Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGICHA TA’LIM VA UNING ISLOH QILINISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nasirova Zilolaxon Marat qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Reforms in the field of education today are no less relevant than reforms in other fields in terms of their relevance and practical importance. Because it is the need of the times to continue the reforms in this field on a larger scale. Systematic reforms in the training of pedagogic personnel for all stages of continuous education serve to increase the effectiveness of the process of forming modern pedagogic personnel with high culture, practical professional skills, and thorough knowledge of education, teaching methods and evaluation criteria. Key words: Education, training, law, reform, decision, teaching methods, modern education, expert, science, higher education, continuous education. Bugun mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʻtarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik taʼlimga qamrov darajasini oshirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilganiga guvohmiz. Xususan, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bir nechta oliy taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur taʼlim sohasi boʻyicha xorijiy davlatlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etildi. Oliy pedagogik taʼlimni rivojlantirishning huquqiy-meʼyoriy asoslari mukammal ravishda yaratildi. Mazkur holat pedagogika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik taʼlim infratuzilmasini rivojlantirishga asos boʻlmoqda. 119 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Sotsiologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, pedagogika sohasini tubdan isloh qilish borasida oʻtkazilgan islohotlar samarasi oʻlaroq, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda abituriyentlar orasida pedagogika universitetlariga kirishga qiziqish bir necha marotaba oshgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yillar davomida sohaga doir qabul qilgan qator qaror va farmonlari oliy pedagogik taʼlimni tashkil etish va rivojlantirishning konseptual masalalarini belgilab berdi. Sohadagi oʻzgarishlar jarayonida tarbiya va oʻqitish usullari, axborotkommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash ustuvor yoʻnalish sifatida oʻz ahamiyatini yanada oshiradi. Jamiyatimizda pedagog nufuzining ortib borishi, kuchli targʻibot va ragʻbatlantirish siyosati natijasida pedagoglik kasbiga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, bu jarayon pedagoglardan koʻp mehnat va yangicha yondashuvni talab qiladi. Xususan, pedagogik taʼlim sohasining yoʻnalish va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion oʻquvmeʼyoriy va taʼlim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Shu bilan birga, hozir Toshkent davlat pedagogika universitetida yaratilgan taʼlim resurslarini takomillashtirib borish boʻyicha keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Yurtimiz oliy pedagogik taʼlim tizimi 19 ta oliy oʻquv yurti bilan birga oxirgi yillarda yangi ochilgan Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika instituti hamda Samarqand, Andijon, Buxoro, Termiz, Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari uchun tayanch boʻlgan Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Hozir pedagogika sohasida ham taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish uygʻunligini taʼminlash orqali oʻqitish sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish bosh strategik maqsadlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni koʻrsatdiki, Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilarining barchasi amaliyot oʻtagan, tajriba-sinov ishlarini olib borgan taʼlim muassasalariga ishga joylashgan. Mazkur natija pedagog kadrlar buyurtmachilarining ehtiyoj va talablarini muntazam oʻrganib borish, ular bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning mahsuli sifatida baholanishi mumkin. Oliy pedagogik taʼlim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash bugungi axborot va global rivojlanayotgan jahon hamjamiyatining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohada Toshkent davlat pedagogika universiteti ham salmoqli koʻrsatkichlarga ega. Xususan, universitetda onlayn hujjat almashish, talabalarning amaliy mashgʻuloti, mustaqil taʼlim, bilimni baholash toʻliq elektron taʼlim vositalari orqali bajariladi. Toshkent davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan 2020-yil dekabr oyida Milliy pedagogik taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Uning
Доказательный фрагмент
«Reforms in the field of education today are no less relevant than reforms in other fields in terms of their relevance and practical importance.»
Образец извлечения
Демо-превьюReforms in the field of education today are no less relevant than reforms in other fields in terms of their relevance and practical importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Education, training, law, reform, decision, teaching methods, modern, qonun, высшее образование, islohot, science, обучение, zamonaviy ta’lim, oliy ta’lim, Ta’lim, ilm-fan, Образование, право, методы обучения, реформа, mutaxassis, эксперт, o’qitish usullari, expert, modern education, qaror, tarbiya, решение, higher education, непрерывное образование., современное образование, uzluksiz ta’lim., continuous education., наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026