Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FAVQULODDA HOLATLARDA INSON HUQUQLARINI CHEKLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI (in-academy.uz/index.php/si) · Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar’s son (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning asoslari muhokama qilingan. Shuningdek, inson huqulari eng oliy qadriyatligiga qaramasdan nima uchun ba’zi vaqtlarda cheklanishi va bu cheklovlar boshqa insonlarning huquqlariga zarar yetkazmaslik uchun qo’llanilishiga atforlicha to’xtalamiz. Kalit so’zlar: Favqulodda vaziyat, inson huquqlari, cheklov, qonuniylik, maqsadga muvofiqlik. THEORITICAL-LEGAL ISSUES OF HUMAN RIGHTS RESTRICTION IN EMERGENCIES Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar’s son The master student of Tashkent State University of Law, majoring in International Law and Human Rights. muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com Telephone number:+998936806165 Annotation: This thesis will discuss the reasons for limiting human rights in emergency situations. We will also discuss why human rights are sometimes limited, despite their highest value, and why these restrictions are used in order not to harm the rights of other people. Key words: Emergency situation, human rights, limitation, legality, expediency. Kirish: Barchamizga ma’lumki, Inson huquqlari bu eng oliy qadriyat hisoblanadi. Endi esa “inson huquqlari” jumlasining ma’nosiga to’xtalsak bu quyidagicha, G.Yuldashova, N.Gafurova inson huquqlari tushunchasiga quyidagicha ra’rif beradi. Inson huquqlari – insonlarning millati, irqi, tili, dini, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar tengligiga asoslangan huquq va erkinliklar majmui. Inson huquqlari yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi kabi huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi.1 Bu olimalarning fikriga qo’shimcha tarzda men “inson hquqlari” tushunchasiga quyidagi ta’rifni berdim, inson huquqlari -milliy va xalqaro huquq me’yorlarida ko‘zda tutilgan (ruxsat berilgan), insonlarga tegishli bo‘lgan qonuniy harakatlar va imkoniyatlardir. Birinchidan, Inson huquqlari ma’lum bir qonun hujjatlarida e’tirof etilgan bo’lishi kerak, bu mamlakatning bosh qomusi hisoblangan Konstitutsiya bo’lishi mumkin, yoki xalqaro huquq me’yorlarida keltirilishi mumkin. Nega aynan imkoniyatlar degan tushunchaga ham to’xtaladigan bo’lsak, huquqlar insonlarga imkoniyatlar taqdim qiladi. Inson huqulari Mutlaq ya’ni uni hech qachon cheklab bo’lmaydi degan tushuncha kelib chiqmasligi kerak. Ular ham ma’lum vaqtlarda cheklanishi mumkin. Masalan, favqulodda holatlarda inson huquqlariga ma’lu bir cheklovlar o’rnatilishi mumkin. 1 G.Yuldasheva., N.Gafurova “Inson huquqlari” darslik. Toshkent-2023. B.17. 122 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Asosiy qism: Favqulodda vaziyatlarda inson huquqlari cheklanishining nazariy-huquqiy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, 1948-yili qabul qilingan Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon deklaratsiyasi, “Inson hquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi xalqaro konvensiya” ning 2-moddasi, 1966-yili qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt” ning 12,13-moddalari2 larda inson huquqlari va erkinliklari va ularni muayyan holatlarda cheklash bo’yicha ha qoidalar aks ettirilgan. 12-moddaga to’xtaladigan bo’lsak, u yerda quyidagi jumlalar nazarda tutilgan “Biror bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir kishi ushbu hudud doirasida erkin ko’chib yurish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega. Har bir kishi har qanday mamlkatni, jumladan o’z mamlakatini tark etish huquqiga ega. Yuqorida qayd etilgan huquqlar hech qanday cheklash obyekti bo’lishi mumkin emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki ma’naviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun nazar bo’lgan va ushbu paktda e’tirof etilgan boshqa huquqlarga mos keladigan cheklashlar bundan mustasno”. 3 Bu moddada ham ko’rishimiz mumkinki, davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligini, boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun insonlarning huquqlariga ma’lum cheklashlar o’rnatilishi mumkin. Endi favqulodda holatlar qanday vaqtlarda kuztilishi mumkin degan savolga javob beradigan bo’lsak, “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonunda quyidagicha ta’rif berilgan favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi”4. Mana shu ta’rifda ko’rishimiz mumkinki, cheklovl
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning asoslari muhokama qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning asoslari muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Emergency situation, human rights, limitation, legality, expediency, maqsadga muvofiqlik., qonuniylik, Favqulodda vaziyat, inson huquqlari, expediency., cheklov
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026