Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM VA MEHMONXONA XIZMATLARINING AYLANMA MABLAG’LAR BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Qurbonova Malika Axmad qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola turizm va mehmonxona xizmatlarining aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasini o'rganishga qaratilgan. Mehmonxona va turizm sohalari iqtisodiy o'sishning muhim omillari bo'lib, ular uzluksiz moliyaviy ta’minotga muhtojdir. Maqolada aylanma mablag'lar tushunchasi, uning mehmonxona va turizm xizmatlariga ta'siri, moliyaviy barqarorlik va likvidlik masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, aylanma mablag'larning yetarliligi va ularni boshqarishning samarali usullari haqida ma'lumotlar beriladi. Maqola turizm va mehmonxona sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, menejerlar va moliyaviy mutaxassislar uchun foydali bo'ladi. Kalit so'zlar: Turizm, Mehmonxona xizmatlari, Aylanma mablag’lar, Moliyaviy ta’minot, Moliyaviy barqarorlik, Likvidlik, Moliyaviy boshqaruv, Moliyaviy strategiyalar, Biznes rivojlanishi, Iqtisodiy tahlil. Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini taʼminlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir. Aylanma mablag‘larning normativi aylanma mablag‘lar normasini (AyMn), normasi aniqlangan ko‘rsatkichga ko‘paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko‘ra, pul ko‘rinishida o‘lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: AyMn = Zich+ Ztich + Ntm Bu yerda: Zich - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi; Ztich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; Ntm - tayyor mahsulot normasi. Aylanma mablag‘larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim: normalarning progressivligi va dinamikligi; normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish texnikaviy jihatdan asoslanganligi; xom ashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash; chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish; eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish. Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko‘proq uchraydi: 178 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1. O‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi hisobot maʼlumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli. 2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo‘llaniluvchi – laboratoriya-texnikaviy usuli. 3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli. Korxona aylanma mablag‘larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni yechishga olib keladi. Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish zahiralari normativlardan past bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi va uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarish zahiralarining belgilangan norma va normativlardan oshib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu mablag‘larning “muzlab” qolishiga va natijada korxona va davlatning zarar ko‘rishiga olib keladi. Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va mavsumiy turlarga bo‘linadi. Joriy zahira - bu, materiallar yetkazib berish oralig‘ida ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan taʼminlash uchun zarur bo‘lgan zahiradir. Joriy zahiralar material yetkazib berish davri, oralig‘i hamda xom ashyo va boshqa materiallarning sutkalik sarflanishiga to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni isteʼmol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni yetkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada isteʼmol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo‘lgan vaqtga asosan aniqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida a
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola turizm va mehmonxona xizmatlarining aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasini o'rganishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola turizm va mehmonxona xizmatlarining aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasini o'rganishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turizm, Mehmonxona xizmatlari, Aylanma mablag’lar, Moliyaviy ta’minot, Moliyaviy boshqaruv, Biznes rivojlanishi, Moliyaviy barqarorlik, Moliyaviy strategiyalar, Iqtisodiy tahlil., Likvidlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025