Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOGʼISTON RESPUBLIKASIDA BARQAROR RIVOJLANISHNI EKOLOGIK INDIKATORLARINI GАT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA KARTALASHTIRISH
Yeshimbetova M.O. · Tajibaeva L.R.
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada Qoraqalpog’iston respublikasining barqaror rivojlanish indikatorlarini GAT texnologiyalari yordamida kartalashtirishga bag’ishlangan. Kalit so’zlar: GAT texnologiyalar, Kartalashtirish, Barqaror rivojlanish, tuproqni ifloslanishi, suvni ifloslanishi, monitoring qilish. Barqaror rivojlanishning ekologik indikatorlarini tanlashda tizimlash yoki tizimli yondashuvni qoʼllashimiz lozim. Tizimli yondashuv ilmiy bilish jarayoni gipoteza, kontseptsiya, rejadan boshlanib, nazariy asosini ishlab chiqish yoki aniqlashtirish hamda amaliy tatbiqiga yetib borish metodlarini muayyan ierarxiya (qism-lar zinopoyasida) olib borishni talab etadi. Tegishli tadqiqotlardagi mazkur metodologik talab, masalan, avval Quyi Zarafshon okrug ekotizimlariga oid holatni aniqlash, soʼngra – dalaekspeditsion, kameral-laboratoriya va soʼngra, analitik-tahlil metodlarni qoʼllashga undaydi. Barqaror rivojlanish inson va jamiyat hayotini tashkil qilishning yangi koʼrinishi boʼlib, geografik qobiqda yuzaga kelgan ekologik vaziyat va muammolarni kishilik jamiyatining barcha jihatlari bilan har tomonlama hal etish kerakligining yangi yoʼllarini shakllan-tiradi. Barqaror rivojlanish uchun jamiyat kishilari ongli ravishda ekologik vazifalarni har kuni, har bir bosqichda amalga oshirishni talab qiladi. Barqaror rivojlanish jamiyatning rivojlanishini taqazo etadi, binobarin, unga faqat ekologik vazifa sifatidagina qaralishi mumkin emas. Jamiyatning barqaror rivojlanishi bir necha asosiy oʼlchamlardan foydalanishni taqazo qiladi. Dunyoda barcha mamlakatlar shunaqa modelni qabul qilsa va quyi-dagi printsipga ogʼishmay amal qilsagina, sayyorada barqaror rivojlanish shakllana borishi mumkin: – noosfera printsipining birinchi talabiga asosan yer osti boyliklaridan cheklanmagan miqdorda foydalanishdan voz kechish; – geografik qobiqni barqaror holatga qaytarish; – ishlab chiqarish va isteʼmolning yangi ijtimoiy-iqtisodiy 384 Oktabr, 2024-Yil modeliga oʼtish; – Yer sayyorasi aholisining miqdorini barqarorlashtirish (ik-kitadan ortiq farzandi boʼlmagan oilalar hisobiga); – hozirgacha inson taʼsiriga kam uchragan barcha tabiat qismlari-ga «qoʼriqxona», «milliy bogʼ» maqomlarini berish; – tabiiy boyliklardan tejamkorlik va samaradorlik bilan foydalanish; – har qanday kuch ishlatishdan voz kechish (urushlarga yoʼl qoʼymaslik); – ishlab chiqarishni chiqindisiz texnologiyalarga koʼchirish; – hamma davlatlar va xalqlarning teng huquqliligiga erishish, bir yoki bir guruh davlatlarning butun dunyo ustidan hukmronlik qilish mafkurasidan voz kechish; – jahon xalqlarining oʼziga xos madaniyatlarini asrab qolish va rivojlantirish; ularning dinlarini hurmat qilish. Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tamoyillarni qamrab olgan kompleks muammolarni oʼz ichiga oladi. Boshqacha soʼz bilan aytganda, rivojlanish insoniyat ehtiyojlarini qondirish va hayot darajasini yaxshilash uchun muhimdir. Аtrof-muhitni muhofaza qilishga doir har qanday masala obʼektiv, ishonchli dalillarga asoslangan boʼlib, ortiqcha maʼlumotlarni aks ettirishi kerak emas. Bunday maʼlumot atrof-muhitga taʼsir doirasini oʼrganish, nazorat qilish, qaror qabul qilish va muvofiqlashtirish uchun kerak boʼladi. Аtrof-muhit komponentlarini monitoring qilish jarayoni juda katta maʼlumotlar hajmini shakllantiradi. Shuning uchun ham barqaror rivojlanishning (BR) indikatorlarni aniqlash, oʼr- ganish orqali maʼlumotlarni soddalashtirish jamiyat va shaxslar-ning ushbu masala boʼyicha qaror qabul qilishlari hamda real sharo-itda mavjud atrof-muhitni baholashlariga yordam beradi. Hozirgi paytda BR indikatorlari atrof-muhit obʼektlarini monitoring qilish va pirovardida atrof tabiiy muhitni boshqa-rish borasida muhim qurol hisoblanadi. 385 Oktabr, 2024-Yil 1-Rasm. Qoraqalpog’iston Respublkasida suvlarning ifloslanish darajasi kartasi Bugungi kunda barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish jarayoni yakunlanmagan boʼlsa-da, turli rivojlanish darajalari, yaʼni global, mintaqaviy, milliy, lokal, tarmoq, hatto alohi- da aholi turarjoylari va korxonalar uchun indikatorlar loyihala-ri ishlab chiqilmoqda. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, indikatorlar oʼz xususiyati, maʼlumotlar hajmi, hududiy qamrab olinishiga koʼra turli xil, yaʼni global, mintaqaviy, milliy va lokal darajalarda foydalaniladi. Global, mintaqaviy va milliy darajalarda foydalaniladigan indikatorlar asosan umumlashtiruvchi xususiyatga ega boʼlib, ular alohida davlatlar va mintaqalardagi atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holat haqida maʼlumot berishga xizmat qiladi. 1992-yili Rio-de-Janeyrodagi oliy toifadagi uchrashuvdan keyin barqaror rivojlanish kontseptsiyasi eʼlon qilindi. BMTning Barqaror rivojlanish komissiyasi (BRK) 1993 yili indikatorlarni atrof-muhit holatini muhofaza qilish va istiqbol tendentsiyalari haqida obʼektiv baho berishga qaratilishini taklif qildi. Bu taklifga Osiyo taraqqiyot banki, Butunjahon banki, atrof-muhit boʼyicha BMT komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Аtrof-muhitni muhofa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Qoraqalpog’iston respublikasining barqaror rivojlanish indikatorlarini GAT texnologiyalari yordamida kartalashtirishga bag’ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Qoraqalpog’iston respublikasining barqaror rivojlanish indikatorlarini GAT texnologiyalari yordamida kartalashtirishga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- monitoring qilish, voz kechish, global mintaqaviy, mintaqaviy milliy, qoraqalpog iston, barqaror indikatorlarini, qilish barqaror
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026