К содержанию
РецензированоUZ2024

GENDER TENGLIGI - INSON HUQUQLARINING ASOSIY KO‘RSATKICHI SIFATIDA

Valiyev Dostonjon Asqar o‘g‘li · Duskulova Dilnoza Hosilbek qizi · ПРАВ ЧЕЛОВЕКА

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article deals with the issue of gender equality, which sets out the legal norms that serve to ensure gender equality. Equal rights and opportunities for women and men are analyzed mainly in the field of education, family and labor relations. Keywords: gender equality, human rights and freedoms, women, men, family, marriage, education, labor, universal Declaration of human rights, Constitution of the Republic of Uzbekistan and other legal acts. Demokratik jamiyatning asosiy belgilaridan biri – inson huquq va erkinliklarning kafolatlanishi bugungi dunyoning eng dolzarb masalasi sifatida yuzaga chiqmoqda. 581 Dekabr, 2024-Yil Ana shu jarayonlarda xotin-qizlarning o‘rni, ularning o‘z huquq va erkinliklarini bilishi, talab qila olishiga doir bilim, ko‘nikmalari qay darajada? Bu haqda nimalarni bilamiz? Bizga ma’lumki, dunyo tarixida ayollar bilan erkaklar o‘rtasida teng huquqlilik bo‘lmagan. Bu masala olimlar va faylasuflar tomonidan turlicha talqin qilingan va bahsli munozaralarga sabab bo‘lgan. Erkak va ayollar tengligi g‘oyasini ilk bor antik davr faylasufi Antifont o‘z asarlarida bayon qilarkan, «Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi», deya ta’kidlagan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiy esa “Fozillar shahri” asarida xotin-qizlarni ham erkaklar kabi ta’lim olishi kerakligini yozgan. Sababi ayol kishi oilada ona vazifasini bajarar ekan, farzand tarbiyasida uning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. 1791-yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan Fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi ochiq e’tirof etilgan. O‘sha davrda boshlangan amaliy qadamlar 1968-yilga kelib amerikalik psixolog olim Robert Stoller tomonidan fanga «Gender» atamasi kiritilishi bilan yangi bosqichga ko‘tarildi. «Jins» ma’nosini bildiradigan «gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini qamrab oladi. XX asr o‘rtalariga kelib jahonda gender masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab keng tarqalgan bu atama ayol va erkaklarning fe’l-atvori, jinsiga xos xislatlari, hayot tarzi, fikr va intilishlarini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, gender ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyatdagi ko‘rinishini, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining qay ahvolda ekanligini namoyon etadi hamda ayollarning erkaklar bilan haqiqiy tengligi va jamiyatdagi rolini ko‘rsatadi. Asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib esa gender masalasi bilan bevosita shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tuzish bo‘yicha BMTga a’zo davlatlar tomonidan takliflar tusha boshladi. 1994- yilda Qohira shahrida 179 davlatdan 10 mingdan ortiq delegat ishtirok etgan axloqshunoslik bo‘yicha xalqaro konferensiyada BMTning gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish tuzilmasini tashkil etish taklifi delegatlar tomonidan qo‘llab- quvvatlandi. Shundan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan BMTning Gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish tashkiloti BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarga gender tenglikni o‘rnatishdagi xalqaro andozalarni hayotga tatbiq qilishda tegishli qonun va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yaqindan ko‘mak beradi. 582 Dekabr, 2024-Yil Gender tenglikning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikda o‘z aksini topganligini alohida ta’kidlash joiz. Xususan, erkak va ayollarning tengligi 1948-yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, asosiy qonunimiz bo‘lgan konstitutsiyamizda va bir qancha qonun hujjatlarida ham alohida e’tirof etilgan. Shunga qaramasdan jamiyatimizda ayrim holatlarda xotin-qizlarni o‘z o‘rnini topishiga qarshiliklar ham uchrab turibdi. Bu esa o‘z-o‘zidan kamsitish, huquqlarda notenglik tushunchalarining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Kamsitish insonni biror-bir belgiga ko‘ra sababsiz, noqonuniy farqlash, uni boshqalardan past ko‘rishni anglatadi. Jamiyatda insonni farqlashga uning millati, diniy e’tiqodi, yoshi, salomatlik holati, siyosiy qarashlari, moddiy va oilaviy ahvoli va hakozolar asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir millat vakillariga adolatsiz ravishda ustunlik yaratish boshqalarga nisbatan kamsitish bo‘ladi. Har qanday kamsitish insonning huquq va erkinliklarini cheklaydi, ba’zi hollarda hatto ulardan foydalanish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Lekin, har qanday farqlash ham kamsitish bo‘lavermaydi. Masalan, agar 15 yoshli bolaga haydovchilik guvohnomasini berish rad etilgan bo‘lsa, bu asoslidir. Ammo haydovchilik guvohnomasi faqat erkaklarga beriladigan bo‘lsa, bu ayollarga nisbatan kamsitishdir. Umuman olganda har qanday holatda inson huquq va erkinliklarini kamsitilishiga va cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jumladan, insonning jinsi nuqtai-nazaridan tengligi to‘g‘risida Inson huquqlari umumja

Доказательный фрагмент

«This article deals with the issue of gender equality, which sets out the legal norms that serve to ensure gender equality.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deals with the issue of gender equality, which sets out the legal norms that serve to ensure gender equality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender equality, human rights and freedoms, women, men, family, marriage, nikoh, ta’lim, erkaklar, oila, inson huquq va erkinliklari, gender tenglik, ayol qiyofasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, xotin-qizlar, mehnat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники