o'z uzrlarini aytishadi. Hudhud ularga kerakli javobni aytib, yo'lida davom etishlarini so'raydi. Bulbul uzri: (qisqacha) 75 Men bir hushovoz qushman. Men bog' aro kezaman, men gullarga oshiqman. Menga bundan boshqa yana nima kerak bo'lishi mumkin.Hudhud javobi (qisqacha) Ey nodon qush! Sen o'zingni soxta ishqingni ishq dema. Sening gaping yolg'ondan boshqa narsa emas. Agar - sen sevgan guldan bir ozor yetsa, sevgan chamaning ham hazonga aylanadi. [1.19-B]Shu tariqa 30 ta qush Hudhud aytgan joyga yetib borishadi . Va Simurg’ ya’ni 30 qush degani holda o'zliklariga yetishadi. Bunday asarlar kitobxonni chuqur fikrlashga, o'zlikni anglashga ordam beruvchi manbaadir. XIX asr oxiri XX asr o'rtalarigacha bo'lgan davrda yashab ijod etgan Abdulla Qodiriy romanlarida o'ziga xos obrazlarini ko’rishimiz mumkin. Uning ko'pchilikka ma'lum bo'lgan" O'tgan kunlar" romanida berilgan parchani ko'raylik: "Ko'zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan yuvdi, bir martabagina emas qayta - qaytalab yuvdi", "Kumushning dardini hech kim bilmas, uning hayoliga hech kim tushunmas, magar shu ariq bo'yi tushungandek, bilgandek... Sirli ariq bo'yi unga nimalarnidir so’zlar, undan nimalarnidir tinglardi ". [2.54-B] Kumushga dalda berayotgandek tuyulgan ariq bo’yi Kumushga xush kelardi. Kumush bilan Otabekni uchrashtirgan ham shu ariq bo’yi, sirli suv sababchi emasmidi.... Darhaqiqat, badiiy asarlarda, qolaversa xalq og'zaki ijodida ham bunday epizodlarni obrazlashtirishga bolgan yondashuv azaliy qadriyat bo'lib qolgan. Yokida, Ezopning masallarida hayvonlar obrazi aks etgan bo'lsada, negizida insonning ruhiyati, va insoniyat uchun muhim bo'lgan muammolarni tasvirlaydi. Har bir masalda, o'zgacha ruhiyat, o'zgacha ma'no mazmun, bor desak mubolag'a bo'lmaydi. XX-asrning so’ngi yillarida yaratilgan asar “Muvozanat “ romani Ulug'bek Hamdam qalamiga mansub bo’lib, bu asarda ham insonlarning sodda fikrlashlari oddiygina hayot tarzi keltirilgan . Ushbu asarda ham turli hayvon-u, qushlar obrazlashtiriladi. Asosiy maqsad epizod tanlash emas, asosiy maqsad tanlangan epizodni hayotdagi qaysidir kamchiliklarni ko’rsatish uchun tanlashdir. Bu asar ham huddi shu yo’sinda yozilgan. Asardagi Muhammadjon ismli akaning katta bir bog’i bor edi va ana shu bog’da bedana va sayroqi qushlari bor edi. Muhammadjon aka ko’p yillar ularni parvarish qildi. Yillar o’tib Muhammadjon aka, qadrdon bog'i va qushlari bilan birma-bir suhbat qurdi. Muhammadjon akaning yolg'iz do’stlari shu daraxtlar, qushlar edi. Bir kuni " Muhammadjon aka qushlar qafasidan bir qushni oldi. Kaklik... Chiroyli qus

Доказательный фрагмент

«данная статья посвящена образам, освещающим смысл произведения искусства и олицетворяющим древнюю силу вымысла.»

Образец извлечения

Демо-превью

данная статья посвящена образам, освещающим смысл произведения искусства и олицетворяющим древнюю силу вымысла. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Birds, trees, clear waters, nature, essence, aesthetics, ethics, artistry, human, etka, tabiat, zilol suvlar, qadryat., daraxtlar, badiiylik, inson, estetika, Qushlar, mohiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники