К содержанию
РецензированоUZ1917

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMINING O‘RGANILISHI

Bekbolayeva Manzura

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1917

Аннотация

O‘zbek tili birliklarini (jumladan, barcha so‘z turkumlariga oid lug’aviy birliklarni) fonetik, fonologik, morfologik, leksik, semantik, stilistik, pragmatik jihatdan o‘rganish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Binobarin, bu borada hal etilishi va chuqur o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolar anchagina. Bugungi kunda bo‘layotgan jamiyatdagi o‘zgarishlar, taraqqiyot tilimizda ham o‘z aksini topmoqda. Kalit so’zlar. Fonetik, fonologik, morfologik, leksik, semantik, stilistik, pragmatic, lingvistik tabiat, S.Ashirboyev. Tilning muhim elementi hisoblanadigan so‘zning lingvistik tabiati, shakl va ma’no xususiyatlari, uning nutqiy jarayonda tutgan o‘rni qadimdan tadqiqotchilarning diqqatini tortib kelmoqda. So‘zlarning inson, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holat singarilarni ifodalashdagi o‘ziga xos jihatlarini belgilash maqsadida ularni muayyan guruhlar va turkumlarga ajratgan holda tahlil etish borasida tilshunoslar yakdildirlar. O’zbek tili leksik- grammatik tizimida alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan olmoshlar ham so‘z turkumlari orasida mustaqil guruh sifatida e’tirof etib kelinmoqdaki, bu e’tirof ma’lum nazariya asoslarga ega. So‘z turkumlarining, jumladan olmoshlarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi haqida S.Ashirboyevning “O‘zbek tili grammatik qurilishining o‘rganilish tarixidan (1875-1917 yillardagi rus turkologlari asarlari asosida)” mavzusida yozilgan nomzodlik dissertasiyasi va J. Eltazarovning “So‘z turkumlari haqida lingvistik nazariyalar” nomli monografiyasida ma’lumotlar batafsil berilgan . Ularda qayd etilishicha, XIX asrning 70-yillaridan boshlab chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirgan va yangi mustamlakani boshqarish uchun yerlik aholining tilini o‘rganishi lozim bo’lgan. Shu maqsadda M.Terentyev, A.V.Starchevskiy, V.Nalivkin, S.A.Lapin, I.A.Belyayev, L.Afanasyev, N.Budzinskiy, N.Ostroumov kabilar sart (o‘zbek) tilini o‘rganishga oid qo‘llanmalar yozishgan. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘zbek olimlari ham grammatikaga oid asarlar yarata boshladilar. Q.Ramazon va X.Qayumiy, X.Qayumiy va S.Dolimov, O.Usmon va B.Azizovlar ham muallifliklarida yaratilgan qo‘llanma va darsliklar shular jumlasidandir. Bu asarlarda olmoshlar haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. F.Kamol tahriri ostida nashr etilgan «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), M. Mirzayev, S. Usmonov, I. Rasulovlarning “O‘zbek tili” (1962), mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I tom” (1966), “O‘zbek tili grammatikasi”ning akademik nashri (1975), “XV-XIX asrlar o‘zbek tili morfologiyasi” (1990)da ham olmoshlar mustaqil so‘z turkumlar sifatida alohida o‘rganilgan. Bu adabiyotlar ro‘yxatini “XII-XIV asrlar turkiy adabiy yodgorliklar tili” (1986), Sh.Shoabdurahmonov va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (1980), M.Asqarova va X.Abdurahmonovlarning “O‘zbek tili grammatikasining praktikumi” (1981), U.Tursunov va boshqalarning ‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (1992), A.Mengliyevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2004), M.Qurbonovaning “Hozirgi zamon o‘zbek tili” (2002), Sh.Rahmatullayevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2006) singari asarlari hisobiga davom ettirish mumkin. Olmoshlar masalasi yoritilgan ilmiy manbalarni 3 guruhga ajratib qarash maqsadga muvofiq: 1. Olmosh tarixiy nuqtai nazardan yoritilgan asarlar. O‘zbek tili tarixiy 5 «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya ` morfologiyasining ismlar silsilasida qaraladigan olmoshlar qadimiy turkumlardan bo‘lib, ularning shakllanishi va taraqqiyoti G‘.Abdurahmonov va Sh.Shukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. II qism. Tarixiy morfologiya. Birinchi bo‘lim” kabi asarlarda, H.Ne’matovning ayrim ishlarida tadqiqot obyekti bo’lgan hamda o‘zining tegishli ilmiy-nazariy bahosini olgan. O‘zbek tilshunosligida olmoshlar tadqiqiga bag‘ishlangan sezilarli ishlardan biri Yusupovning kuzatishlari bo‘lib hisoblanadi. Olimning “Eski o‘zbek adabiy tilida olmoshlar (XV-XVI asrlar)” deb nomlangan monografiyasida Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida, XV-XVI asrlarda yuzaga kelgan yozma yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan olmoshlarning barcha turlari aniqlangan va tavsiflangan. Eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan olmoshlarning asosiy leksikgrammatik hamda semantik farqlari, o‘ziga xos xususiyatlari ishonchli dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Muallif olmoshlar xususidagi u yoki bu fikrni tasdiqlash maqsadida XI-XII asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar hamda hozirgi o‘zbek tili va uning shevalaridan to‘plangan materiallardan qiyosiy foydalangan. Rus va turkiy tilshunosliklar hamda o‘zbek tilshunosligida olmoshlarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator ishlar B.Yusupovning monografiyasida tahlil qilingan va ularning ayrimlariga munosabat bildirilgan. Tadqiqotga berilgan ilovalar ham ilmiy jihatdan ahamiyatlidir. Ilovalardan ma’lum bo‘lishicha, XV-XVI asrlar eski o‘zbek tilida ifodasini

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tili birliklarini (jumladan, barcha so‘z turkumlariga oid lug’aviy birliklarni) fonetik, fonologik, morfologik, leksik, semantik, stilistik, pragmatik jihatdan o‘rganish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tili birliklarini (jumladan, barcha so‘z turkumlariga oid lug’aviy birliklarni) fonetik, fonologik, morfologik, leksik, semantik, stilistik, pragmatik jihatdan o‘rganish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stilistik, leksik, morfologik, S.Ashirboyev., lingvistik tabiat, pragmatic, fonologik, semantik, Fonetik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники