К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET TILLARINI O’QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mamidova Shaxnoza Janiqul qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Ilmiy rahbar: Nilufar Zubaydova (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi)

Молодые ученые · 3 · 205-207 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda psixologiyaning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi ko‘rib chiqiladi. Muallif ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini hamda chet tilini o‘rganishda motivatsiya muhim o‘rin egallashi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari chet tilini endi o‘rganuvchi o‘quvchilar uchun ota-onalarning munosabatlari to‘g‘risida gap yuritiladi. Kalit so‘zlar: Ingliz tili, motivatsiya, iroda kuchi, diqqat, o‘quv jarayoni, ko‘nikma, malaka. Hammaga ma’lumki hozirgi kunda dunyo kundan kunga rivojlanib bormoqda. Har bir mamlakatning rivojlanishida har tomonlama mukammal ya’ni nafaqat o‘z sohasini balki chet tilida bemalol suhbatlasha oladigan kadrlar muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ingliz tili dunyo tillaridan biri hisoblanganligi sababli uni biluvchilar uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Masalan: tobora rivojlanib borayotgan dunyoda mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda shu boisdan chet tilini biluvchilar uchun ko‘plab ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ba’zida bu muammo hisoblanadi chunki odamlar o‘zlariga mos ish topish uchun yoki ta’lim olish uchun ba’zan boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tishiga to‘g’ri keladi. Bu odamlarning chet tilini va boshqa mamlakatlarning madaniyatini o‘rganishiga sabab bo‘ladi. Insonlar qay bir tilni o‘rganishdan qat’i nazar unga psixologiyaning o‘rni juda katta ya’ni psixologiya va til o‘zaro chambarchas. Adabiyotlarda ko‘rsatiladiki, ko‘plab mashhur olimlar pedagogikaning psixologik tomoni bilan qiziqib ta’lim jarayonini samaraliroq qilishga harakat qilganlar. Masalan: G.Maneska, H.G.Ollendorff, X.Svit, X.Palmer psixologik nazariyalarni til o‘qitish tamoyillari va yondashuvlarida qo‘llashga harakat qilganlar. Ingliz tilini o‘rganishning asosiy psixologik jihatlari orasiga quydagilar kiradi: til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiya va qiziqish, til o‘rganish qobilyati, o‘rganishda til va nutqning nisbati. Chet tilini o‘rganishda motivatsiya muhim omil hisoblanadi. Boqcha yoshidagi hamda maktab yoshidagi bolalarda chet tilini o‘rganishda ota-onalarning, o‘qituvchilarning qo‘llab quvvatlashi,ularning motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chet tilini o‘qitishda bir nechta samarali usullari mavjud. O‘qituvchilar o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda materiallar tanlashi,turli xil ko‘rgazmali qurollar tayyorlab ularning diqqatini jalb qilishi natijasida bilim olish samarasini yanada oshiradi. Ammo,jamiyat kundan kunga rivojlanib boryotganligi sababli bundanda foydali bo‘lgan metodlar va texnikadan rivojlanishi talab qilmoqda. Chet tilida muloqat qilish darajasini mukkamal va o‘quvchilarga bilim berish uchun innvotsion usullar kerak. S.Hardjono materialni yetkazishda o‘qituvchi quyidagilarni bilishi va ulardan foydalanishi kerak degan xulosaga kelgan: 1) Umumiy psixologiya nazariyasi; 2) Rivojlanayotgan yoshning psixologiyasi; 3) Ko‘pgina psixologik rivojlanish darajalarning tipologiyasi; 4) Individual xuxusiyat psixologiyasi. 18 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Har bir o‘qituvchi ta’lim berishining asosiy maqsadi-o‘quvchining shaxsiyatini rivojlantirish, o‘quvchining ko‘nikma va malakasini oshirishdir. O‘rganuvchi tomonidan tilning eng yaxshi o‘zlashtirishning eng muhim omili-o‘rgatuvchi tomonidan materialning to‘g’ri tanlanganligidir ya’ni material o‘rganuvchining iroda kuchini sarflab diqqaitni qarata olishi kerak. O‘qituvchi o‘rganuvchilarning e’tiborini va qiziqishini yo‘qotmaslik uchun turli xil mashqlar va treninglar o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Masalan: Ushbu treningimizda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo‘linib chiqiladi va har bir jamoaga rasm tushirilgan kartochkalar tarqatiladi. Har bir juftliklar gapirish uchun 2 minut tayyorlanadilar va bu rasmni qolganlarga tasvirlab berishi kerak. Javob berishi uchun taxminan 10-15 minut ajratiladi. Ushbu treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning o‘z fikrlarini boshqalarga ifoda qila olishi, talaffuzini oshirish, ijtimoiy munosabatlarda muvaffiqiyatli bo‘lish va boshqa shaxsiy rivojlanishda yordam beradigan amaliy mashg‘ulotdir. Xulosa: Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki chet tilini o‘rganish nafaqat ta’lim metodiga balki psixologiya bilan uzviy bog’liq va samaraliroqdir.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda psixologiyaning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda psixologiyaning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aralash ta’lim, til o’rgatish ilovalari., suniy intellekt, zamonaviy o’qitish usullari, chet tillarini o’qitish, o’qitishning individualizatsiyasi, audiovizual resurslar onlayn platformalar, o’yinlashtirish, kommukativ yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники