К содержанию
РецензированоUZ2024

NUTQDAN KO‘ZLANGAN MAQSADGA ERISHISHDA PARAZIT LEKSEMALARNING AHAMIYATI

LEKSEMALARNING AHAMIYATI · Ibragimov Javlon Yormatovich

Современная наука и исследования · 3 · 771-774 · 2024

Аннотация

The role of such communicative qualities as purity, truthfulness, logic, richness, accuracy, expressiveness, conciseness in providing cultural speech is invaluable. We can also observe cases where parasitic words, which are said to affect the purity of speech in some cases, perform pragmatic tasks. In some speech situations, they serve as one of the main means on the speaker's path to achieving the main goal outlined in speech. Keywords: intention, parasitic words, purity of speech, pragmatic tasks, speech situation. ЗНАЧЕНИЕ ПАРАЗИТНЫХ ЛЕКСЕМ В ДОСТИЖЕНИИ ЦЕЛИ РЕЧИ Аннотация. Неоценима роль в обеспечении культурной речи таких коммуникативных качеств, как чистота, правдивость, логичность, богатство, точность, выразительность, лаконичность. Мы также можем наблюдать случаи, когда слова- паразиты, которые, как говорят, в некоторых случаях влияют на чистоту речи, выполняют прагматические задачи. В отдельных речевых ситуациях они служат одним из основных средств на пути говорящего к достижению главной цели, намеченной в речи. Ключевые слова: намерение, слова-паразиты, чистота речи, прагматические задачи, речевая ситуация. 464 Noyabr, 2024-Yil Kirish. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri “o‘z fikrini tinglovchi (o‘quvchi)larga og‘zaki va yozma shakllarda aniq, ravon tarzada yetkazib berish” [1] ekan, har bir o‘zbek tilida so‘zlashuvchi shaxs tilning barcha sathlari haqidagi chuqur bilimlarga ega bo‘lishi lozim sanaladi. Nutqimizning sofligi qay darajada muhimligini Prezidentimizning “har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona-Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”[2]ligini ta’kidlashlaridan ham anglashimiz mumkin. Har bir shaxsning ma’naviy kamolotga erishishi nutqiy madaniyatliligiga ham, albatta, bog‘liq. Bundan ko‘rinadiki, til nafaqat fikr ifodalash quroli, balki kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi, milliylikni aks ettirish, madaniyatimizni namoyon etish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Zero, hadislarimizda ham bejizga “Kishining zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir” deyilmaagan. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Nutqning madaniyligini ko‘rsatuvchi xususiyatlardan biri bo‘lgan soflik uning adabiy til me’yorlariga, jamiyat a’zolari amal qiladigan odob-axloq mezonlariga qay darajada mosligidir. Adabiy til sofligiga putur yetkazuvchi vositalar sifatida dialektizmlar, varvarizmlar, vulgarizmlar, kanselyarizmlar qatorida parazit so‘zlar ham sanaladi [3:48]. Parazit so‘zlar (diskursiv so‘zlar, “ishlamaydigan so‘zlar” deb ham yuritiladi) “voqelikni aks ettirayotgan nutq parchasiga ham, monolog va dialogdan ko‘zlangan maqsadga ham semantik jihatdan aloqador bo‘lmagan birliklar” [4:292-297] dir. Olimlarning katta qismi bu kabi so‘zlarni nutq egasining nutqiy vaziyatga to‘laqonli tayyor emasligi hamda nutqning to‘satdan sodir bo‘lganligi tufayli unga qo‘shilib qolgan deb hisoblaydilar. Bunday so‘zlar aniq vazifalarga ega emasligi va semantik yuk qabul qilmasligi sababli, ko‘pincha ularning samarasizligi va nutqda ulardan xalos bo‘lish zarurligi haqida fikr bildiriladi [5:258-259], [6:410]. Shuning uchun ham ularga nisbatan “parazit so‘zlar” atamasi qo‘llanilgan. Olimlar parazit so‘zlarning nutqdagi vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishadi: 1) nutq jarayoniga tayyor emasligi sababli so‘zlovchi uchun zarur bo‘lgan pauzalar o‘rnini to‘ldirish; 2) matnning uyg‘unligini ta’minlash - chegaralash, gapdagi fikrlarni bog‘lash yoki fikrning oxiri va boshlanishini belgilash[7]. Parazit so‘zlarning nutqda uchrab turish sabablari sifatida A.M.Shofqorov quyidagi fikrlarni keltirib o‘tadi: 1) lug‘at boyligining cheklanganligi; 2) fikrni jamlash qobiliyatining pastligi; 3) nutq madaniyatini egallashdagi dangasalik; 4) aloqa uslubining zamonaviy ekanligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida ataylab bunday so‘zlardan foydalanish; 5) so‘zlovchining qattiq hayajon, stress holatlaridagi nutqi [8; 771]. 465 Noyabr, 2024-Yil Olimning fikrlariga qo‘shilgan holda parazit so‘zlarning badiiy adabiyotda qahramonlarning o‘ziga xos bo‘lgan xarakteri, bilim darajasi, ijtimoiy mansubligi kabilarni ochib beruvchi asosiy vositalardan biri ekanligini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Ba’zan shu darajaga boradiki, parazit so‘z qahramonning boshqalardan ajralib turishini ko‘rsatuvchi belgiga va hatto, laqabga aylanib qolishi mumkin. “Shu-shu domla”, “oshna”, “Masalan ustoz” kabi obrazlar fikrimizni yaqqol dalillaydi. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Nazarimizda, nutq jarayonida, ba’zi o‘rinlarni hisobga olmaganda, ortiqcha, “ishlamaydigan” (parazit so‘zlarga nisbatan shu atama ham ba’zan qo‘llanadi) birliklar deyarli bo‘lmaydi. Ya’ni, parazit so‘zlar ham nutq jarayonida o‘ziga xos “pragmatik vazifa” bajaradi. To‘g‘ri, demak, shu, innaykeyin, ya’ni, haligi, anovi, aytaylik, tushuntiroldimmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang-da kabi so‘zla

Доказательный фрагмент

«The role of such communicative qualities as purity, truthfulness, logic, richness, accuracy, expressiveness, conciseness in providing cultural speech is invaluable.»

Образец извлечения

Демо-превью

The role of such communicative qualities as purity, truthfulness, logic, richness, accuracy, expressiveness, conciseness in providing cultural speech is invaluable. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intention, parasitic words, purity of speech, pragmatic tasks, speech, parazit so‘zlar, pragmatik vazifalar, nutqning sofligi, intensiya, nutqiy vaziyat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники