Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYOLLAR HUQUQI HIMOYASI-JAHON HAMJAMIYATI NUQTAI NAZARIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turg’unboyeva Sh. B. (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kundan –kunga dolzarb masalalardan biriga aylanib kelayotgan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish masalasi ko’rib chiqiladi. Tayanch so’z va tushunchalar: ayollar huquqlari, gender tengligi, deklaratsiya, xalqaro himoya, strategik aloqalar. Bugungi erkin va farovon jamiyatimizda har bir shaxs o’z huquq va erkinliklaridan boxabar bo’lib, huquqiy savodxonligini yanada shakllantirib borayotgani hech kimga sir emas, albatta. Ammo ayollar huquqi yoxud gender tengligi masalalari hali- hamon to’laqonli yechilmagan muammolar qatoridan joy egallamoqda. Ayollar huquqi masalasi bizga kechagina kirib kelgan ibora emas. O’tmishga nazar tashlansa, ayolning jamiyatda tutgan o’rni uning oiladagi vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanganligining guvohi bo’lamiz. Jumladan, bundan 150 yil muqaddam Amerikada qabul qilingan “Ayollar huquqi deklaratsiyasi”da “Ayollar tarixi – ayollarning erkaklar tomonidan doimiy hukmronlik ostida olinishi tarixidan iborat” deb ta’riflangan. 1595 – yili Olmoniyada “Ayolning odam emasligi haqida dissertatsiya” kitobi nashr qilingan. O’rta asrlarga xos bo’lgan ushbu qarashlar ayolning qiziqishlari faqat bola-oshxona-cherkovdan iborat ekanligini uqtiradi, ayol o’zining ongli hayoti orqali jamiyat rivojiga o’z hissasini qo’shishi mumkinligini inkor etadi. XVIII – XIX asr birinchi yarmida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o’zgarishlar ayollarga bo’lgan munosabatning o’zgarishiga olib kela boshladi.Ushbu davrning Volter, Didro, Monteskye, J.J. Russo, Jozef Prezdon, Avgust Bebel kabi ilg’or fikrlovchi ziyolilari ayollarga millatning bir qismi, jamiyatning a’zosi sifatida qaray boshladilar. XIX asr ayollarning erkaklar bilan teng huquqli bo’lish uchun kurash voqealariga to’la bo’lib, tarixda bu voqealar “Feministlar harakati”, “Qizil paypoqlilar harakati”, “Ko’k paypoqlilar” nomini olgan. Ayollarning o’z huquqlari uchun ommaviy chiqishlari xalqaro standartlar qabul qilishga olib keldi[1;15]. Ayollarning iqtisodiy – siyosiy, kasbiy huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotga ilk bor 1871 – yil 18 – martda Parij Kommunasi tashkil topgan davrda asos solingan edi. Ikkinchi jahon urushi tugagach esa, jahonda birinchi yirik tashkilot – Xalqaro Demokratik Xotin – Qizlar Tashkiloti (XDXQT) tuzildi. Mazkur tashkilot jahondagi barcha xotin – qizlar harakatiga boshchilik qilib, bir necha bor ayollar muammosiga bag’ishlangan xalqaro kongresslarni, jumladan, 1945 – yil noyabr oyida Parijda, 1948- yil dekabrda Budapeshtda, 1953 – yil iyunda Kopengagenda,1958 – yil iyun oyida Vena shahrida o’tkazishga muvaffaq bo’ldi. XDXQT ning Vena Kongressida Prezident Ejeni Kotton jahon ayollari huzurida “Hozirgi jamiyatda xotin – qizlarning roli va mas’uliyati” to’g’risida ma’ruza qilib, butun dunyoda ayollarning teng huquqlarga ega bo’lishi, ularning fuqaro, ona, ishchi sifatidagi qadr – qimmatini hurmatlash to’g’risidagi talablarni ko’tarib chiqqan edi”[2;123]. Ayollar muammolarini ularni hal etish maqsadida xalqaro Konferensiyalar ham tashkil etildi. Ayollar harakatlarining muhim bosqichlari: 1975– yil I Butunjahon Ayollar Konferensiyasi va Xotin – qizlar yili deb e’lon qilinishi (Mexiko, Meksika); 139 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1976- 1985 – yil BMT tomonidan “Tenglik, Taraqqiyot, Tinchlik” shiori ostida Ayollar o’n yillligi deb e’lon qilinishi; 1980– yil II Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Kopengagen, Daniya); 1985- yil III Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Nayrobi, Keniya); 1995- yil Ayollar holati bo’yicha IV Butunjahon konferensiyasi (Xitoy, Pekin), Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasi; 1995– 2004 – yillar BMT Bosh Assambleyasining 49 – sessiyasida “Inson huquqlari ta’limining o’n yilligi” e’lon qilinishi. “Gender tenglik uchun kurash 1945 – yil BMT ning tashkil topishi bilanoq boshlandi. Tashkilotning dastlabki 51 a’zosidan 30 tasi ayollarga erkaklar bilan tenglikda saylov huquqi va davlat ishlari bilan tenglikda saylov huquqi va davlat ishlari bilan shug’ullanish huquqini berdi. BMT Nizomida erkaklar va ayollarning teng huquqliligi e’tirof etildi. Gender tenglikka erishish uchun dastlabki qilingan ishlar ayollarning yuridik va fuqarolik huquqlaridagi muammolarni yechish dunyo bo’ylab ayollarning ahvoli bo’yicha ma’lumotlar yig’ishga qaratildi. Vaqt shuni ko’rsatdiki, faqatgina qonunlar bilan teng huquqlilikni ta’minlashga erishib bo’lmas ekan. Shundan keyin gender tengligi uchun kurashning ikkinchi bosqichi boshlandi. Shu maqsadda ayollar ahvolini yaxshilash borasida reja va strategiyalarni ishlab chiqarish uchun BMT tashkilotining tashabbusi bilan to’rtta xalqaro konferensiya chaqirildi. Bu konferensiyalar BMT tomonidan jahon miqyosida tashkil qilingan bo’lib, butun dunyo e’tiborini gender tengligi muammosiga qaratishga muvaffaq bo’ldi. Konferensiyalar butun dunyo aholisini bir maqsad yo’lida birlashtirdi va rejalar tuzish, yo’nalishlarini belgilash, ayollarning jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi ahvollarini yaxshilash uchun asos bo’ldi”[3;89]. 1980- yi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kundan –kunga dolzarb masalalardan biriga aylanib kelayotgan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish masalasi ko’rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kundan –kunga dolzarb masalalardan biriga aylanib kelayotgan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish masalasi ko’rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deklaratsiya, xalqaro himoya, strategik aloqalar., gender tengligi, ayollar huquqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026