К содержанию
РецензированоRU2026

QONUNLARNING QISQA IFODALASH SABABLARI VA UNING BA`ZI KAMCHILIKLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muhammadiyev Bahromjon Qodirjon og‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

In this article, I will show the reason why the codes of Uzbekistan do not cover every possible situation, but only the main issues in a shorter way. I will also analyze some of the shortcomings of this brevity and try to give solutions to it. Key words: Codification, perfection, precision. Аннотатция: В этой статье я покажу причину, по которой кодексы Узбекистана не охватывают все возможные ситуации, а лишь в более кратком виде покажу основные вопросы. Я также проанализирую некоторые недостатки этой краткости и попытаюсь дать им пути решения. Ключевые: Кодификация, совершенство, точность. Kirish. Normativ huquqiy hujjatlar tog`risidagi qonunning 6-moddasiga ko`ra o`zbekistonda normative huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo`linadi1: -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; -O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; -O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; -Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlari bo`lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar ichida konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo`lgan qonun hujjati hisoblanadi. Qolgan qonunlar va qonun osti hujjatlar esa ushbu konstitutsiyada ko`rsatilgan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi, va ayni paytda ularning mazmuni konstitutsiyaga zid bo`lmasligi zarur Asosiy qism. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega hisoblanib, qolgan barcha qonun va qonun osti hujjatlar konstitutsiya asosida qabul qilinadi. Ayni paytda konstitutsiya ma`lum bir munosabatlarni umumiy asosda ifodalasa qolgan qonun va qonun osti hujjatlar anashu masalalarni chuqurroq yoritib tartibga solidi. Demak, konstitutsiya ijtimoiy munosabatlarni 1 Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “ Normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni https://lex.uz/docs/-5378966 7 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo umumiy tarzda ifodalasa, kodekslashgan qonunlarimiz bu konstitutsiyada yoritilgan munosabatlarni konstitutsiyadan ko`ra chuqurroq yoritadi, lekin kodekslar ham bu munosabatlarni batafsil ochib berolmaydi. Kodeksdagi bo`shliqlar asosan ushbu qonunni qo`llash davomida oliy sud plenum qarorlarida har bir masala bo`yicha e`tibor berilishi kerak bo`lgan jihatlari batafsilroq va chuqurroq yoritiladi. Lekin shu yerda savol tug`ilishi mumkin: “ nega plenum qarorlariga hojat qoldirmay, barcha masalalar kodeksning o`zida yoritib qo`yilavermaydi” deb. Bu savolga quyida Prussiyada qonunchiligidagi tajribadan foydalangan holatda javob beraman. Prussiyada Fridrix davrida 17 000 dan ortiq moddalarni o`z ichiga oluvchi kodeks qabul qilingan. Taqqoslash uchun bizning qonunchiligimizdagi eng yirik kodeks Fuqarolik kodeksi bo`lib u 1199 moddadan iborat2. Prussiya kodeksida batafsil yoritilgan har bir alohida holat uchun batafsil yechim berishga urinilgan, bundan ko`zlangan maqsad esa sudyalarga oldilaridagi ishlarni hal qilishlari uchun tayyor yechimlar katalogini yaratish edi. Shu bilan bir paytda, sudyalar kodekslarni sharxlashi mumkin emasdi. Ikkilnishlar yuzaga kelgan paytda esa, ular masalani Qonunlar bo`yicha maxsus Komissiyaga yuborishlari kerak bo`lib, ushbu Komissiya aynan shu maqsad uchun tashkil etilgan edi. Agar sudyalar qonunlarni sharxlashda qo`lga tushsalar, Fridrixning qahriga duchor bo`lar va qattiq jazolanar edilar. Nemis huquq tarixchilarining ta`kidlashicha, Qonunlar bo`yicha Komissiya hech qachon Fridrix nazarda tutgan rolni bajarmagan. Kodeks qanchalar batafsil bo`lmasin, barcha holatlar uchun aniq javob berolmagan va sudyalar kodeks normalarini istar-istamas kundalik ishlarida sharxlashlariga to`g`ri kelgan. Fridrix kodeksi, Komissiyasi va uning sud sharxini taqiqlashga urinishlarining barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan, deb hisoblanadi3. Yuqoridagi misoldan ham ko`rinib turibdiki kodeks qanchalik batafsil yozilmasin, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ijtimoiy munosabatlar qanchalar batafsil yoritib, tartibga solishga harakat qilinmasin, baribir barcha masalalarni qamrab olib bo`lmaydi. Chunki yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning barchasini oldindan tasavvur qilish imkonsiz bir ishdir. Shu bois bizning qonunlarimiz ham o`zida eng asosiy bo`lgan masalalarni qamrab olgan holda mukammal, aniq va qisqa yaratilishni maqsad qilib, yaratilgan. Bu qonunlarni qo`llash davomida qandaydir bo`shliqlar aniqlansa yoki yuza

Доказательный фрагмент

«In this article, I will show the reason why the codes of Uzbekistan do not cover every possible situation, but only the main issues in a shorter way.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, I will show the reason why the codes of Uzbekistan do not cover every possible situation, but only the main issues in a shorter way. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Codification, perfection, precision, mukammallik, Kodifikatsiya, aniqlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники