Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR TUZUKLARI TARIXDAN SO‘ZLAGANDA
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Musurmonov Amir (in-academy.uz/index.php/si) · Kalit so‘zlar: Ermitaj (in-academy.uz/index.php/si) · Qunduzcha, ayg’oqchi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1 · 99-103 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Amir Temur bitigida To’xtamishxon bilan bo’lib o’tgan jangni tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiriladi. Kalit so‘zlar: Ermitaj, Qunduzcha, ayg’oqchi, Lelingrad, Turon. Bugungi kunda Rossiyada joylashgan Ermitaj davlat muzeyida yurtimizning boy qadimiy tarixi, madaniyati va turmush tarziga oid ko‘plab moddiy manbalar saqlanadi. Nodir san’at asarlariyu haykallar, turli davrlarga oid tangalar, suratlar, bitiktoshlar tarzida bizgacha yetib kelgan tarixiy boyliklarda buyuk bobolarimizning nozik did va iqtidorlarini o’zida aks ettirib turadi. Shulardan biri diyorimizning temuriylar davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bitiktoshdir. Qadim o‘tmishdan guvohlik beruvchi ushbu bitiktosh Ulug‘ Vatan urushidan ilgari Qozog‘istonning Ulug‘tov manzilidan topilgan hamda Leningradga, Davlat Ermitajiga olib kelingan. Bitiktoshning yuqori qismidagi yozuv uch qator bo‘lib, arab imlosi ham arab tilida; quyi qismidagi yozuv esa sakkiz qator bo‘lib, uyg‘ur imlosida turkiy tilde bitilgan. Boshdagi bitik juda mayda, atigi bir santimetr kattalikda, qolaversa, u necha asrdan buyon ochiqda turgan, shuning uchun ham yozuvni o‘qish qiyinchilik tug‘diradi. Bitikni ilk bor turkshunos olim N. Poppe o‘rgangan va matnni aniqlashga harakat qilgan. Oradan besh yil o‘tgach, sharqshunos olim A. Ponamaryov ham uni qayta o‘qishga urinib ko‘radi va o‘z mulohazalarini bildirib o‘tadi. Olimning fikricha, dastlabki tadqiqotchi bitikning umumiy ma’nosini yoritish bilan bir qatorda ba’zi yozuvlarni noto‘g‘ri tushungan. Shuning uchun A. Ponamaryov ayrim so‘zlarni mazmunidan kelib chiqib chuqur tahlil qildi va matnning boshqacha ma’nosini taklif etdi. Agarda bitikning u rus tiliga qilgan tarjimasini o‘zbek tiliga o‘giradigan bo‘lsak, quyidagi manba kelib chiqadi: «Tarixning yetti yuz to‘qson uchinchi — Qo‘y yilida Turon sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bilan To‘xtamishxon ustiga yurdi. Shu yerda belgi bo‘lsin deb ushbuni o‘rnatdi. Tangri nisbat bergay, inshoolloh»… Toshning tepa qismidagi arabcha yozuvning faqat «Marhamatli va muruvvatli Xudovandi Karim sharafiga…» — degan jumlasini o‘qishga erishilgan. Boshqa qismi xiralashib ketganligi uchun aniqlashning iloji bo‘lmagan. Tarixchi Nizomiddin Shomiyning yozishicha, sohibqiron-jahongir Amir Temur Ko‘ragon 1391 yilning 28 aprel kuni To‘xtamishxon ustiga yurish qilgan, borayotib Ulug‘tov degan joyda to‘xtagan, baland tepalik ustiga chiqib tevarak-atrofga, uzoq-uzoqlarga nazar solgan va mana shu yerga bir belgi qo‘yish haqida buyruq bergan. Shunga ko‘ra har bir askar bittadan tosh keltirishi, toshlar bir joyga to‘planishi, shularning ichidan silliq bir tosh tanlab olinib, uning sirtiga ikki imloda, ikki tilda yozuv bitilishi lozim edi. Yuqorida ko‘zda tutilgan bitiktosh shu tariqa vujudga kelgandir. Bu bitik qalbaki emasmikin degan shubhada ayrim olimlar uni qayta tekshirib, toshdagi qaydlarni tarixiy manbalar bilan solishtirib ko‘rdilar. Bitikda zikr etilganidek, Amir Temur haqiqatan ham o‘zini Turon sultoni deb atagan va To‘xtamishxon ustiga ikki yuz ming lashkar bilan bostirib borgan edi. Bu yurish 1391 yil sodir 135 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bo‘lganligi, shuning sharafiga bitiktosh o‘rnatilgani temuriylar davrining yilnomachilari G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning asarlarida qayd etilgan. Xo‘sh, ushbu bitikda aytib o‘tilgan Oltin O‘rdaga yurish qanday boshlanib, qay tariqa yakun topgan. Buni oydinlashtirish uchun avvalambor Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi munosabatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. Ma’lumki, jahongir Amir Temur bilan To‘xtamishxonning ilk uchrashuvi 1375 yili Samarqand shahrida bo‘lgan edi. O‘shanda Oltin O‘rda xoni O‘risxonning ta’qibidan qochib, To‘xtamishxon panoh izlab kelgandi. Garchi Amir Temur mo‘g‘ullar istilosi tufayli xarob bo‘lgan Movarounnahrni qayta tiklash bilan band bo‘lsa-da, shunga qaramay To‘xtamishxonga izzat-hurmat ko‘rsatdi. To‘xtamishxon uning jamiki yordamini sidqidildan qabul qildi va unga sodiq qolishi haqida qayta-qayta qasam ichdi. Oradan yillar o‘tib, 1380 yildagi Kulikovo jangidan keyin mavqeyi yo‘qolgan Mamayxonni tor- mor keltirgach, Jo‘ji ulusida hokimiyatni ko‘lga kiritgan To‘xtamishxon salbiy tomonga o‘zgardi va bergan qasamlari unitila boshlaydi. Tabiiyki, u egallagan yerlarni kengaytirishga intildi — talovchilik yurishlarining rejasini tuzdi. Natijada Amir Temurning yaxshiliklarini ham hisobga olmay, uning qo‘l ostidagi yurtlarni bosib olish uchun 1387-1388 yillarda ikki marta bosqinchilik yurishlarini amalga oshiradi. Yaqindagina ko‘z yosh to‘kib, panoh izlab kelgan To‘xtamishxonning endi uyalmay-netmay qo‘shin tortib kelishi, tabiiyki, jahongirni qattiq g‘azablantirdi. U sekin-asta qad rostlayotgan vatanini himoya qilishga shaylandi. Sirdaryo bo‘ylarida To‘xtamishxon qo‘shinlari kuchli zarbaga uchradi. Amir Temur
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Amir Temur bitigida To’xtamishxon bilan bo’lib o’tgan jangni tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiri…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Amir Temur bitigida To’xtamishxon bilan bo’lib o’tgan jangni tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ayg’oqchi, Lelingrad, Qunduzcha, Ermitaj, Turon.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026