Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SITRUS MEVALARINI YETISHTIRISHNING IQTISODIY JIHATDAN RIVOJLANISHI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qurbonov Shovqi Djurayevich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Today, it is possible to satisfy the population's demand for citrus fruits and citrus products only by introducing innovations and innovations into the production process. In the conditions of market relations, for the functioning of a network with high profitability, it is necessary to identify complex (natural-climatic, technological, socio-economic, innovative, marketing and market) factors affecting the efficiency of citrus cultivation. Key words: agricultural technology, citrus fruits, subtropical, tropical, export. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlash muammosi dolzarb ehtiyojga aylandi, shuning uchun ekinlarni etishtirishning an'anaviy texnologiyasi tushunchalarini nafaqat atrof-muhitni boshqarish nuqtai nazaridan, balki sanoatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun ham jiddiy qayta ko‘rib chiqish kerak. Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlar ichida hozirgi kunda barchani qiziqtira olgan va anchayin xaridorgir mahsulot bo‘lgan sitrus mevalarni yetishtirish va qayta ishlash va xalqimiz dasturxoniga yetqazib berish anchayin mashaqqatli mehnatni talab etadi. Sitrus mevalarni yetishtirish va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish shu bilan birga tropik va subtropik joylashgan hududlarda qishloq xo‘jaligining yana bir bo‘g’ini bo‘lgan sitrus mevalarni istimolini kengaytirish, shu bilan birga ishlab chiqaruvchilar uchun mutadil iqlim sharoitlarini yaratish, sharoiti bir qancha og'ir iqlim hududlarida joylashiga qaramasdan sitrus mevachilik sohasida o‘z mehnatini namoyon etish bilan bir qatorda, jahon bozorida birinchi navbatdagi importyor sifatida qaraldi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizning sitrus mevalarini yetishtirish va uni import qilish, shuningdek, bu jarayondagi o‘rni, bu mevalarni etkazib beradigan davlatlar qatorida o‘rni mustahkamlanib bormoqda. Bu harakatlar mamlakatimiz tomonidan, harakatlar sitrategiyasini ishlab chiqib yana bir bor mustahkamladi. O‘zbekiston 16 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sitrus mevalari eksporti bo‘yicha jahonda yetakchilari qatorida o‘z mavqeini mustahkamlay olishi uchun mamlakatimizda anchayin ishlar amalga oshirilib bormoqda. Bunga erishish uchun ilmiy tadqiqot institutlar, urug’ urchitish laboratoriyalari va issiqxonalarga mutaxassis dehqonlar jalb etilgan ular tomonidan mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, yanada zamonaviy navlar majmuasini yaratish, saqlash, sovutish, qayta ishlash va qadoqlashga bo‘lgan turli xil yondoshuvlarni ishlab chiqish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu murakkab jarayonlarning barchasi hosildorlikning oshishiga, eksport hajmining oshishiga, umuman, qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga olib kelishi ayni muddaodir. O‘zbekiston aholisining sitrus mevalariga bo‘lgan talabi yildan yilga sezilarli darajada ortmoqda. So‘zim isboti sifatida bundan bir necha yil avvalgi yetishtirilgan limon sitrus mevasining eksport ko‘rsatgichlaridan, hozir ikki uch barobarga o‘sganligini kuzatishimiz mumkin. Bunga birgina misol keltirish mumkinki, katta katta issiqxonalarlarda yetishtirish bilan birga 2017 – yilda har bir fermerlik faoliyatida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun limon ko‘chatining tarqatilishi, sitrus mevalarni yurtimizda yanada rivojlanishiga olib keldi, bu faoliyat nafaqat fermer xo‘jalik vakillariga balki barcha soha mutasaddilari berilganligi ayni muddao bo‘ldi desam mubolag’a bo‘lmaydi. Chunki bu faoliyat chekka chekka qishloqlarda ham amalga oshirildi. Demak dehqonchilikdan xabari bor odamlarning barchasi limonchilik faoliyati bilan shug’illanishdi va natijada limondan ro‘zg’ori uchun yaxshiga daromad ko‘ra boshladi. 2017-yilda boshlangan bu tashviqot 2021-yilning 2-choragiga kelib 5097 tonnaga yetqazildi, bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Shuningdek, laboratoriyalarda limon, mandarin va apelsinning yangi navlarini yaratish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib 2022- yilda sitrus mevalar yetishtirish uchun umumiy maydonni 4 ming 218 gektarga yetkazildi. Tadqiqotlarimiz davomida shunga amin bo‘ldikki, O‘zbekistonda 2022-yil 2-choragi oxirlaridagi mevalarning ulgurji narxlarini bir yil avval qayd etilgan narx darajasi bilan solishtirganimizda. Ular mahalliy mevalarning aksariyat toifalari narxining sezilarli darajada oshishini aniqladilar. Ayni paytda chetdan keltiriladigan sitrus mevalar, banan, ananas, kivi, mango kabi mevalar ham arzonlashdi. Ochig‘i, banan, apelsin va mandarinlar narxining pasayishi O‘zbekiston hukumatining 2021-yil 21-oktabrdagi bir qator mahsulotlarga import bojlarini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq deya olamiz. Natijada, 2022-yil 28-yanvar holatiga ko‘ra, apelsinlarning ulgurji narxlari o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga, mandarinlar esa o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga arzonlashgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan ochiq va yopiq tuproqlarda sitrus ko‘chatlarining
Доказательный фрагмент
«Today, it is possible to satisfy the population's demand for citrus fruits and citrus products only by introducing innovations and innovations into the production process.»
Образец извлечения
Демо-превьюToday, it is possible to satisfy the population's demand for citrus fruits and citrus products only by introducing innovations and innovations into the production process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- agricultural technology, citrus fruits, subtropical, tropical, export, qishloq xo‘jaligi texnologiyasi, eksport., tropik, subtropik, sitrus mevalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945