К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK TILI UCHUN IMLO TAHRIRLOVCHI DASTUR YARATISHNING BOSQICHLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sobirova Nazira G‘anijon qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Sobirova Zarnigor G‘anijon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Сегодня люди не могут представить свою настоящую жизнь без использования обмена сообщениями, поиска, просмотра и использования различных бизнес-приложений: текстовых редакторов, систем управления контентом (CMS), систем управления взаимоотношениями с клиентами (CRM) и т. д. не могут. Во всех из них люди делают опечатки, забывают правильное написание слов, иногда допускают грамматические ошибки и т. д. Хорошее программное обеспечение поможет вам исправить эти ошибки самым простым и эффективным способом. В этой статье рассказывается о программах редактирования текста, которые являются решением этой проблемы. Ключевые слова: НЛП, искусственный интеллект, автокорректор, орфография, программа редактирования, языковая технология, языковая система. Dunyodagi og‘zaki va yozma tillar xilma-xil bo‘lib, o‘ziga xos grammatik tuzilishga ega, bu esa ularni boshqarishni murakkablashtiradi, noqulayliklar kelib chiqishiga olib keladi. Grammatika, ayniqsa, samarali muloqot va ma’lumotlarni uzatish uchun juda muhimdir va yozma matnda yozuvchilar tomonidan turlicha uslub qoidasida qo‘llaniladi. Ularning turli tillari va uslublari qoidalarini o‘rganish algoritmlar va mashinalar uchun juda qiyin vazifadir. 107 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Yaxshiyamki, bugungi kunda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnikasi mavjud bo‘lib, bu muammoni hal qilish imkonini beradi. NLP- sun’iy intellektning kichik bir sohasi bo`lib, kompyuterlar uchun inson tillarini tahlil qilish, tushunish va ma’no chiqarish jarayonidir. Kompyuterlar va inson tillari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. Ba’zi NLP ilovalari mavjud: avtomatik imloni tuzatish, hissiyotlarni tahlil qilish, soxta yangiliklarni aniqlash, mashina tarjimasi, savol va javoblar (savol-javob), chatbot va boshqalar ... Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida turli tillar uchun yaratilgan tizimlar sirasiga mashina tarjimasi, kompyuter yordamida tilga o‘qitish hamda lingvistik vazifalarni bajaruvchi tizimlar korpus, orfografik tekshiruvchi dasturlar kiradi. Imloni tekshiruvchi programmalar orfokorrektorlar yoki avtokorrektorlar, shuningdek, spellerlar yoki spel-chekerlar deb ataladi. Kompyuter tekshiruvi paytida matndagi so‘zlar tizimli lug‘atlarda allaqachon mavjud bo‘lgan yoki maxsus tuzilgan ro‘yxatlardan yaratilgan so‘z shakllari bilan taqqoslanadi. Agar so‘z topilmasa - bu qandaydir sabablarga ko‘ra matn muharririning lug‘atlariga kiritilmaganligini yoki xatoga yo‘l qo‘yganligini anglatadi. Ikkala holatda ham speller dastur foydalanuvchiga bunday "yangi" so‘zga e’tiborini qaratishni taklif qiladi (masalan, qizil to‘lqinsimon chiziq bilan ta’kidlaydi). Matn protsessorlariga singib ketgan imlo tekshiruvi har qanday matnni qayta ishlash dasturi yoki vositasi uchun zarur bo'lgan asosiy vazifalar sifatida xatolarni aniqlash va tuzatishda yordam beradi. Matnni avtomatik tahrir qilishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi natijasida imloni avtomatik tekshirish jarayoni shaxsiy EHM dasturiy ta’minotidan veb-brauzerlargacha ko‘chirilgan bo‘lib, Internet tizimida ishlaydi.[1] Biz har kuni noutbuklar, uyali telefonlar, kompyuterlar va boshqalarda foydalanish mumkin bo‘lgan avtotuzatish funksiyasini amalga oshirish uchun imlo tekshiruvi algoritmlaridan foydalanishimiz mumkin. Imlo tekshirgich matndagi imloviy xatolarni tahlil qilish va tasdiqlash uchun ishlatiladigan vosita sifatida so‘nggi yillarda uning roli diversifikatsiya qilindi va u aniqlangan imloviy xatolarni ehtimoliy tuzatishni, avtomatik tuzatish funksiyasini, hatto kontekst va grammatik takliflar asosida umuman gapni tuzatishni taklif qilish uchun ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. Avtomatik tahrirlash yo‘nalishida avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar ishlab chiqilgan, ular ruscha, inglizcha, nemischa, fransuzcha, italyancha matnlarni tahrirlashga yo‘naltirilgan. Matnlarni tahrirlovchi dastur turk, tatar, qozoq, qirg‘iz tillari uchun yaratilgan. O‘zbek tili uchun ham tahrirlovchi dasturning lingvistik ta’minotini yaratish bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi, ushbu jarayon davom etmoqda. Xususan, Sh.Xamroyeva, N.Abdurahmonova, D.O`rinboyeva[2],[3],[4]lar izlanishlarida matnlarni tahlil qilish bo‘yicha muayyan fikrlar berilgan. Ixtiyoriy matn tahrirlovchi dasturning algoritmi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 108 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Matn tarkibidagi so‘zlarni kompyuter o‘qib oladi; Harbir so‘z lug‘atdagi imlosi bilan solishtiriladi,leksik va grammatik atributlariga ko‘ra so‘zlarning lug‘ati tuziladi; Ajratilgan segment birliklar morfologik va sintaktik lingvistik me’yorlarga ko‘ra tekshiriladi. Imlo dasturlari Matn.uz saytida oʻzbek tilidagi matnni bepul tekshirish mumkin. Dastur xato soʻzlarning toʻgʻri variantlarini taklif qiladi. Savodxon.uz pullik dasturi ayni damda oʻzbek tilidagi eng mukammal imlo dasturidir. Tahrirchi:tilmoch - Turkiy tillar uchun maxsus yaratilgan sun'iy idrok o'zbek va qoraqalpoq tillariga tabiiy va sifatli tarj

Доказательный фрагмент

«Сегодня люди не могут представить свою настоящую жизнь без использования обмена сообщениями, поиска, просмотра и использования различных бизнес-приложений: текстовых редакторов, систем управления контентом (CMS), сист…»

Образец извлечения

Демо-превью

Сегодня люди не могут представить свою настоящую жизнь без использования обмена сообщениями, поиска, просмотра и использования различных бизнес-приложений: текстовых редакторов, систем управления контентом (CMS), сист… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
NLP, artificial intelligence, autocorrector, speller, editing program, avtokorrektor, language technology, lingvotexnologiya, НЛП, программа редактирования, орфография, языковая система., искусственный интеллект, автокорректор, language system, tahrirlovchi dastur, языковая технология, sun’iy intellekt, lingvotizim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники