Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASB TANLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xaydaraliyev Abdullo Usmonali o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье исследуются мотивы выбора профессии у старшеклассников школы как предмет психологического исследования. Выявление факторов, влияющих на выбор профессии у обучающихся, послужило повышению эффективности профориентационной работы. Ключевые слова: мотив, мотивация, депрессия, гетрохронность, способность. Annotation In this article, the motives for choosing a profession in Upper School students are researched as a subject of psychological research. Determining the factors that influence the choice of profession in students has served to improve the effectiveness of Career Orientation work. Keywords: motive, motivation, depression, getrochronous, ability. Jadallik bilan o‘zgarib va rivojlanib borayotgan davrda kasb tanlash va namunali kadr bo‘lish dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, aholi sonining shiddat bilan oshib borishi ham nafaqat ishga, balki sifatli ishchilarga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Bu esa ta’lim va kasb-hunarga tayyorlov sohasiga alohida e’tibor berish zaruratini vujudga keltirmoqda. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ham tub maqsadi ishsizlikni kamaytirish va sifatli kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu islohotlar orasida shaxsni kasbda shakllantirish, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi anglash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki zamonaviy jamiyat insonga yangi talablar qo‘ymoqda, jumladan, hayotiy maqsadlarni mustaqil belgilash va erkin tanlov qilish qobiliyati, mustaqillik, o‘ziga ishonch kabi individual xususiyatlarni talab qilmoqda. Kasb tanlash - bu inson hayot yo‘lini belgilaydigan eng muhim voqealardan biridir, shuning uchun ushbu jarayonni ilmiy tadqiq etish talabi yuzaga keladi. Misol uchun, o‘rta maktab o‘quvchilarining kasbiy o‘zini o‘zi belgilashi, ko‘pincha, ongsiz ravishda, ota-onalar va do‘stlar ta’siri ostida amalga oshiriladi, bu esa korxonalarda kadrlar almashinuviga, yoshlarning professional tanlovining buzilishiga olib keladi. Shaxsiy psixologik xususiyatlar tufayli noto‘g‘ri tanlangan kasbning salbiy oqibatlari shaxsning o‘ziga ham, uning ichki muhitiga ham ta’sir qiladi. Ular depressiv holatlarda, dunyoni salbiy idrok etishda, tajovuzda, tushkunlikda namoyon bo‘ladi. Bu o‘rta maktab o‘quvchilarini kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, kasb tanlashda ongli motivlarni shakllantirish masalalari to‘g‘risida xabardor qilish zarurligini belgilaydi. 2023-yil 20-yanvar kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqoridagi masalaha alohida to‘xtalib o‘tdi. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni har tomonlama 126 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yetuk, bilimli va kasb-hunarli qilib tarbiyalash bugunning zarurati ekanligi ta’kidlandi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammodir”[2]. Yurtimizda o‘zining ilmiy kashfiyotlari, asarlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan olimlar ko‘pligi ma’lum. Bunday olimlardan biri Abu Nasr Farobiy o‘z davrida “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Farobiy davlatning fozil va johil ko‘rinishlarini ajratgan. U fazilatli shaharlarda ilm, kasb, mehnat, axloq-ma’rifat birinchi o‘rinda bo‘lishi lozim, deb bilgan. Farobiy insonning kamolotga yetishishi, mehnat qilishi, go‘zal insoniy fazilatlarni, kasb egallashini yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo‘lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb hisoblaydi. Farobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” kitobida inson takomilini to‘rt bosqichga ajratadi: birinchi bosqichda jaholat hukmron bo‘ladi; ikkinchi bosqichda komillik yo‘liga kirish; uchinchi bosqich ijodiy davr hisoblanib, mustahkam bilim ustuvor bo‘ladi; to‘rtinchi bosqichda inson komillikka intilib, donolik, faylasuflikka erishadi. Inson ilmga intilishi, mehnat qilishi, kasb egallashi uni komillik sari yetaklashi taraqqiyotga erishishini belgilab beradi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, hayotda o‘zini o‘zi belgilash, o‘zini yaxlit shaxs sifatida anglash istagi mavjud ham bo‘ladi. O‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan kasbni ongli ravishda tanlash muammosi zamonaviy jamiyatda dolzarb va juda murakkabdir. O‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan kasb tanlash motiviga ota-onalarning motivlari, jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy vaziyatlar, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalar ta’sir qiladi. Kasb tanlashning muvaffaqiyati yoshlarning o‘z manfaatlarini, qobiliyatini, o‘z hayotini vaqt nuqtai nazaridan ko‘rish qobiliyati bilan qanday bog‘lashiga, uning qarorining haqiqiy sabablarini tushunish va anglashga bog‘liq. Shaxsiy imkoniyatlarini anglash, qaror qabul qilish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha maqsadli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Faqat shunday sharoitda o‘rta maktab o‘quvchisi musta
Доказательный фрагмент
«В данной статье исследуются мотивы выбора профессии у старшеклассников школы как предмет психологического исследования.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье исследуются мотивы выбора профессии у старшеклассников школы как предмет психологического исследования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- motive, motivation, depression, getrochronous, ability, депрессия, motiv, depressiya, qobiliyat., способность., мотивация, motivatsiya, ability., getroxron, гетрохронность, мотив
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026