Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT RIVOJLANISHINING UMUMIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KO‘RSATKICHLARI TAHLILI (in-academy.uz/index.php/yo) · Utkirov Anvar Utkirovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Maqolada viloyatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shuvchi asosiy sanoat tarmoqlari va ularning ishlab chiqarish hajmlari o‘rganilgan. Shuningdek, sanoat sektorining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, tarmoqlararo aloqalar va iqtisodiy islohotlarning natijalari tahlil qilinadi. Viloyatdagi sanoatning joriy holati, istiqbollari va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etilgan. Kalit so‘zlar: Sanoat rivojlanishi, umumiy ko‘rsatkichlar, sanoat tahlili, iqtisodiy o‘sish, mahsulot ishlab chiqarish, sanoat sektori, hududiy iqtisodiyot. Yangi tendensiyalar ta’sirida davlatlaming ijtimoiy siyosatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu esa o‘z navbatida “ijtimoiy davlat”, “umumiy farovonlik davlati” modellari to‘g‘risida xulosalar chiqarishga xizmat qildi. Ko‘pgina davlatlar siyosatidagi bunday o‘zgarish ko‘p jihatdan inson omili, inson bilimlari, axborot ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda o‘ynayotgan nihoyatda muhim roli bilan izohlanadi. Qashqadaryo viloyatida keyingi yillarda mamlakatimizda bo‘lgani kabi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. So‘nggi besh yilda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sdi, yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 24 foizdan 30 foizga yetdi. Bu Qashqadaryo viloyatining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushi tobora ortib borishini ta’minlamoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘yicha qazib olinadigan tabiiy gazning 10 foizi, gaz kondensatining 11 foizi, neftning 7 foizi, yetishtiriladigan paxtaning 11 foizi, g‘allaning 9 foizi, pillaning 12 foizi Qashqadaryo viloyatining hissasiga to‘g‘ri kelmoqda1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son farmonida hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining Qashqadaryo viloyatidagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish natijasida Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash hamda mahalliylashtirishni rag‘batlantirish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni ichki imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‘lab o‘rganishda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Yalpi hududiy mahsulotning o‘sishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi, viloyat sanoatining respublika sanoatidagi ulushi 1- jadvalda berilgan. 1-jadval Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlili2 1 Қашқадарё вилояти ҳокимлиги иқтисодиёт бош бошқармасининг маълумотлари. 2 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби. 88 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo № Ko‘rsatkichlar va 2018y. 2019 2020 2021 y. 2022 y. 2022 y. o‘lchov birligi y. y. 2018 y.ga nisb-n 1. Yalpi hududiy mahsulot, 6843,6 8090,7 9488,4 10924,4 12238,9 178,8 mlrd. so‘m 2. Yalpi hududiy mahsulot- 108,0 108,2 107,5 107,9 101,7 - 6,3 p ni o‘sish sur’ati, % 3. Sanoat mahsulotlari 3073,9 3972,6 5143,9 5569,6 6353,1 206,6 hajmi, mlrd. so‘m 4. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 110,3 109,6 111,3 106,5 100,8 - 9,5 p o‘sish sur’ati, % 5. Yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning 24 27 30 29 30 + 6 p ulushi, % 6. Sanoatning respublika 4,4 4,7 5,3 5,0 4,4 - sanoatidagi ulushi , % Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilgan yillarda viloyat yalpi hududiy mahsulotining o‘sishi bilan bir qatorda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y bergan. Yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarida pasayish ro‘y bergan. Viloyat sanoatining respublika sanoatidagi ulushi oxirgi yilda pasaygan. Bu ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida sanoatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini bildiradi. Qashqadaryo viloyatida oxirgi ikki yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yalpi hududiy mahsulot o‘sishidan orqada qolishi bilan bir qatorda (1-jadval) viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi kamaygan. Buni yalpi hududiy mahsulot tarkibida iqtisodiyot tarmoqlarining ulushi orqali ko‘ramiz (1-rasm). 2020йил 2021йил 2022йил Хизматл Саноат Хизматл Саноат Хизматл Саноат ар 30% ар 29% ар 30% 38% 39% 39% Қишлоқ Қишлоқ Қ-лоқ хўжалиги хўжалиги хўжалиги 32% 32% 31% 1-rasm. Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot tarkibida iqtisodiyot tarmoqlarining ulushi (jamiga nisbatan foizda)3 3 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби. 89 YOSH OLIMLAR ILMIY-AM
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- umumiy ko‘rsatkichlar, hududiy iqtisodiyot., sanoat tahlili, mahsulot ishlab chiqarish, sanoat sektori, Sanoat rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945