Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SEMIOTIK YONDASHUV ASOSIDA O’QITUVCHILARNI KICHIK YOSHLI O’QUVCHILARDA MATEMATIK JIHATDAN RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASHNING GEOMETRIK MAJMUASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAYYORLASHNING GEOMETRIK MAJMUASI (in-academy.uz/index.php/si) · Abdusamatov Alisher Sobirovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda. Shubhasiz, o‘quv ma’lumotlarini semiotik tarzda uzatish va uni o‘rganishga texnologik yondashuv nuqtai nazaridan ilmiy asoslash bo‘yicha to‘plangan tajribani tizimlashtirish zarurati mavjud. Semiotik kompetentsiyani o‘zlashtirish doirasida belgi-ramziy faoliyatni tashkil etish qobiliyati o‘qituvchi uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki u bir vaqtning o‘zida ko‘rinadigan, “siqilgan” formatda katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi. Kalit so‘zlar: matematika, boshlang’ich ta’lim, semiotik, kompetentsiya, o‘quv faoliyat, kognitiv faoliyat, ta’lim, axborot, raqamli. Matematikani o’zlashtirish, o’z mazmuniga ko’ra, murakkab integrativ faoliyatdir. Psixologlar bu faoliyatga xos bo’lgan ko’pqirrali psixologik jarayonlarni alohida ko’rsatib o’tadilarki, bu jarayonlar bilishning matematik shaklida boshqa o’quv-intellektual harakat bilan uyg’unlashib ketadi. Bunday jarayonlardan biri fazoviy fikrlash tushunchasidir. Fazoviy fikrlashning asosiy jarayonli birligi ob’ektning fazoviy xususiyatlarini ifoda etuvchi timsol (obraz)dir. Ob’ektda uning fazoviy xossalari va xususiyatlarini ko’ra bilish hamda ular ustida grafik ko’rgazmalilik asosida amallar bajara olish mahorati, ayniqsa, matematika bilan bog’liq faoliyat turida katta ahamiyat kasb etadi [1]. Bu fikr orqali “ob’ektning fazoviy xossalari va xususiyatlarini tasavvur etish hamda ulardan amallarni bajarishda timsol sifatida foydalanish mahorati sifatida tushuniladigan fazoviy fikrlash – shaxs matematik rivojlanishining tub negizini tashkil etadi [3]. Topologik o’zgarishlarni ko’rgazmali tarzda istalgancha “cho’ziluvchi” va “siqiluvchi” mahsulotlardan tayyorlangan jismni uzluksiz deformatsiyalash deb tasavvur qilish mumkin: deformatsiya qanchalik kuchli va intensiv bo’lmasin, jism “uzilib” ham ketmaydi, “yopishib” ham qolmaydi. Boshqacha aytganda, topologik o’zgarishlarda ob’ektlar (yoki ularning alohida qismlari) o’rtasidagi “yaqinlik” munosabatlari saqlanib turadi: agar ikki nuqta o’zaro yaqin bo’lgan bo’lsa, har qanday topologik o’zgarishlar sharoitida “yaqin”ligicha qolaveradi va aksincha, o’zaro yaqin bo’lmagan nuqtalar yaqin bo’la olmaydi [4]. Figuralarning topologik o’zgarishlar davomida saqlanib qoladigan xossalari topologik xossalar deb ataladi. Yuqorida keltirilgan mulohazalar shuni ko’rsatadiki, figuralarning topologik xossalari ularning o’lchamlariga, shakliga bog’liq emas: bu xossalar favqulodda barqaror bo’lib, figura har qancha deformatsiyaga uchrasa ham, tarkibiy qismlarining o’zaro joylashuvlari o’zgarsa ham saqlanib qolaveradi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining fazoviy fikrlashini shakllantirish va davomli rivojlantirishga imkon beradigan ko’rgazmali topologik tushunchalar bilan tanishish asnosida ularning quyidagi alomatlariga quyidagilarga alohida e’tibor berdik: 78 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si - yopiqlik-ochiqligi; - chegara va cheklanganlikning mavjudligi; - ichki va tashqi sohalari: - egri chiziqlarning unikursalligi; - sirtlarning bog’liqligi; - sodda ko’pyoqning Eyler xususiyati; - fazoda chiziqlarning tugunlari va ilgakalari [6]. J.Piajega ko’ra, bolalarning dastlabki geometrik tasavvurlari geometrik shakllarning yopiq yoki yopiq emasligi (ochiqligi) va “ichki va tashqilik” xususiyati haqidagi tasavvurdir, zero, figuraning bu xossalari eng birinchi bo’lib ko’zga tashlanadi. Yana bir narsa ayonki, bu xossalar ham topologik xossalar hisoblanadi: aylanani kichik kesmalar shaklida tasvirlab bo’lmaydi (kesmalar o’rtasida uzilishlar va ulanishlar kuzatiladi), biroq uni o’zaro kesishmaydigan yopiq egri chiziqlardan hosil bo’lgan ixtiyoriy geometrik shaklga osongina aylantirish mumkin: biz bu tajribani aylana shaklidagi yopiq rezina yordamida tekshirib ko’rishimiz mumkin [2]. Shuning uchun yuqorida olib borilgan tahlillardan xulosa qilish mumkinki, o’qituvchini tayyorlashning geometrik mundarijasini “shakl va holatlar” geometriyasidan “o’lchamlar” geometriyasiga qarab rivojlantirib borish kichik yoshli o’quvchilarning matematik jihatdan rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Kichik yoshli o’quvchilarni matematik jihatdan rivojlantirishga, ya’ni bolaning matematik timsollar orqali o’z olamini “yaratishi”ga erishishidan iborat natijaga ega bo’lish uchun matematika kursini boshlang’ich ehtimoliy-statistik bilimlar bilan boyitish lozim bo’ladi. Chindan ham, bola maktabdan tashqaridagi hayotida bo’lishi mumkin va bo’lishi mumkin bo’lmagan hodisalarga ko’plab marotaba duch keladi. Aytish kerakki, uzoq yillar davomida mamlakatimiz umumta’lim maktablarida barcha o’quv fanlari determinizm pozitsiyasidan talqin etilib keldi. Kundalik hayotda u yoki bu harakatlarning sodir bo’lishini mumkin emas, deb hisoblash tasavvurda turg’unlik keltirib chiqaradi. Shuning uchun bunday hodisalarni bolaning o’zi matematik metodlar yordamida o’rgani
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semiotik, boshlang’ich ta’lim, ta’lim, axborot, raqamli., matematika, o‘quv faoliyat, kompetentsiya, kognitiv faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945