К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA INTERAKTIV METODLAR VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH (in-academy.uz/index.php/si) · A’zamov Samandar Mamurjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article analyzes the process of developing interactive methods and tasks in teaching biology. Interactive approaches to increase students' interest in biology, effectively convey scientific knowledge, and improve learning are discussed. The article recommends teachers to use interactive methods in biology classes and gives practical examples of how they can be used. Key words: Biology, interactive methods, assignments, student activity, teaching technologies. Аннотация: В данной статье анализируется процесс разработки интерактивных методов и задач в преподавании биологии. Обсуждаются интерактивные подходы, позволяющие повысить интерес учащихся к биологии, эффективно передать научные знания и улучшить качество обучения. Статья рекомендует учителям использовать интерактивные методы на уроках биологии и приводит практические примеры их использования. Ключевые слова: Биология, интерактивные методы, задания, деятельность учащихся, технологии обучения. KIRISH: Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol va mustaqil fikrlashga o‘rgatish dolzarb vazifa hisoblanadi. Xususan, biologiya fanini o‘qitishda ham an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanishning zarurligi tobora oshib bormoqda. Interaktiv metodlar o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, fanlarga qiziqish uyg‘otish va o‘quv jarayonini jonlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolaning maqsadi – biologiya fanini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali interaktiv metodlarni tahlil qilish va o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqishdan iborat. Asosiy qism: 1. Interaktiv metodlar tushunchasi va ularning ahamiyati: Interaktiv metodlar o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan o‘qitish usullari hisoblanadi. Ular o‘quvchilarning dars jarayonidagi faol ishtirokini 51 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ta’minlaydi, savol-javob, muammoli vaziyatlar, muhokama va o‘yindan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Biologiya fanida bu metodlar orqali o‘quvchilarga ilmiy bilimlarni yanada aniqroq va qiziqarli tarzda tushuntirish mumkin. 2. Biologiya darslarida foydalanish mumkin bo‘lgan interaktiv metodlar: 1. “Klaster” texnikasi” O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va har bir guruh berilgan mavzu asosida asosiy tushunchalarni aniqlaydi. Ushbu tushunchalar o‘zaro bog‘lab klaster shaklida chiziladi. Bu texnika biologik tushunchalar orasidagi aloqalarni tushunishga va mavzuga keng ko‘z bilan qarashga yordam beradi. Masalan, "Ekotizimlar" mavzusida o‘simliklar, hayvonlar va atrof- muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni klasterda aks ettirish mumkin. 2. “Rol o‘ynash" usuli” Biologiya darsida o‘quvchilarga tabiiy jarayonlar yoki turli organizmlar hayotiy sikllarini sahnalashtirish topshirig‘i beriladi. Masalan, hujayraning qanday ishlashini o‘quvchilar "hujayra" qismlari bo‘lib, rollarga bo‘linib ifodalaydilar. Bu usul o‘quvchilarga murakkab tushunchalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi va ularga materialni tezroq eslab qolish imkonini beradi. 3. “Tarmoqli savollar" (Chain Questioning) usuli” Bu usulda o‘qituvchi mavzuni tushuntirganidan so‘ng, o‘quvchilar savollar bilan bir- birlariga murojaat qilib, muloqotda bo‘ladilar. Masalan, "Fotosintez qanday jarayon?" degan savoldan boshlab, o‘quvchilar bu jarayonning har bir bosqichini savol-javob orqali muhokama qiladilar. 4. “Aqliy hujum" (Brainstorming)” O‘quvchilardan biologiya faniga oid biror mavzu bo‘yicha tez va erkin ravishda g‘oyalar berishlari so‘raladi. Masalan, ekologik muammolar mavzusida o‘quvchilar global isish yoki chiqindilar muammosi haqida o‘z g‘oyalarini aytib o‘tadilar. Bu metod muammolarni aniqlash va ularga echim topishda ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. 5. “O‘yin texnologiyalari" (Gamification)” O‘quvchilarning o‘zaro raqobatlashuvi orqali biologiya bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, o‘quvchilar organizmning tuzilishi bo‘yicha viktorinalarda ishtirok etishlari mumkin. Ushbu usul bilimlarni qiziqarli tarzda mustahkamlashga va motivatsiyani oshirishga yordam beradi. 6. “Laboratoriya ishlari va tajribalar” Biologiya darslarining ajralmas qismi bo‘lgan laboratoriya ishlari va tajribalar o‘quvchilarning mavzuni amaliy tajribada o‘rganishlariga imkon beradi. O‘quvchilar turli jarayonlarni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘llari bilan bajarish orqali yanada aniqroq tushunib olishadi. Masalan, mikroskop ostida hujayra tuzilishini o‘rganish yoki urug‘larni unib chiqishini kuzatish. Interaktiv metodlar biologiya fanida dars jarayonini qiziqarli, jonli va samarali o‘tkazishga yordam beradi. O‘quvchilar faol ishtirok etgan holda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu orqali bilimlar chuqurroq o‘zlashtiriladi, hamda fanga qiziqish kuchayadi. 3. Interaktiv topshiriqlar ishlab chiqish: 52 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Interaktiv topshiriqlar – bu o‘quvchil

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the process of developing interactive methods and tasks in teaching biology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the process of developing interactive methods and tasks in teaching biology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Biology, interactive methods, assignments, student activity, teaching, Biologiya, interaktiv metodlar, o‘qitish texnologiyalari., topshiriqlar, teaching technologies., o‘quvchilar faolligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники