Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA OKKAZIONALIZMLARNING ISHLATILISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Fayzullayeva E’zoza Abdulla qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
ushbu maqolada okkazionalizm va neologizm hodisalarining o’xshash hamda farqli jihatlari haqida va Nazar Eshonqul hikoyalarida ularning ishlatilishi va qanday ma’no nozikliklarini hosil qilgani haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: okkazionalizm, neologizm, til, nutq, Nazar Eshonqul hikoyalari. Tilshunoslikda eskirgan so’zlar, iboralar, shevaga xos so’zlar o’rganilgan kabi yangi ma’noli so’zlar ham keng o’rganilib kelinmoqda. Okkazionalizm va neologizm hodisalari ana shunday yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlardir. Bu hodisalar o’zbek tilshunosligida juda ko’p olimlar tomonidan o’rganilib, tadqiq qilinib kelinmoqda. Bu hodisalarning ikkalasi ham yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlarni o’rgansada, ikkalasi bir-biridan farq qiladi. Ushbu mavzu borasida o’z tadqiqotini olib borgan olima S.Toshaliyeva bu ikki hodisani farqlashda ikki xil yo’nalishdagi munosabat borligini ta’kidlaydi. Birinchi yo’nalish uzuallik va okkazionallik, ikkinch yo’nalish esa eskilik va yangilik o’rtasidagi oppozitsiya asosida fikr yuritishni taqazo etadi. Uzual so’zlar hozirgi o’zbek tili lug’atida mavjud bo’lgan so’zlardir. Uzual so’zlar lug’atning barqaror, turg’un birikmalar qismini tashkil etib, umumxalq tili yoki adabiy tilga mansub bo’ladi. Okkazional so’zlar esa umumxalq tili va adabiy til lug’atida mavjud bo’lmagan, nutq jarayonida muayyan shaxs tomonidan ayni bir vaziyat, mazmun ehtiyojidan kelib chiqib yasalgan va asarlarda ishlatilgan g’ayrioddiy so’zlardir. Uzual so’zlarda ham, okkazional so’zlarda ham yangilik bo’yog’i mavjud bo’ladi. Ikkalasini ham ma’lum bir muallif ishlab chiqqan bo’ladi. Asosiy farqi shundaki, uzual so’zlar lug’at tarkibiga bemalol kira oladi, ammo okkazional so’zlarning kirishi chegaralangan bo’ladi. Chegaralanganligining sababi, ushbu so’zlarning hammasini ham xalq qabul qilmasligi, nutqida foydalanmasligi mumkin. Bilamizki, xalq qabul qilgan, nutqida foydalanilgan so’zlargina tilning lug’at tarkibiga kirishi mumkin. O’zbek tilshunosligida leksik okkazionalizmlar borasida ish olib borgan O.To’xtasinova ham neologizmlar va okkazionalizmlarning farqi, o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtalib o’tadi. ”Okkazional so’zlarning muhim belgilaridan biri uning biror muallifga taalluqli ekanligidir”. Biz olimalarimizning tadqiqotlarini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik, bu ikki hodisada ham yangilik bo’yog’i mavjud, ikkalasini ham ma’lum bir muallif yaratadi. Ammo neologizmlarning o’ziga xos xususiyatlari bor: ular til birligi, lug’at tarkibida mavjud, bora- bora yangilik bo’yog’i yo’qolib, umumxalq so’zlariga aylanadi. Okkazionalizmlar esa nutq birligi bo’lib, tilning lug’at tarkibiga kira olmaydi, nutq jarayonida kimdir tomonidan faqatgina bir marotaba qo’llana oladi. Sanab o’tgan birlashtiruvchi va farqli tomonlar ushbu tushunchalar haqida yanada yaxshi tushunchaga ega bo’lishimiz uchun katta yordam beradi. Badiiy adabiyotda yozuvchilar asarlarini yozish jarayonida umumxalq so’zlaridan foydalanish bilan bir qatorda o’zlari yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan okkazionalizmlarni ham kashf etishadi. Albatta, bu ish chinakam mahoratli yozuvchi, shoirlarninggina qo’lidan keladi, xolos. Nazar Eshonqul ham ana shunday mahoratga ega bo’lgan yozuvchilardan biri. U 147 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o’zining hikoyalarida so’zlarni shunday tanlab ishlatganki, yaratilgan okkazionalizmlar boshqa yozuvchilarning hech bir asarida uchramaydi. Sen bu ruhlar qabristonidan nelar izlayapsan?! Bu odamlar izlarida sen izlayotgan ul shamlar allaqachon o’chib bo’lgan.(“Momoqo’shiq” hikoyasi 94-bet)- Bu gapda yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan okkazionalizm ruhlar qabristoni birikmasi bo’lib, boshqa yozuvchilar tiriklar qabristoni, o’liklar qabristoni, murdalar qabristoni kabi birikmalarni ishlatgan. Ammo Nazar Eshonqul ushbu birikma orqali okkazionalizmlarning sonini yana bittaga oshirgan. Mayli, yangra! Mayli, zabt et! Meni o’z ohangingga g’arq qil! Mayli, meni kuyning kundasida qatl et! Toki qabrim ham sening o’lmas satrlaringda qolsin!..(“Momoqo’shiq” hikoyasi 95-bet)- Bu gapdagi okkazionalizm kuyning kundasi birikmasi bo’lib, hech qaysi yozuvchining ijodida bunday birikma uchramaydi. Nazar Eshonqul hikoyasida kuyga berilgan bunday o’xshatish novatrlik qobiliyatidan bir dalolatdir. Muazzam indamadi, faqat bosh irg’adi-Shamsi Saloh ayolning ko’z milklarida paydo bo’lgan va oy nurida yaltirab ketgan ko’zyoshlarini ko’rib ko’ngli shafqat va iltifot bilan to’ldi; Muazzam hatto boshini ko’tarib qaramadi, agar biror narsa desa, ho’ngrab yig’lab yuboradigan holi bor edi uning.(“Momoqo’shiq” hikoyasi 109-bet)- Lug’atlarda berilgan tish milki degan birikmani bilamiz, ammo yozuvchi hikoyasida foydalangan ko’z milki birikmasi hech qaysi bir yozuvchining asarida uchramaydi, agarda u oddiygina ko’z so’zini ishlatadigan bo’lsa odatiy ma’noni beradi, xolos. Lekin yuqoridagi birikma orqali yangilik bo’yog’ini o’z hikoyasida juda ham mahorat bilan ishlatgan. Ana, sen billur zinalardan yuksakli
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada okkazionalizm va neologizm hodisalarining o’xshash hamda farqli jihatlari haqida va Nazar Eshonqul hikoyalarida ularning ishlatilishi va qanday ma’no nozikliklarini hosil qilgani haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada okkazionalizm va neologizm hodisalarining o’xshash hamda farqli jihatlari haqida va Nazar Eshonqul hikoyalarida ularning ishlatilishi va qanday ma’no nozikliklarini hosil qilgani haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neologizm, til, okkazionalizm, nutq, Nazar Eshonqul hikoyalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026