К содержанию
РецензированоEN2024

PARAFRAZALARNING LINGVOKULTROLOGIK XUSUSIYATLARI

PARAFRAZALARNING LINGVOKULTROLOGIK XUSUSIYATLARI · Husanova Mahliyo · Almardavova Iroda

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article describes paraphrases, their characteristics, their role in the Uzbek language, their participation in the development of the Uzbek language, as well as the linguistic and cultural characteristics of paraphrases, as well as the research results and analyzes of scientists. Keywords. Paraphrase, homonymous paraphrase, figurative, methodology, stylistic device, linguocultural science, metaphor, metonomy, synecdoche. ЛИНГВОКУЛЬТРОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПЕРФРАЗОВ Аннотация. В данной статье описаны парафразы, их характеристики, роль в узбекском языке, их участие в развитии узбекского языка, а также лингвокультурныеособенности парафразов, а также результаты исследований и анализ ученых. Ключевые слова. Парафраз, омонимический парафраз, образность, методология, стилистический прием, лингвокультурология, метафора, метономия, синекдоха. Til kommunikativ aloqa vositasi sifatida insonlar orasida muloqot jarayonida ishtirok etadi. Shuning bilan birgalikda, madaniyat ko‘zgusi hisoblanadi. Unda nafaqat insonni o‘rab turgan borliq, undagi xalqning ijtimoiy hayotini, uning mentalitetini, milliy xarakterini, madaniy an’analarini, urf-odat qadriyatlarini aks ettiradi. Til madaniyat xazinasi hisoblanib, leksika, grammatika, iboralar, maqollar, badiiy va ilmiy adabiyotlar orqali boyiydi. Bundan tashqari og‘zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarimiz saqlanadi. Shu qatorda o‘zbek tilining boyitilishida parafrazalarning ham hissasi kattadir. Parafrazalar haqida shu kungacha ko‘plab maqolalar va desertatsiyalar ishlangan. Bundan avval parafrazalar maxsus ilmiy tadqiqot obyekti sifatida rejada o‘rganilmagan. Shuningdek, parafrazalar badiiy tasvir vositalaridan biri sifatida og‘zaki nutqimizda ham yozma nutqimizda ham keng qo‘llanadi. Parafrazalar tilimizning naqadar boyligi hamda ta’sirchan ekanligini ham ko‘rsatadi. Ularning shaxs-narsa, buyum, voqea-hodisalarni tasvirlash yo‘li bilan so‘z birikmalari holida ifodalaydigan birikmalarga yoki so‘zga tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deb yuritiladi. 4 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular biror narsa hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalaydi, hamda narsa va hodisaning ikkinchi nomi hisoblanadi. Parafrazalar so‘zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorni oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. O‘zbek tilshunosligida tasviriy ifodalarning ma’no-mazmunini ifodalab berish, uning mohiyatini ochib berishi va qaysi uslubda qo‘llanishi uslubshunoslikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Parafraza atamasining xorijiy lug‘atlarda turlicha talqini uning farqli va o‘xshash tomonlari xususida bahs yuritilgan. Parafraza aslida ‘‘grekcha” so‘z bo‘lib (paraphrasis), lingvistikada jumladan, o‘zbek tilshunosligida “tasviriy ifoda “ ma’nosida qo‘llanadi. Bu hodisalar hozirgi kunda ham olimlar nazarida chetda qolgan emas. O‘rganilgan manbalarga xronologik nazar solamiz. Leksikograf olim O.S. Axmanova tahriri ostida nashr qilingan lingvistik qomusiy lug‘atda parafrazaga “biror so‘zni ba‘zi predmetlarning so‘zlar orqali oddiy ifodalanishini tasviriy ifoda bilan almashtirishdan iborat bo‘lgan ko‘chim” deb izoh bergan.[19, B.312] O‘zbek tilshunosligida ko‘chim turi sifatida parafrazani o‘quv qo‘llanmalariga olib kirgan tilshunos olim R.Qo‘ng‘urov 1893-yilda nashr etilgan “O‘zbek tili stilistikasi” qo‘llanmasida: “…kishilarning otlarini yoki boshqa predmetlarning nomini to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirmasdan, ularni turli xil so‘z yoki tasviriy ifodalar vositasida bayon qilish perifraz deyiladi” deb ta’rif bergan [34, B. 148]. Tasviriy ifodalarning parafraza yoki perifraza, parafraz, perifraz deb yuritiladigan nomlari bir xil ma’noni anglatadi. Bu borada tadqiqot olib borgan tilshunos olimlardan. M.Mirtojiyevning tadqiqotlarida batafsilroq o‘rganilgan.Olimlarning ta’kidlashicha “parafrazalar ma’lum bo‘lak yoki ko‘chma ma‘noda bo‘lib, ular ma‘nosi sintezidan tashkil topgan, bir tushunchani bildiruvchi lug‘aviy birliklardir… Parafraza holida maqom olgan birikmada, garchi semantik qayta bo‘linish kuzatilmaydi”[22, B.67]. Parafrazalar omonim, sinonim hamda metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi ma’noviy shakllari mavjuddir. Omonim parafrazalar nutqimizda bir parafraza o‘rnida qo‘llanilsa, unda bular shakldosh parafrazalar. Masalan, Aql gimnastikasi- shahmat, matematika Qora oltin- neft va ko‘mir Bahor elchisi- qaldirg‘och va deyiladi boychechak kabilar Sinonim parafrazalar esa bir so‘zning bir necha tasviriy ifodalari bo‘lsa ular ma‘nodosh hisoblanadi. Masalan, Televizor-zangori ekran, oynayi jahon Bahor-fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli kabi. Metafora asosida ma’no ko‘chishida parafrazalar – muayyan hodisa va belgilarning nomini boshqasiga o‘zaro tashqi o‘xshashlik asosida ko‘chirish jarayonidir. Metafora asosida o‘xshashlik asosan uning rangi va xususiyatining o‘xshashligi yetakchilik qiladi. Misol qilib olsak, qara oltin-neft, oq oltin-paxta, zangori olov

Доказательный фрагмент

«This article describes paraphrases, their characteristics, their role in the Uzbek language, their participation in the development of the Uzbek language, as well as the linguistic and cultural characteristics of para…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes paraphrases, their characteristics, their role in the Uzbek language, their participation in the development of the Uzbek language, as well as the linguistic and cultural characteristics of para… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Paraphrase, homonymous paraphrase, figurative, methodology, stylistic
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники