Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI (in-academy.uz/index.php/si) · Aytniyazova Nargiza Farxatovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Linguistic culture primarily focuses on the content of proverbs and uses information from other humanities in this regard. The analysis of proverbs that express the characteristics of Uzbek and Karakalpak linguistics presented for comparison in the article makes it possible to study the comparison of cultures. Uzbek and Karakalpak proverbs containing the names of food products are used as sources. Keywords: language, proverb, culture, nationality, linguistic culture, paremias, ethnic stereotypes. Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari hamkorligida yuzaga kelgan zamonaviy oʻzbek tilshunosligining muhim yoʻnalishidir. Bu fan qator fanlar bilan bogʻliq, jumladan, adabiyot, etnografiya, etnolingvistika, madaniyatshunoslik, ammo tilshunoslikning ustuvorligida shakllangan. Tilshunoslik XIX asrda tillarning qiyosiy-tarixiy va tipologik muammolari bilan shugʻullanar ekan, uni madaniyat bilan mushtarak holda talqin qiladi. V.fon Gumboldt, G.Shteyntal, K.Fossler, A.Shleyxer, H.Paul, A.A.Potebnya asarlarining markazida til va madaniyat yaxlitligi masalasi turadi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning yosh, yangi sohasi bo‘lsa-da, biroq unda frazeologik, konseptologik, leksikografik va lingvodidaktik yo‘nalishlar shakllanib ulgurgan. Mazkur fanning asosiy vazifasi – til bilan madaniyatning bog’liq tomonini, ya’ni madaniyatga oid tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarini o‘rganish, til va xalq mentaliteti o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflashdan iborat. Lingvokulturologiyaning predmeti – madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, paremalarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi. Turkiy xalqlarda maqollarni lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish tarixi “Devon-u lugʻotit turk” asariga borib taqaladi. Lugʻatda xalq ogʻzaki ijodiga oid 300 dan ortiq she’riy parchalar, 291 ta maqol va matal keltirilgan [1:49]. Oʻzbek tilshunosligida maqollar, asosan, XX asrning ikkinchi yarmidan maxsus tadqiqot obyektiga aylandi va xuddi shu davrdan boshlab lingvokulturologiya masalalariga 83 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bagʻishlangan ilk tadqiqotlar Sh.Safarov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova kabi olimlar tomonidan olib borilgan. Shuningdek, oʻzbek tili turli-tuman mavzudagi maqollarga boy ekanligi professor Oʻ.Q.Yusupov va boshqa bir qancha tilshunos va adabiyotshunoslarning ishlarida ta’kidlab oʻtilgan. Professor O‘.Yusupovning fikricha, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko‘rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. “Zero til – madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va, ayni paytda, quroli hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatning tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko‘rinishida, ya’ni so‘zlar vositasida ifoda etadi” [9:24]. Bu birliklar tarkibida xalq donoligini ifodalovchi soʻzlar – maqollar, aniqrogʻi, paremalar alohida ajralib turadi. Zero, ularda xalq oʻzining bor tajribasini aql-zakovati bilan uygʻunlashtirgan holda namoyon qiladi. Maqollar ongda stereotip darajasida oʻrnashadi va shu asosda inson atrofida va oʻzida kechayotgan har bir hodisani baholaydi. Shu tarzda maqol va matallar borliqni baholashning milliy-madaniy mezoni sifatida yashaydi. Lekin har qanday maqol ham lingvokulturologik tadqiq predmeti boʻlavermaydi. Maqollar, albatta, milliy mental xarakterga ega boʻlishi, oʻzida shu xalq madaniyati, tarixiy yashash tarzini ifodalashi kerak. “Oʻzbek xalq maqollari”da maqollarning 70 dan ortiq mavzu guruhlari jamlangan. Maqollarda oʻzbek xalqining koʻp asrlik hayotiy tajribalar xulosasi tugal tarzda ifoda qilingan. Tuzuvchi T.Mirzayev yozishicha, “maqollar soʻz san’ati mahsuli sifatida oʻz ma’nosida, koʻchma ma’noda va har ikkala ma’noda qoʻllanilishi mumkin” [4:6]. Toʻplamda berilgan maqollarning mavzu guruhlariga e’tibor qaratsak, ular orasida toʻgʻridan toʻgʻri oziq-ovqat yoki yegulik haqidagi maqollar guruhini uchratmaymiz. Kundalik turmushda ishlatiladigan oshxona anjomlari, oziq- ovqat mahsulotlari, milliy taomlar nomlari ishtirok etgan maqollarning koʻpchiligi koʻchma ma’noda qoʻllangan boʻlib, ular orqali boshqa ma’nolar ifodalangan. Aynan shunday soʻzlar halollik va tekinxoʻrlik, yaxshilik va yomonlik, yaxshi soʻz va yomon soʻz, adolat, insof va insofsizlik, tinchlik va notinchlik, tenglik va tengsizlik, donolik va nodonlik, tarbiya va odat, odob va odobsizlik, mehmon va mehmondoʻstlik, saxiylik va baxillik, kamtarlik va manmanlik, sabr-qanoat va sabrsizlik, qadr-qimmat va qadrsizlik, oila va qoʻshnichilik, qarindosh- urugʻchilik va begonalik, farzand va farzandsizlik, tajribakorlik va kaltabinlik, ta’magirlik va ochkoʻzlik, erk va erksizlik, farosat va farosatsizlik, sabab, bahona va natija, rizq-nasiba
Доказательный фрагмент
«Linguistic culture primarily focuses on the content of proverbs and uses information from other humanities in this regard.»
Образец извлечения
Демо-превьюLinguistic culture primarily focuses on the content of proverbs and uses information from other humanities in this regard. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language, proverb, culture, nationality, linguistic culture, paremias, ethnic, lingvokulturologiya, maqol, til, milliylik, etnik stereotiplar., madaniyat, paremiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026