К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK TILIDA SIFAT YASOVCHI KATEGORIYALAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduvoitova Maftuna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Maqolada o'zbek tilida sifat va uning kategoriyalari ko’rib chiqildi. Davr o‘tishi bilan til vositalarining nutqda qo‘llanish imkoniyatlari kengayib borganidek, sifatlar ham yangi okkazional semalari bilan nutqiy ta’sirchanlik doirasini oshiradi. Bu esa kelgusida sifatlarga oid kuzatishlarni yana yangi materiallar asosida davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: o'zbek tili, sifat va uning kategoriyalari, daraja kategoriyasi, usul, tilshunoslik. Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyatga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa [3]. Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past) [1]. Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar [2]. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman haakatnjng belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchj ba'zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko'rinishida tiklash mumkin. Belgi tushunchasi o'z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabilarni qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko'ra sifatlar ikkjga bo'linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifatlar [1]. Asliy sifatlar predmetning turg'un, nisbatlanmaydigan va darajalanagan belgisini ifodalaydi: qizil, sariq, katta, ko'p, oz. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, nnqdor, oj-jn va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyokf burchakdagi o 'tirgich. Nisbiy sifatlarda darajalanish, qiyoslanis bo'lmaydi. 81 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Asliy sifatlarning barchasida daraja shakllari, ayrimlarida ozaytirma va kuchaytirma shakllar bor [3]. Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo'lishi mumkin. Daraja kategoriyasi sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi. Daraja kategoriyasining «belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakllar yordamida hosil qilinadi: chiroyli-chiroyliroq-juda chiroyli. Asliy sifatlarda belgining darajasim ifodalashga ko'ra uch daraja ajratiladi: oddiy ozaytirma orttirma daraja; daraja; daraja. Oddiy daraja hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda daraja kategoriyasi UGMsi «belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: yaxshi, qattiq, semiz, keng, baland, to'g'ri, yumshoq kabi. Orttirma daraja belgining me'yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, daraja kategoriyasi UGMsini «belgining me'yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas [1]. Daraja kategoriyasi ifodalovchisining geterogenligi ushbu darajada yaqqol ko'zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi: 1. Fonetik usul. Buning bir necha ko'nnishlari bor: a)qop-qora, yap-yapalok, dum-dumaloq; b) urg'uli tovushning cho'zilishi: u'zun, bala'nd, chiro'yli. 2. Leksik usul:. juda kuchli, g'oyatda qo'rqinchli, nihoyatda baland. Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi Bu shakl lkki uzvli bo'lib, birinchi uzvini chiqish kelishigi shaklida qo'llash orqali hosil qilinadi: uzundan uzoq, shirindan shirin. Ozaytirma daraja DK LJGMsini «belgining me'yordan kamligini ifodalash» ko'rinishida xususiylashtiradi. Bu ma'no ikki usul bilan yuzaga chiqadi: Leksik usul: sal durust, Mr ozyaxshi, xiyol ochiq. Morfologik usul: kattaroq,ko proq, ozroq; Sh

Доказательный фрагмент

«Maqolada o'zbek tilida sifat va uning kategoriyalari ko’rib chiqildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o'zbek tilida sifat va uning kategoriyalari ko’rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tilshunoslik., o'zbek tili, daraja kategoriyasi, usul, sifat va uning kategoriyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники