Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU ALI IBN SINO - SOMONIYLAR DAVRIDA TIBBIYOT ILMIGA O‘Z HISSASINI QO‘SHGAN MASHHUR TABIB
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · To‘xtasinov Mira’zam Abdujabbor o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article examines the way of life of Abu Ali ibn Sina, who lived during the Samanid dynasty, his incomparable contribution to the science of oriental medicine, and the works of "Al-Qanun Fit-Tib", i.e. "The Laws of Medicine". ”, which is considered an important program in the field of medicine, is presented in this article. Information provided. Key words: Sharaful Mulk, Khujatul Haq, Shaykh ur-Rais, king of healers, metaphysics, healing herbs, types of diseases, their treatment with natural remedies, Kitab ush-shifa. Abu Ali Ibn Sino to‘liq ismi Abu Ali ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Ali bo‘lib, yaqin qarindoshlari tomonidan Abu Ali, xalq orasida Ibn Sino, Yevropada ,,Avitsenna” , allomalar orasida esa ,, Shayx ur-rais” nomlari bilan tanilgan. Ibn Sino 980-yilda 21-avgustda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida tug‘ilgan. Ibn Sinonig otasi Abdulloh Balx shahridan bo‘lib, Somoniylar hukmdori Nuh Ibn Mansur (976-997) davrida Buxoroga ko‘chib kelgan. Bu yerda Afshonalik Sitora qizga uylanib, undan ikkita farzand ko‘rgan. 1 Bundan ko‘rinib turibdiki Ibn Sino oilada yakka farzand bo‘lmagan uning Mahmud ismli ukasi bo‘lgan. Husayn (Ibn Sino) besh yoshidan boshlab ilmga mehr qo‘yadi. Dastlabki bilimlarni qur’oni karimni yod olishdan boshlaydi. To‘qqiz yoshida qur’oni karimni yod olib, o‘n yoshida qorilik dajasiga yetadi. Undan so‘ng esa matematika ilmiga mehr qo‘yadi va uni qunt bilan o‘rganadi. Shu bilan birgalikda arab adabiyotiga bo‘lgan qiziqish tufayli ko‘plab arab adabiyotlarini o‘qigan va ularni bemalol tarjima qila olgan. Ibn Sinoning buyuk tabib bo‘lib yetishida uning ota-onasi va ustozlarining mehnatlari juda katta bo‘lgan. Xususan Ibn Sinoning ilk ustozi hisoblangan Abu Abdulloh Notiliydan 1 Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan nashr qilingan IBXITM-2022. 3-4 betlar. 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo mantiq, muhandislik va astronomiya ilmlarini qunt bilan o‘rgangan.2 Abu Abdulloh Notiliy shogirdi hisoblanmish Ibn Sinoning qobilyatiga yuqori baho berib, uni yana ko‘proq va chuqurroq ilm olishga undagan. Ibn Sino tinmay mutolaa qilar va o‘zi uchun qiziq bo‘lgan musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘rganadi. Bu ilmlarning foydasi ila qalbida tabobat ilmiga bo‘lgan muhabbat asta-sekinlik bilan ildiz ota boshlaydi. Ibn Sino tib ilmiga bo‘lgan chuqur mehri ila o‘z davrining yetakchi tabiblaridan biri bo‘lgan Buxorolik tabib Abu Mansur Hasan ibn Nuh Qumriydan tabobat sir-asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Allomaning o‘zi shunday deydi: ,, Keyinchalik tib ilmi bilan shug‘ullangim kelib qoldi.Unga oid kitoblarni o‘qishga kirishdim.Tib ilmi o‘zi qiyin ilmlardan emas edi.Shu sababli qisqa muddat ichida bu sohada shunday natijalarga erishdimki, hatto fozil tabiblar ham huzurimga kelib, mendan tib ilmini o‘rganadigan bo‘ldi”. Ibn Sino yoshligidan juda tirishqoq va ilmga chanqoq bo‘lib, allomaning o‘zi yozib qoldirishicha: ,, O‘sha kezlari biron kecha (ya’ni ilm bilan hamnafas bo‘lgan damlari) to‘yib uxlamas edim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsalar bilan shug‘ullanmas edim. Har bir masalani o‘rganayotganimda bir qancha qiyosiy faktlarni solishtirib, shu faktlar nuqtayi nazaridan o‘sha dastlabki masala yuzasidan xulosa chiqarar edim. Nihoyat uning asl mohiyati menga ayon bo‘lib qolardi. Ana shu zaylda hamma bilimlarni mustahkam egallab oldim. Bir insonning imkoniyati darajasida ularni o‘zlashtirdim” deya ma’lumotlar bergan3. Bundan ko‘rinib turibdiki Ibn Sino masalaning mohiyatini tez tushuna olish qobilyatiga ega bo‘lib, eng asosiysini ikkinchi darajasidan ajrata oladigan kuchli ilm egasi bo‘lgan. Ibn Sino yoshligidan o‘zidan avval yashab o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylaming asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. Shu tariqa tabobat ilmiga asta sekinlik bilan qadam tashlay boshlaydi. Kunlarning birida Somoniylar saroyida noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal bo‘lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi ham uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa o‘z navbatida to‘g‘ri tashhis qo‘yib, kasallik turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi. Shu bilan birgalikda Ibn Sino Somoniylarning davlat kutubxonasidan foydalanishga ruxsat so‘raydi. Nuh Ibn Mansur Ibn Sinoni Somoniylar kutubxonasiga rahbar etib tayinlamoqchi bo‘ladi. Ayrim manbalarda keltirishicha Ibn Sino bu taklifni dastavval rad etadi. Bu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun Ibn Sino Nuh Ibn Mansurdan uch yil muddat so‘raydi. Bu vaqt oralig‘ida Ibn Sino Somoniylar kutubxonasidagi barcha kitoblarni o‘qib , kutubxona uchun qanday kitoblar kamligini va ularni qayerdan olib kelish kerakligini ro‘yxatini tuzib Nuh
Доказательный фрагмент
«This article examines the way of life of Abu Ali ibn Sina, who lived during the Samanid dynasty, his incomparable contribution to the science of oriental medicine, and the works of "Al-Qanun Fit-Tib", i.e.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the way of life of Abu Ali ibn Sina, who lived during the Samanid dynasty, his incomparable contribution to the science of oriental medicine, and the works of "Al-Qanun Fit-Tib", i.e. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sharaful Mulk, Khujatul Haq, Shaykh ur-Rais, king of healers, metaphysics, Tabiblar podshosi, Kitob ush-shifo., ularni tabiiy vositalar bilan davolash, Shayx ur-rais, dorivor giyohlar, metafizika, Hujjatul haq, kasaliklar turlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026