Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAJOZIY TASVIR VA POETIK NUTQ (ERKIN A’ZAM QISSALARI MISOLIDA)
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmadiy Komila Shavkat qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada muallif Erkin A’zamning qissalari o‘ziga xos syujet-kompozitsion xususiyatlarga ega ekanligi yuzasidagi kuzatishlar bayon etilgan. Ushbu asarlarning g‘oyaviy- badiiy saviyasini ko‘rsatish va baholashda ulardagi majoziy tasvir mahoratini o‘rganish katta ahamiyat kasb etishi ko’rsatilgan. Erkin A’zam “Pakananing oshiq ko’ngli” asarida bir qancha majoziy obrazlarni keltirib o‘tilgani, asarda tasvirlanayotgan obrazlar orqali asardagi ramziy-majoziylik yanada teranlik kasb etgani o‘quvchi yoshlarning tarbiyasini shakllantirishda qissa, roman va hikoyalarni roli va bu janrlar insonga ma’naviy ozuqa beruvchi ijod mahsuli hisoblanishi haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Kalit so‘zlar: qissa, roman, hikoya, didaktik, janr, vatanparvarlik, voqea, insoniy fazilatlar, tarbiya, barkamol inson, ma’naviy ozuqa, pedagogika, xarakter, personaj, syujet, personaj, yechim, kinoya, majoz, tendensiya, konflikt. “Adabiyot badiiy obrazlarning murakkab sistemasi orqali inson tuyg‘ulari, ehtirosi, psixologiyasi va ongining jamiyat, davlat, tarix va tabiat bilan bog‘liqlik darajasini ochib beradi. Adabiyot insonni tasvirlash orqali real voqelikni gavdalantiradi”1. Erkin A’zam qissalarida ham obrazlarning o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari ularni tasvirlash usuli yoki ularni so‘zlatish, ya’ni nutqi orqali ham tavsiflanadi. “Insonni ma’lum bir hayotiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa sharoitlarda tasvirlash bircha ijodiy metodlar uchun umumiy qonundir. Biroq qahramon xarakterining har bir qirrasini hayotning obyektiv sharoitlariga moslashtirib shu yo‘sinda dalillab tasvirlash faqat realistik adabiyotga xos bo‘lgan hodisadir”2. Shu qonuniyatlardan kelib chiqilsa, Erkin A’zam qissalaridagi realistic tasvir majozga yo‘g‘rilgan holda ifodalanganligiga amin bo‘lish mumkin. Chunki muallif har bir qahramon xarakterini ochib berishda obyektiv sharoitga barcha jihatlarni moslashtirishga harakat qiladi. Ana shu moslashtirish jarayonida u personaj nutqidan unumli foydalanadi. Yozuvchining “Pakananing oshiq ko‘ngli” qissasida ham personajlar nutqi ularning xarakterini, psixologik holatini ochib berishga xizmat qilgan o‘rinlar mavjud. Xususan, asarning qahramonlaridan biri bo‘lgan Arofat obrazining o‘ziga xos jihatlari uning nutqi orqali tavsiflanadi. U bilan singlisi o‘gay ona qo‘lida ekanligini eshitgan Pakana bu onani yalmog‘izsifat tasavvur qiladi, u esa: “Yo‘q, yaxshilar, - dedi qiz siniq kulimsirab: - Yaxshi bo‘llaring deb urushadilar-da”. Suhbat asnosida Pakana shuni sezdiki, katta qiz sifatida Arofat shu kunda bamisoli onaning tomog‘iga tiqilgan tosh, chunki singlisiga ustma-ust ikki joydan sovchi kelayotganmish. Ko‘rimliroq bo‘lsa kerak-da. So‘rashga iymandi. Ko‘nglidagini bilib 1 Муаллифлар жамоаси. Адабиёт назарияси. 2 томлик. 1-том. – Тошкент: Фан. 1978. – Б.153. 2 O‘sha kitob. – B.154. 57 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo bo‘lmaydigan g‘alati bu mushtiparga ichi achidi”3. Arofatning so‘zlaridan uning o‘gay onasini hurmat qilishi, o‘zining esa sabr-bardoshli qiz ekanligini anglash mumkin. Shuningdek, har qanday gapni ham har kimga aytavermasligi, og‘ir va chidamli ekanligi, o‘ziga xos toifaga mansub mute inson sifatida tasvirlanganligini ham ko‘rsatadi. “Pakana – adabiyotimizda takrorlanmas o‘ziga xos nodir xarakter. Pakananing yoshligi, pakana va rassomlik, pakananing uylanishi, pakananing oshiq bo‘lishi bilan bog‘liq sarguzashtlar jarayonida uning xarakter qirralari ochiladi... oshiqlik dardi uni adoyi tamom qiladi. Rassomning orzusi armonga aylanadi”4. Haqiqatan ham, bu obraz asar so‘ngida abgor holatda singan ko‘zgu qarshisida turgan holatda tasvirlanadi. Lekin yozuvchi uning o‘ylarida yangi suratning eskizi paydo bo‘lganligini ko‘rsatish orqali uning armonli muhabbat tufayli yana qaytadan jonlanganligini, yana rasm chizishga xohish paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. “Adib yaratgan har bir obraz zamirida inson qalbi tubidagi his-tuyg‘ularning anglanish jarayoni, tubsiz iztiroblar qamalida qolgan inson ruhiy kechinmalari akslanadi. Yozuvchi qahramonlari o‘zi bilan o‘zi murosadan charchagan, bezgan, shu ko‘yda tentiragan, tiriklikka o‘zgacha nigoh bilan qarashni afzal bilgan insonlar guruhidan tashkil topgan”5. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan qissa qahramonlari ham xuddi shunaqa o‘zi bilan murosaga kela olmagan insonlar deyish mumkin.
Доказательный фрагмент
«Maqolada muallif Erkin A’zamning qissalari o‘ziga xos syujet-kompozitsion xususiyatlarga ega ekanligi yuzasidagi kuzatishlar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada muallif Erkin A’zamning qissalari o‘ziga xos syujet-kompozitsion xususiyatlarga ega ekanligi yuzasidagi kuzatishlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konflikt., syujet, didaktik, xarakter, personaj, qissa, vatanparvarlik, yechim, voqea, ma’naviy ozuqa, insoniy fazilatlar, tendensiya, pedagogika, roman, tarbiya, barkamol inson, hikoya, kinoya, majoz, janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026