К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA PARAMIOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISH DOIRASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdusamatova Nozanin Azim qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article provides information about the formation of Uzbek folk epics, the role of epics in fiction, the stages of formation of folk epics, as well as the scope and importance of the field of paramyology in Uzbek folk epics. among others, opinions and comments were expressed about the semantics of proverbs used in folk epics such as "Ravshan", "Alpomish", "Kuntug'mish", "Goroğli". Key words: Epic, fiction, stage, principle, paramiological, proverbs, semantics. Аннотация: В данной статье представлены сведения о формировании узбекского народного эпоса, роли эпоса в художественной литературе, этапах становления народного эпоса, а также о масштабах и значении области парамиологии в узбекском народном эпосе. среди прочего были высказаны мнения и комментарии по поводу семантики пословиц, используемых в таких народных эпосах, как «Равшан», «Алпомиш», «Кунтугмиш», «Гороглы». Ключевые слова: Эпос, художественная литература, сцена, принцип, парамиология, пословицы, семантика. Kirish. Dostonchilik o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimgi epik shakli hisoblanib, dastavval qo‘shiq shaklida, do‘mbira jo‘rligida, so‘ng esa musiqasiz ohang asosida yaratilgan adabiyot namunalari sirasiga kiruvchi adabiy turlardan biri hisoblanadi. Mazkur janrning yaratilishi turkiy xalqlarning ko‘chmanchi qabilalari nomi bilan bevosita umumlashgan bo‘lib, XV-XVI asarda dostonchilik shakllanishi maktablar yaratilishi va XVII-XVIII asarlarda esa tarqqiylashishi dostonchilikning kamol topishiga turtki bo‘ldi. Dostonlarda afsonaviy shaxslar turli qahramonliklar ko‘rsatishi, epizodlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, yaxshilik va yomonlikning kurashuvi, ularning harakatlari asosidagi jamiyat va xalq taqdiri yoritib o‘tilgan. Dostonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa – yaxshilikning doimo ustun kelishi, do‘stlik, sevgi-muhabbat, qahramonlik, insonparvarlikning ustun kelishi, sadoqat, mehr-muruvvat tuyg‘ularining ulug‘vorligi, mehnatsevarlik va insoniylik g‘oyalari ilgari surilishi bilan ahamiyatli. Dostonlar keng qamrovli va hajm jihatdan ham ancha katta bo‘lib, u nafaqat epik, balki lirik yo‘l bilan ham ifodalanadi, ya’ni dostonlarda syujet keng qamrovli va personajlar ham talaygina bo‘lishi bilan farqlanadi. 69 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Tahlil va natijalar. O‘zbek xalq dostonlari o‘z mohiyatiga ko‘ra turli mavzularda: 1. Qahramonlik dostonlari (“Alpomish”, “Kuntug‘mish”); 2. Sarguzasht dostonlar (“Ravshan”, “Sabbai sayyor”); 3. Ishqiy dostonlar (“Layli va Majnun”); 4. Jangnoma dostonlar (“Jizzax qo‘zg‘aloni”); 5. Falsafiy dostonlar (“Hayrat ul-abror”); 6. Didaktik dostonlar (“Hibat ul-haqoyiq”) kabi turlarga bo‘lib tahlil qilinadi. Dostonchilik eng qadimgi janr hisoblanganligidan tashqari, bugungi kunda ham bu janrda turli asarlar yaratilib, adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin egallamoqda. Misol tariqasida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Jannat qidirganlar”, Omon Matjonning “Pahlavon Mahmud” kabi dostonlari shular jumlasidan hisoblanadi. Ammo bugungi kunda adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar orasida dostonchilik namunalari avvalgidek salmoqli emas. Buning sabablariga qo‘yidagilarni asos sifatida keltirishimiz mumkin:  XIX asr dastavvali va XX asar o‘rtalarida badiiy adabiyotda ko‘plab janrlarning yuzaga kelganligi;  XX asrga kelib adabiyot fondida roman janrining taraqqiylashuvi va mazkur janrga bo‘lgan ahamiyat va e’tiborning ortib borganligini bevosita sabab sifatida keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. 20-asr oʻzbek adabiyotida Dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham doston janridan foydalaniladi.[1] Badiiy adabiyotning asosi va negizini tilshunoslik egallashi barchamizga ma’lum. Zero, har qanday turdagi asarlar, badiiy adabiyot namunalari bilvosita til masalalari, uning sohalari, prinsip va tamoyillariga ko‘ra hamohang yaratiladi. O‘zbek xalq dostonlarini lingvistik jihatdan tahlil qilsak dostonlarda tilshunosligimizning qator - frazeologik, leksik, etnografik, paramiologik va yana bir qator til sohalari yuzasidan tahlil qilib o‘tish mumkin. Bular orasida ayniqsa paramiologiya sohasi yetakchi bo‘lib, xalq dostonlarida maqollar faol doirada qo‘llanadi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri hisoblanib, maqollar kundalik turmush tarzi, xalq hayotining umumiy xulosalari, ko‘rgan-kechirgan voqea-hodisalari haqida yuzaga kelgan, ibratli, yomonlik unsurlarini kamaytirib, yaxshilikka yo‘naltiruvchi unsurdir. Maqollar zamonlararo shakllanuvchi, sayqallanuvchi va teranlashuvchi tushuncha bo‘lib, unda fikr qisqa, ixcham va lo‘nda ifodalanadi, mazmunan shakllanuvchi birlik bo‘lib, maqol matni qisqa, ixcham va lo‘nda fikrlash, aniq bayon etishni taqozo etgani bois ijodkorga qo‘l keladi. Maqol matni mazmun jihatdan tahlil etilmaydi, chunki maqollar, odatda, to‘g‘riligi isbotlangan holda, qayta-qayta ishlanib vujud

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the formation of Uzbek folk epics, the role of epics in fiction, the stages of formation of folk epics, as well as the scope and importance of the field of paramyology in Uzbek…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the formation of Uzbek folk epics, the role of epics in fiction, the stages of formation of folk epics, as well as the scope and importance of the field of paramyology in Uzbek… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Epic, fiction, stage, principle, paramiological, proverbs, semantics, Doston, badiiy adabiyot, bosqich, paramiologiya, prinsip, maqollar, semantika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники