К содержанию
РецензированоUZ2023

“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TASAVVUFONA G`OYALARNING RUJU’ SAN’ATI ORQALI BERILISHI

SAN’ATI ORQALI BERILISHI · Ernazarova Nilufar Umarovna

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

this article analyzes the application of mystical ideas through the art of lipstick in the verse of Alisher Navoi “Layli and Majnun”, their role and meaning in the interpretation of bytes. The symbolic meanings of mysticism are interpreted. Keywords. Mysticism, symbol, occupation, artistic arts, lipstick, " Layla and Majnun”, interpretation, nafs, the perfect man, the whole world, figurative work, spiritual appearance. ПЕРЕДАЧА МИСТИЧЕСКИХ ИДЕЙ ПОСРЕДСТВОМ ИСКУССТВА РУЖУ В ЭПОСЕ «ЛЕЙЛИ И МЕДЖНУН» Аннотация. В данной статье анализируется использование мистических идей в стихах эпоса Алишера Навои «Лейли и Меджнун» через искусство руджу, их место и значение в трактовке стихов. Объясняются символические значения мистицизма. Ключевые слова. суфизм, символизм, терминология, искусство, руджу`, «Лейли и Меджнун», комментарий, нафс, совершенный человек, внутренний мир, образная любовь, духовный облик. Sharqda so’zga buyuk inoyat sifatida qaralgan, balki shuning uchun azaldan sharqliklar nazmga moyildirlar. Nazm egalari esa so’zga yangi ma’no yuklashga harakat qilganlar, balki shuning uchun Sharq she’riyatida zohiriy ifodalar botiniy qarashlarni o’zida yashirgandir.Bu tushunchalar shuni bildiradiki, ijodkorlar misralarida tasavvuf olamining qarashlari o`z aksini topgan. Ma’lumki, tasavvuf islomda inson ruhiyati va ahloqiy jihatdan insonni komilllik sari yetaklovchi , yo’llovchi ta’limot hisoblanadi. Tasavvuf bu- Ollohning birligi, Ollohdan boshqa 199 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 narsaga muhtoj bo’lmaslik, har qanday mol-mulk, boylik quliga aylanmaslik, sabr-qanoat qilib yashashdir. Shuningdek, bu ta’limotda komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag’rikenglik, diniy donishmandlik, ruhiy barkamollik kabi g’oyalarni ilgari suriladi. O’z davridayoq Sharqda ilmi bade’da “ badoyi us-sanoyi’”, “sanoyei’ lafziy” (“badiiy san’at”) deb yuritiluvchi ma’noviy-uslubiy usul o’rganilgan. Badiiy san’atlar shartli ravishda ikkiga: ma’naviy va lafziy san’atlarga bo’linadi. Ma’noviy san’atlar so’z, ibora va jumlaning ma’no jihatlariga, lafziy san’atlar esa so’z va iboralarning shakli, jaranglashi, hattoki, xattiy chiziqlariga e’tiborni jalb qiladi. Ma’lumki, A.Navoiy ijodida ham badiiy san’atlar o’zining original ifodalariga egaligi bilan ajralib turadi va ushbu badiiyliklar zamirida tasavvufona fikrlar bayon etiladi, ana shunday badiiy san’atlardan biri ruju’ (arabcha - qaytish)1 san’atidir. Bu haqda Fitrat shunday yozgan: “Shoir-adib o’z tuyg’ularini onglatib turgan chog’da, go’yo birdan ifodalashning yetishsizligini bilgan bo’lub, burungi so’zidan qaytadir-da, undan kuchlirak bir ifoda bilan so’ylaydir.”2. Odatda, ruju’ san’atida inkor ma’nosini beruvchi so’z va qo’shimchalardan foydalaniladi. Fikrimizni “Layli va Majnun” dostonidan olingan misollar bilan dalillaymiz. Masalan, ne inkor so’zi bilan: Ul hajr tuniga subhi ummid, Ne subhi umid, mehri jovid.3 Majnun Laylining qavmidan bo’lgan Zaydga (XXIV bob) “salomimni Layliga yetkaz” deb yolboradi. Zayd: “Sen haqingda Layliga xabar yetkazaman, bu xabar uning hijron tuni soya solgan qalbiga bir tongdan umid kabidir”,- deydi va bu javobidan qoniqmay: “Yo’q bir tong emas, balki bu xabar uning qalbini quyosh kabi abadiy yorug’ qiladi”,-deydi.Ya`niki ,qalbning yorug`lik istashi va yorug`lik nuriga intilishi ham Ollohning tajallisiga intilishdir. Birinchi misrada yashirin tashbeh qo’llanilgan bo’lib, shoir ikkinchi misrada bu tashbehdan chekinib, uni kuchliroq ifodalashga harakat qiladi. Bu bilan ma’shuqaning ahvoli yanada oydinlashtiriladi. Shoir Laylining Majnun maktubidan iztirob chekishini (XXVII bob) tasvirlar ekan, Majnunning Layliga yozgan maktubini keltiradi. Majnun Layli sifatlarini ta’riflashda ham o’z bahosidan chekinadi: Ey nozu karashma bog’ida vard, Ne vard, bahori nozparvard. Bu o’rinda ham birinchi misrada tashbehli ifoda keltirilgan, ya’ni Layli gulga (vard) 1 Hojiahmedov A. Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya. –Toshkent, 1988. 47-bet. 2 Fitrat A. Adabiyot qoidalari. –T.: O’qituvchi, 1995. 74-bet. 3 Alisher Navoiy. Layli va Majnun. –T., 1991. (Misollar mazkur kitobdan olindi). 200 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 qiyoslangan, biroq ikkinchi misrada Majnun bu ta’rifdan qoniqmay, sen gul emas, balki gulg’unchasan, deydi. Ma’lumki, Sharq adabiyotida g’uncha va gul timsollari nisbatan zidlantiriladi, g’uncha tug’ilish, bahor, pinhonlik ma’nolarida, gul esa xazon bo’lish, kuz, oshkor bo’lish kabi zohiriy va botiniy ma’nolarda qo’llanadi. Bu esa misralarda hayot sarhadlarida tasavvuf g`oyasi xususiyatlarini aks ettiradi. Majnunning o’z to’yi oqshomida biyobonga ketib qolishi bobida (XXX bob) shoirning Navfalga ta’rifi keltirilgan. Unda ruju’ qo’llangan misralar ham bor: Kim Navfalkim Arabdadur toq, Yo’q, yo’q, ne Arabki, toqi ofoq. Shoir Navfaldek inson “Arabda toq, ya’ni yagona” degan sifatlashidan chekinib, “Arabdagina emas, balki olamda (ofoq) yagona”

Доказательный фрагмент

«this article analyzes the application of mystical ideas through the art of lipstick in the verse of Alisher Navoi “Layli and Majnun”, their role and meaning in the interpretation of bytes.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article analyzes the application of mystical ideas through the art of lipstick in the verse of Alisher Navoi “Layli and Majnun”, their role and meaning in the interpretation of bytes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mysticism, symbol, occupation, artistic arts, lipstick, " Layla and Majnun”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники