Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`SMIR YOSHDAGI O`QUVCHILARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Odiljonova Aziza Abduxakimovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Abduqahhorova Mohiraxon Sanjarbek qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
The article describes the psychological aspects of adolescence. The scientific researches of psychologists on the study of logical thinking in students of this age have been mentioned. The logical thinking of teenage students was analyzed from a socio-psychological point of view. Factors affecting the development of logical thinking of teenage students have been studied. Keywords: Thinking, independent thought, analytical-synthetic activity, abstraction, psychological process, controlled thinking, psychological environment. Hozirgi davrda oʻsmirlarni voyaga yetkazishning oʻziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Oʻsmirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga koʻchish jarayoni sodir boʻladi. Oʻsmirlikda psixik jarayonlar keskin oʻzgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda oʻquvchi bilan oʻqtuvchining muloqotida, kattalar bilan oʻsmirlarning muomalasiga qat'iy oʻzgarishlar vujudga keladi. Bu oʻzgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tugʻiladi. Bular avvalo taʼlim jarayonida roʻy beradi: yangi axborot, maʼlumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari oʻsmirni qoniqtirmay qoʻyadi. Oʻqituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, darslar maʼruza shaklida olib borilishi oʻquvchilarni zeriktiradi, ularda oʻqishga loqaydlik tugʻiladi. Ilagari oʻquv materialini ma'nosiga tushunmay yodlab olishga odatlangan oʻsmir endi zarur oʻrinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda oʻzlashtirishga harakat qiladi, oʻzlashtirishgan bilimlarni talab qilinganda oʻquvchi bilan oʻqtuvchi oʻrtasida anglashilmovchilik paydo boʻladi. Hozirgi oʻsmirlar oʻrmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka 93 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik oʻsish oldinroq namoyon boʻlmoqda. Shu sababli bizda oʻgʻil va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha oʻsmirlik yoshida deb hisoblanadi. Oʻsmirning eng muhim xususiyatlaridan biri mustaqil fikrlash, aqlning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi oʻquvchilardan farqli oʻlaroq, oʻsmirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Oʻsmirlarning aql zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur usullarini oʻrgatib borish zarur. Bundan mantiqiy hatolarni tuzatib borishni yoddan chiqarmaslik kerak. Oʻsmirlarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda ona tili va adabiyot oʻqtuvchisining roʻli juda muhimdir. U hamma vaqt oʻquvchilarga toʻgʻri jumla tuzishni, ravon mulohaza yuritishni, fikrlashni, yozishni oʻrgatib boradi. Rus psixologlaridan biri L.S.Vigotskiy tafakkur muammosini oʻrganib, koʻproq umumlashtirish va abstraksiyalash ustida toʻxtalib, ularning guruppalarga , turlarga ajratib oʻrganishni tavsiya qildi. M.N.Shardakov sababiy bogʻlanishning tutgan oʻrni va uni oʻstirish yoʻllari toʻgʻrisida mulohaza yuritadi. M.N.Shardakov tadqiqotlarida tafakkur shakllarining oʻquvchilarda tarkib topishi natijasida tafakkurning mantiqiyligi ortib borishi masalasi ochib berilgan. Ayniqsa, ilmiy tushunchalarni shakllantirish, nars va hodisalar toʻgʻrisida ob' ektiv hukum chiqarish masalasiga keng oʻrin berilgan. Maktab, taʼlim va mustaqil bilim olish faoliyati taʼsiri ostida oʻsmirda analitik sintetik faoliyat jadallik bilan rivojlana boshlaydi. Endi oʻsmirlar faqat yaqqol omillar qiziqishidan tashqari, ularning analizi bilan ham qiziqa boshlaydilar. Oʻsmirlar fikr yuritish faoliyatining navbatdagi xususiyatlaridan biri yaqqol-obrazli (koʻrgazmali) tafakkur jabhasining hali ham muhim roʻl oʻynashi hisoblanadi. Oʻsmirlarning yana bir ahamiyatga molik xususiyatlardan yana biri -tafakkurning mustaqilligi, tanqidiyligi shiddatli taraqqiyot pallasiga kirishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi oʻquvchilardan farqli oʻlaroq, oʻsmirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganligidan darak beradi. Psixolog V.A.Kruteskiy oʻsmir tafakkurining mustaqilligini faollashtirish maqsadida yangi oʻquv materialini evristik yoʻl bilan oʻzlashtirish foydali ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Rus psixologi N.A.Menchinskaya oʻquvchilarning tafakkuri taraqqiyotini aniqlashda oʻquvchilarning mavjud bilim fondi, bilimlarni amalda qoʻllash darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini belgilashga intiladi. Olim bu asnoda oʻzlashtirish surʼatiga, yaqqol va mavhum tafakkur turlarining oʻzaro aloqasiga, analitik-sintetik faoliyati bosqichiga ahamiyat beradi. Oʻquvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda toʻgʻarak va fakultativ mashgʻulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek oʻquvchilarning mustaqil fikrlashni rivojlantirishda oʻqituvchilar, sinf rahbarlarining siymolari muhim roʻl oʻynaydi. Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutloqo mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga oʻquvchining nutq faoliyati ham oʻsadi. Xulosa qilib aytganda takidlab
Доказательный фрагмент
«The article describes the psychological aspects of adolescence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the psychological aspects of adolescence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Thinking, independent thought, analytical-synthetic activity, abstraction, psixik jarayon, mustaqil fikr, ko`rgazmali tafakkur, Tafakkur xususiyatlari, analitik-sintetik faoliyat, psixologik muhit., abstraksiyalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026