Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FOROBIY ASARLARIDA SHAXS MUAMMOSI VAUNING PSIXIK DUNYOSI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi (in-academy.uz/index.php/si) · O‘zMU Jizzax filiali (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 5-10 · 2026
Аннотация
The article presents Abu Nasr Farabi's views on personality, human psyche, factors affecting his psyche, knowledge process, social groups, human management, mental and spiritual processes in man. Key words: Abu Nasr Farabi, intellectual knowledge emotional knowledge, sense of smell; sense of hearing; vision, community members, society, cognition, mental abilities, speech, logic, thinking. Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markazdir, barcha ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan aʼzoga bogʻliq. Forobiy “Ilm va sanʼatning fazilatlari” risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan aksidensiya (al- oraz)dan substansiya – mohiyat (javhar)ga qarab borishini ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini taʼkidlaydi. Insonning ibtidosida, avvalo “oziqlantiruvchi quvvat” paydo boʻlib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Shundan soʻng “tashqi quvvat”, yaʼni bevosita tashqi taʼsir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keluvchi “quvvat”lar – 5 turlidir: teri-badan sezgisi; taʼm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; koʻrish sezgisi. Bularning hammasini Forobiy “hissiyot quvvati” (“quvvai hissiyya”) deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. “Ichki quvvat”ga esda olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuygʻu, nutq (fikrlash) “quvvat”lari kiradi. “Ichki quvvat”da Forobiy aqliy bilish bosqichini nazarda tutadi. Ilmni egallash shu quvvatlar orqali amalga oshiriladi. Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bogʻliqligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini alohida taʼkidlaydi. Forobiy “Aql maʼnolari haqida” risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi taʼsir – taʼlim-tarbiyaning natijasi 54 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ekanligini uqdiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos boʻlgan tugʻma quvvat – ruhiy kuch bilan bogʻliq. Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi taʼlimotida mantiq (logika) ilmi muhim oʻrin tutadi. “Mantiq sanʼati kishiga shunday qonunlar haqida maʼlumot beradiki, – deb yozgan edi u, – bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sogʻlom fikr yuritishga oʻrganadi”. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika oʻrtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni toʻgʻrilab turadi. Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi soʻnggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi. Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari uning inson haqidagi taʼlimoti uchun xizmat qiladi, unga boʻysundirilgandir. Aqlga ega boʻlish, bilimli, mantiqli boʻlish bilan chegaralanmay, u maʼlum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak. Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, oʻtkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zoʻr isteʼdodga ega, yomon ishlardan oʻzini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni oʻylab topish uchun zehn-idrokka ega boʻlganlarni aqlli deb boʻlmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim”. Forobiy oʻrta asrlar sharoitida birinchi boʻlib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil taʼlimot yaratdi. Bu taʼlimotda ijtimoiy hayotning koʻp masalalari – davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan. Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi… Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”. Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. mutafakkir inson qadr- qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. “Davlat arbobining hikmatlari” risolasida esa u doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi. Forobiy oʻzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻladi. Kishilarning di
Доказательный фрагмент
«The article presents Abu Nasr Farabi's views on personality, human psyche, factors affecting his psyche, knowledge process, social groups, human management, mental and spiritual processes in man.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents Abu Nasr Farabi's views on personality, human psyche, factors affecting his psyche, knowledge process, social groups, human management, mental and spiritual processes in man. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abu Nasr Farabi, intellectual knowledge emotional knowledge, sense of, nutq, ruhiy qobiliyatlar, eshitish sezgisi, aqliy bilish hissiy bilish, hid bilish sezgisi, jamiyat, bilish, tafakkur., koʻrish sezgisi, mantiq ilmi, Abu Nasr Farobiy, jamoa aʼzolari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945