Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI VA “JINS” KONSEPTINING VOQEALANISHI
“JINS” KONSEPTINING VOQEALANISHI · Sidiqova Feruza
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
Mazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslik boʻyicha umumiy qarashlar yoritilgan. Konsept terminining linvomadaniyatdagi oʻrni turk va oʻzbek tili misolida tahlil qilinadi. Shuningdek “jins” konseptining mumtoz poetik nutqdagi ahamiyati tahlillar orqali muhokama qilinadi. Tayanch soʻz va iboralar: lingvomadaniyat, konsept, “jins” konsepti, assotsiativ birliklar. Kirish.Soʻnggi yillarda tilshunoslikdagi oʻzgarishlar matn tahlilida yangicha nazariya va yondashuvlarni olib kirdi. Jahon tilshunosligidagi qator ilmiy izlanishlar asosida tilshunoslikning zamonaviy sohalari shakllandi. Shu jumladan, tilshunoslikning yangi yoʻnalishlaridan biri hisoblangan lingvomadaniyat ham ushbu sohalar qatoridan joy egalladi. Til va madaniyatning oʻzaro ta’siri muammolariga e’tibor qaratadigan madaniy tilshunoslik sohasi XX asrning oxirlarida shakllana boshlagan. Asosiy qism. Lingvomadamiyatshunoslikning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.E.Gumboltga borib taqalishini ta’kidlaydilar. Tilda milliy ma’naviyat, dunyoqarash oʻz aksini topishi haqida fikrlarini aytarkan: “Biz dunyoni tilimiz yaratgandek koʻramiz” degan gʻoyani ilgari suradi. Til va madaniyatning- bogʻliqligi, madaniyatning tilda aks etishi-bilan bogʻliq masalalarning- metadologik asosi yaqin-yillardangina boshlandi.-Jumladan,- V.V.Vorobyov,-V.M.Shaklein, V.A.Maslova, V.N.Teliyalarning ishlari bunga asos boʻla oladi. Oʻzbek tilshunosligida ham bu yoʻlda qator izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, “til va madaniyat” masalalarida eng koʻp shugʻullangan, lingvomadaniyatning ilmiy- asoslanishi singari bir qator masalalariga-qaratilgan dastlabki ishlar sifatida M.Nasrullayeva, G.Ergasheva, K.Raximovning ishlari, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yoʻllarini izlab”, A.Nurmonovning “Oʻzbek -tilida- lingvomadaniy- yoʻnalish”,- N.Saidrahimovaning “Lingvomadaniyatning ilmiy asoslanishiga doir 124 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-8 ayrim mulohazalar”, “Lingvomadaniyatshunoslikning komponentlari” nomli maqolalarni misol keltirishimiz mumkin. Lingvomadaniyat haqida gapirarkanmiz, uning markaziy tushunchasi konsept ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Konsept termini oʻzbek tilshunosligidagi tadqiqotlarda yaqindan qoʻllanilishiga qaramay samarali ilmiy ishlar qilindi. Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada konseptning oʻrganilishi xususida shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bila tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yoʻnalish nihoyatda keng tarqalganini koʻrish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanogʻiga yetish mushkul. Hatto soʻnggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda kata qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bagʻishlangan”1. Konsept atamasi barcha atoqli tilshunoslar tomonidan atroflicha tadqiq qilinib, ularning barchasi bu tushunchaga individual yondashadi va talqin qilishadi. Y.A.Stepanov, S.A.Askoldov2 hamda V.A.Maslovaning3 ilmiy tadqiqotlarida konsept atamasi keng yoritilgan. Xulosalar shuni koʻrsatadiki, Y.A.Stepanov va S.A.Askoldovning fikri bir biriga juda yaqin boʻlib, ular konseptni “mantiqiy kategoriya” sifatida talqin etishadi. Ya’ni Askoldovning fikricha “konsept bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkurida shakllangan shaklidir, xuddi shu shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi”. Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qoʻllanuvchi birlik hisobanadi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining-oʻziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan: Kızıl gül dane-dane Qizil gul dona dona Açılır yane-yane Ochilur yona yona Babası gelsin-görsün Otasi kelsin, koʻrsin Benim yavrum-bir dane4. Mening bolam bir dona. 1 Mahmudov N.Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab// O’zbek tili va adabiyoti –T.: 2012, 3-16-b 2 Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антология. – М:Akademia. 1997.-C. 267-280 3 Маслова В.А. Лингвокультурология. –M.: Akademia, 2006.-C.208 4 www.okumay ISEV.com. TÜRK NİNNİLERİNDEN SEÇMELER. isev.org.tr 125 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-8 Turk allalarida farzand qizil gulga oʻxshatilishi ham madaniy birlikning oʻziga xos ifodasidir. Ya’ni, bu allada ona farzandini qizil-guldek yagona ekanligini, kun sayin chiroy-ochib, onasining koʻz oʻngida-ulgʻayib borayotganligini ta’kidlab, otaning farzandini koʻrgani kelishi va uning yagona ekanligini anglashiga umid qiladi. Oʻzbek lingvomadaniyatida ham farzandni gulga oʻxshatish holatlari uchrab turadi. Masalan: Gul bolani shom paytida yolgʻiz chiqarmang! Yuqoridagi misollarda koʻrishimiz mumkinki, Turk allasida farzand gulga oʻxshatilganiga ishora qilinsa, bizda gul bola birikmasi pok, begunoh semalari orqali kishi lisoniy xotirasida assotsatsiyalanadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslik boʻyicha umumiy qarashlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslik boʻyicha umumiy qarashlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soʻnggi yillarda, tilning mukammal, mukammal tadqiqi, issn researchbib, researchbib impact, impact factor, factor sjif
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026