Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATIMIZDA BANK XIZMATLARINING RIVOJLANISH HOLATI TAHLILI
Serjanov Aymurat Medetbaevich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 17 · 2000
Аннотация
The article examines the development of financial services provided by commercial banks based on the economic reforms implemented in Uzbekistan. In particular, the achievements and results achieved in banking services since 2000 are justified with relevant arguments. The author emphasized the importance of improving the institutional foundations of the banking system, further increasing the universalization of banking services, as well as the development of retail banking products for the population and business entities in the development of financial services. Key words: banking activity, development of banking services, institutional foundations, universalization of services, business entities, banking retail products. Barchaga ma’lumki, 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilib, xususan: 16 - bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; - davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an’anaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi; - davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirayotganligi ta’kidlangan [1]. Darhahiqat O‘zbekistonda tijorat banklari uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lni bosib o‘tib, bunda qator mashaqatli qiyinchiliklarni ham yengib o‘tishiga muvoffaq bo‘lmoqda. Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda respublikada asosiy tamoyil - ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank xizmatlari faoliyatida universallashtirishni tobora rivojlantirish kuzatilmoqda. Uzoq yillar emas 2000-yildan boshlangan mazkur davr O‘zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Jumladan bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo‘yildi. Vazifalardan birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi - O‘zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini ta’minlash edi. Xususan 2001 yilning 1 iyulidan e’tiboran kichik biznes korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o‘z hisobiga o‘tkazish yo‘li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Natijada bank tizimi bilan xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishi, banklarda raqobatchilik muhitining yuzaga kelishi, iqtisodiyotda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash bilan bog‘liq jarayonlarni ta’kidlash mumkin. Bunda banklar kredit berish jarayonining rivojlanganini, mijozlar so‘rovlarini sinchkovlik bilan o‘rgana boshlaganini va bank xodimlarida mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganligi muhim hodisa bo‘ldi. Shuningdek, aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 05.04.2002 yildagi “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi 360-II-son Qonuni [2] doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o‘z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a’zo bo‘ldi. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot sari bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko‘zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota- di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Bunday yondashuvlar, nazarimizda, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuq bo‘lib hisoblanadi. 17 Aytish o‘rinlidir, 2003-2004 yillarda mamlakatimizda liberallashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank
Доказательный фрагмент
«The article examines the development of financial services provided by commercial banks based on the economic reforms implemented in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the development of financial services provided by commercial banks based on the economic reforms implemented in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- banking activity, development of banking services, institutional foundations, xizmatlarni universallashtirish, bank xizmatlari rivojlanishi, bank chakana mahsulotlari., institutsional asoslar, bank faoliyati, tadbirkorlik subyektlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945