К содержанию
РецензированоUZ2024

O’ZBEKISTONDA ENERGETIKA VA UNING ISTIQBOLLARI

sunnatjon Abdusattorov

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article shows the problems and news related to electricity in Uzbekistan. Also, the situations and conditions related to the electric power industry of Uzbekistan were studied, and recommendations were made for the future development of the sector. In addition, the reforms aimed at the development of electric energy in our country were discussed today. Key words: Hydroelectric power plant, solar power plant, wind power plant, electricity supply, natural resources. ЭНЕРГЕТИКА УЗБЕКИСТАНА И ЕЕ ПЕРСПЕКТИВЫ Аннотация. В данной статье показаны проблемы и новости, связанные с электроэнергетикой в Узбекистане. Также были изучены ситуации и условия, связанные с электроэнергетикой Узбекистана, и даны рекомендации по дальнейшему развитию отрасли. Кроме того, сегодня обсуждались реформы, направленные на развитие электроэнергетики в нашей стране. Ключевые слова: Гидроэлектростанция, солнечная электростанция, ветряная электростанция, электроснабжение, природные ресурсы. Kirish. So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan tub o‘zgarishlar amalga oshirilyapti. Respublikaning turli hududlarida erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, klasterlar tashkil etilyapti. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Xavfsiz shahar” kabi strategik dasturlar asosida shaharu qishloqlarda ulkan bunyodkorliklar qilinmoqdaki, ularning qiyofasi mutlaqo yangilanmoqda. Shunga yarasha turizm ham taraqqiy topmoqda. O‘z navbatida, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash masalasiga har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq e'tibor qaratilayotir. Muammolar; Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan bu kabi shiddatli rivojlanish sur'atlari, eng avvalo, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning ham o‘sishiga olib kelmoqda. Masalan, 2000 yilda bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 57 foiz ko‘payib, 200 kVt/soatga yetdi. 2 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ayni chog‘da joriy yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasidan umumfoydalanishda aholi ulushi 26,5 foizga yetdi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish dinamikasi barqarorlashdi. Mazkur tendensiya aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Boshqa tomondan esa bu ikki omil elektr energiyasi iste'molining muttasil ravishda ortishiga sabab bo‘lyapti. 2030-yilgacha mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yiliga taxminan 6-7 foizga o‘sishi bashorat qilingan. Biroq O‘zbekiston bunday ssenariyga tayyor emas. Chunki mavjud quvvatlar ichki ehtiyojni to‘liq qondirish imkonini bermaydi. Tezkor choralar ko‘rilmasa, kelgusida energiya taqchilligi muammosi taraqqiyotimizga tushov bo‘lishi aniq. Energetikaning ham an'anaviy, ham muqobil turlarini rivojlantirish O‘zbekiston uchun yagona to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 254,8 ming kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 kV.li kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan. Taqsimlash tarmoqlarining juda eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli darajada yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Ya'ni ayni paytda issiqlik elektrostansiyalaridan elektr energiyasi tarmoqlariga chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 20 foizi yo‘qotilayapti. Bir ko‘z o‘ngingizga keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan yorug‘lik va issiqlik manbaining beshdan bir qismi havoga uchib ketmoqda, uvol bo‘layapti.Aynan mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarni yo‘qotish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va sifatini ta'minlab qo‘yish darkor. Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshib borishi ham inobatga olinish shartHozirgi vaqtda, Respublika bo'yicha ishlab chiqarishning umumiy ulushi 82,5% bo'lgan "issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalaridan tashqari, elektr energiyasi ishlab chiqarishni "O'zbekgidroenergo" AJ gidroelektr stansiyalari 9% ulush bilan amalga oshirmoqda, davlat-xususiy sheriklik prinsipi bo'yicha foydalanishga topshirilgan elektr stansiyalari 8% ulush bilan, shu jumladan, 7,4% IES va 0,6% quyosh elektr stansiyalari), shuningdek, "Uz-KorGas Chemical" MCHJ QK korxonalari blokstansiyalari 0,5% va "GTL" MCHJ respublika bo'yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 0,2% ni tashkil etadi. Yechimlar; Respublikamizda energetikaning pishiq-puxta rivojlanishi, iste'molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol qurilmalari)ni hayotga tatbiq etishga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Zero, bunday ne'matlarni o‘zlashtirish tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun asrab-avaylash, atmosfer

Доказательный фрагмент

«This article shows the problems and news related to electricity in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows the problems and news related to electricity in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hydroelectric power plant, solar power plant, wind power plant, electricity
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники