Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ КАК ГЛОБАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА ЧЕЛОВЕЧЕСТВА.
Tursunov Burxon Saydaxmatovich · Fayziyeva Gulzoda Ulug‘bekovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article considers the concepts of information psychological security, informatization of society, psychological aspects of information security of youth in education and its scientific justification. Keywords: information impact, method of protection, psychological impact, negative information impact, information security, false information, area of human protection, threat. ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ КАК ГЛОБАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА ЧЕЛОВЕЧЕСТВА. Аннотация. В статье рассмотрены понятия информационной психологической безопасности, информатизации общества, психологические аспекты информационной безопасности молодежи в образовании и ее научное обоснование. Ключевые слова: информационное воздействие, способ защиты, психологическое воздействие, негативное информационное влияние, информационная безопасность, ложная информация, область защиты человека, угроза. So'nggi bir necha o'n yilliklar davomida o'rtacha biz qabul qiladigan har kungi ma'lumotlar miqdori keskin oshdi. Endi mobil telefoni yo‘q yoki televizor, internetsiz yashaydigan odamni tasavvur qilish qiyin. Insoniyat joylashgan axborot muhiti, unga har doim, har bir o'qilgan yangilik yoki tomosha qilgan videolar orqali juda katta ta'sir o‘tkazadi va bu bizning axborotlashgan jamiyatimizning asosiy xavfidir. Endi ma'lumotlarning sifati va uning ishonchliligi shubha ostiga olinmoqda, chunki aslida taqdim etilgan ma'lumotlar shaxsga manipulyatsion ta'sirning kuchli vositasidir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izoxli lug‘atida “Axborot” ga quyidagicha ta’rif berilgan: Axborot: 1.Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. 6 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 2.Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim(ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3.Ma’lum xos matnida aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar). 4.Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar... Axborot nur, tovush va radio to’lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog’ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin”. Shuni qo‘shimcha qilgan xolda aytishimiz mumkinki, barcha axborot oqimlari tabiiy (tabiat tomonidan) va suniy (inson tomonidan) yaratilgan turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, “Ommaviy axborot” tushunchasi xam mavjud. Ommaviy axborot: 1.Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual va boshqa xabar va materiallar. 2.Ommaviy axborot vositalari orqali ommaviy tarqatiladigan bosma, audio, audiovizal va boshqa xabar va materiallar. 3.Bir paytning o’zida maxsus vositalar – mass-media yordamida shaxslar guruhiga axborotni uzatish jarayoni”[1]. Jamiyatning axborotlashuvi - bu ma’lum bir davlat yoki jamiyatda axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida sodir bo’ladigan holat. Axborotlashgan jamiyat – axborot texnologiyalarining rivojlanganlik darajasi nuqtai nazaridan asosiy talablarga javob beruvchi jamiyat. Bunday davlatda asosiy faoliyati axborot bilan ishlashdan iborat shaxslar jamiyat a’zolarining 50 foizidan yuqori bo’lishi hamda gazeta, jurnal, radio, televidenie, kompyuter, Internet va uyali telefonlar bilan ta’minlanganlar soni turli idoralar va aholining asosiy qismini tashkil etishi zarur[2]. Mamlakatlar o'rtasidagi axborot qarama-qarshiligi kurashi sharoitida ko'pincha ma'lumotlar oqimidan muhim va to'g'ri ma'lumotlarni ajratib olish juda qiyin, shuning uchun axborot ta'siridan hech bo'lmaganda ba'zi usullarini bilish kerak bo'ladi[3]. "Maxsus sharoitlarda davlat axborot siyosati" kitobi muallifi Manoylo A. V. psixologik ta'sir turli xil usullar va asosiy vositalar yordamida odamlarning ongi va ong ostiga ta'sir ko'rsatish mumkin, ular quyidagilar yordamida amalga oshirilishi mumkin: birinchidan, psixologik usullarning o'zi (ishontirish, taklif qilish, xabardor qilish, rag'batlantirish, majburlash, jazolash, namuna bo‘lish usuli); ikkinchidan, psixologik ta'sir harbiy vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin; uchinchidan, psixologik ta'sir uchun potentsial dushmanni iqtisodiy jihatdan buzishga qaratilgan savdo va moliyaviy sanktsiyalar tizimidan foydalanish mumkin; to'rtinchidan, psixologik ta'sir faqat siyosiy vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. [4] A.V.Manoyloning fikricha, ma'lumot orqali manipulyatsiya qilish biz batafsil to'xtalib o‘tishimiz zarur bo‘lgan bir qator usullarni o'z ichiga oladi: 1.Axborot qayta yuklanishi(перегрузка). Katta miqdordagi ma'lumotlarning asosiy qismi abstract mulohazalar, keraksiz bo‘lgan tafsilotlar haqida xabar beriladi. 2.Axborotni dozalash. Ma'lumotlarning faqat bir qismi xabar qilinadi, qolganlari puhtalik bilan yashiriladi. Bu haqiqatning ko‘rinishi bu
Доказательный фрагмент
«The article considers the concepts of information psychological security, informatization of society, psychological aspects of information security of youth in education and its scientific justification.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article considers the concepts of information psychological security, informatization of society, psychological aspects of information security of youth in education and its scientific justification. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information impact, method of protection, psychological impact, negative
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025