К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA DARSLARINI O’TISHDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI QO’LLASH METODIKASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KOMPETENSIYALARNI QO’LLASH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/yo) · M. Abdullaeva (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik hayotda tutgan o’rni, talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi manaviy, aqliy kasbiy rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kasbiy faoliyati davomida kerakli kompetensiyalarni shakllantira olishi bilan belgilanadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv talabalarda u yoki bu fanga bo’lgan qiziqishlari ya’ni motivatsiyasini uyg’otish orqali amalga oshadi. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fanidan talabalarda “Milliy qadryatlar tushunchasini taxlil etish” dars mavzusiga oid muammoli vaziyatni taxlil qilish bilan talabalarda motivatsiya uyg’otamiz. Kalit so’zlar: tarbiya fani, kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompetensiya, kasbiy faoliyat. Bugungi kundagi fan texnikaning mislsiz taraqqiyoti, axborotning kundan-kunga ortib borishi bilan bog’liq globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiyaga innovatsion yondashuvlar va yangiliklarni joriy etish tajribasi talab qilinmoqda. Bu esa pedagoglardan darslarni turli texnalogiyalar asosida o’tish, talabalarga zamon talabiga doir bilimlarni yetkazib berish, fan predmetiga doir motivatsialar berish, talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatadigan ma’lumotlardan samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda o’quvchining atrof-olamga munosabati, fikrlashi, dunyoqarashi, rivojlanishi, kasbiy o’sishi uman olganda shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan omillar shu darajada ko’pki, ularning ichidan o’z pozitsiyasini ajratib olish va jamiyatda shaxs sifatida shakllanish global muammodir. Shu nuqtai nazardan fanlardan kompetentlikka yondashilgan ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdan maqsad, o’quvchilarning bilim saviyasini bugungi kun talabiga moslash, horijiy ilg’or texnologiyalarni joriy etish, kelajakda ularning egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy jihatdan qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik hayotda tutgan o’rni,talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi manaviy, aqliy kasbiy rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kasbiy faoliyati davomida kerakli kompetensiyalarni shakllantira olishi bilan belgilanadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv talabalarda u yoki bu fanga bo’lgan qiziqishlari ya’ni motivatsiyasini uyg’otish orqali amalga oshadi. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fanidan talabalarda “Milliy qadryatlar tushunchasini taxlil etish” dars mavzusiga oid muammoli vaziyatni taxlil qilish bilan talabalarda motivatsiya uyg’otamiz. Quyida talabalarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishga oid dars na’munasini keltiramiz: Mavzu: Milliy qadryatlar tushunchasini taxlil etish. Reja: 1. Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish 2. Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri. 3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 135 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash. 5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. 6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash. Muammoli savol berish. (2.2-rasm): Keltirilgan rasmlarga izoh bering. Milliy qadriyat, milliy annana, milliy urf- odatning bir- biridan farqi nimada? 1. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish. “Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusida talabalarning milliy qadriyat tushunchasi, uning inson hayotida tutgan o’rnini eshitish, gapirish orqali o’z fikrlarini bayon qila olishi, milliy qadriyatlarga misollar yozish orqali yozma nutqlari shakllanadi, mavzuga oid tushunchalarning turli davrlardagi ko’rinishi, nomlanishini bilish va o’z bilimlariga asoslangan xolda qat’iy fikrga ega bo’lish, bilim va ko’nikmalariga tayangan holda qarorlar qabul qila olishlari tufayli talabalarda ushbu kompetensiya rivojlanadi. Masalan: (2.3-rasm) 2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish. “Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini o’rganishda milliy qadriyatlarimizga oid manbalarni topish, tanlash, samarali foydalanish, inson hayotidagi o’rni va turmush tarzidagi axamiyatini taxlil qilish orqali ushbu kompetensiya shakllanadi. Masalan: Buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Qiyomat” asarida “O‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o‘tagan”, - deb yozadi. Talabalarga yangi axborotlarni izlash vazifasi beriladi. (2.2-jadval) 3. O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish. “Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini mustaxkamlash uchun yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarning o’z ananlari urf-odatlari, milliy qadriyatlari mavjudligini tushunish, o’zbek milliy qadriyatlarini davriylik tamoili asosida taxlil qilib ko’rish va milliy qadriyatlarning axamiyati haqida o’qib o’rgangan, bilim tajribalariga tayangan holda ha

Доказательный фрагмент

«Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik hayotda tutgan o’rni, talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi manaviy, aqliy kasbiy rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kas…»

Образец извлечения

Демо-превью

Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik hayotda tutgan o’rni, talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi manaviy, aqliy kasbiy rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv, tarbiya fani, kasbiy faoliyat., tayanch kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники