Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Вклад нематериальной культуры в развитие музыкального искусства
Zilola ZAKIROVA · May -/© in Science LLC. (Termiz State Pedagogical Institute)
Общество и инновации · 5 · 128-133 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируется вклад музыкального национальная культура, искусства в развитие нематериальной культуры. Особое ритуал, внимание уделяется роли этих ценностей в формировании летопись, личности. Рассматривается влияние музыкального музыка, труппа, искусства на культурное наследие различных народов и музыкальный инструмент, наций. стиль, песня, традиция, музыковедение, археология. Har bir xalq va millatning o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari borligi tabiiy. Ushbu qadriyatlar uning o‘zligini namoyon qilishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, istiqlolning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda milliy marosimlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan xalq ijodiyoti durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Buning samarasi o‘laroq, tillardan tillarga ko‘chib kelayotgan laparlar, o‘lanlar va marosim qo‘shiqlarini to‘plash borasida ibratli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat Dasturi” ijrosi bo‘yicha dasturda berilgan 5 ta yo‘nalishda ishlar amalga oshirildi. Birinchisi: o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari (shu jumladan, til-nomoddiy madaniy merosni ifodalash omili sifatida) . Jumladan, Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish, kelajak avlodga yetkazish ishlarini olib borish maqsadida bo‘limga qarashli markaziy madaniyat uyi va klub muassasalarida bir qancha ishlar olib borildi. O‘zlikni namoyon etishning o‘zga xosligi avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meros, xalq ijodiyoti, folklor milliy merosimiz hisoblandi. Xalq ijodiyotini o‘rganish, uni kelgusi avlodga yetkazish, undan yoshlar tarbiyasida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasiga qarashli “Qizg‘aldoq”, “Chaman” bolalar guruhi, “Chaman” ashula va raqs dastasi ijodiy repertuarlari alla, lapar, o‘lan, aytishuv va termalar bilan boyitilib, o‘tkazilayotgan tadbirlarda ijro etib targ‘ib qilib kelindi . 2010-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi Termiz shahrida joylashgan “Alpomish” san’at maktabida nomoddiy madaniy merosimizni kelajak avlodga yetkazish maqsadida “Baxshichilik – bizlarga meros” mavzusida Shodmon baxshi Egamberdiyev bilan badiiy-musiqiy uchrashuv kechasi o‘tkazildi. Tadbirda Shodmon baxshi Egamberdiyev baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha tushunchalar berdi va xalq terma dostonlaridan ijro etdi . Surxondaryo viloyatida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyat Mannon Uyg‘un nomli musiqali drama teatrida va markaziy madaniyat uyida 2010-yil 3-fevral kuni “Milliy qo‘shiqlarimiz – oltin 129 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2024) / ISSN 2181-1415 merosimiz” mavzusida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda madaniyat uyi xodimlari, havaskor yosh ijodkorlardan 22 nafari ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xurramov Jaloliddin 1-o‘rinni, Yusupov Ravshan 2-o‘rinni, Ulashov Sunnat 3-o‘rinlarni egallashdi . 2010-yil 16-17-may kundari Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan O‘zbekiston xalq baxshisi, marhum Qodir baxshi Raximov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasida viloyatdan Shodmon baxshi Xo‘jamqulov ishtirok etdi. Xalq ijodini o‘rganish, havaskorlik san’atini rivojlantirish, Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasida faoliyat olib borayotgan “Chechalar”, “Bilakuzuk” folklor- etnografik jamoalari bilan hamkorlikda qadimiy musiqiy cholg‘ulardan chanqovuz, do‘mbira, g‘ajirnay kabi asboblarni kelib chiqish tarixi to‘g‘risida 10-noyabr kuni “Xazina” deb nomlangan musiqiy kecha o‘tkazildi . 2010-yil 15-noyabr kuni viloyat maktabgacha ta’lim muassasalarida esa “Alpomish avlodlari” deb nomlangan tanlov o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar “Alpomish” dostonidan parchalar namoyish etdiilar. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad xalqimizning bebaho durdona merosi “Alpomish” dostonini targ‘ib qilish, yosh havaskorlar ijodini rag‘batlantirib borishdir . O‘zbek xalqining uzoq o‘tmishga borib taqaladigan milliy urf-odatlari, an’analari bor. Xalq ijodiyoti durdonalari sanalmish o‘lanlar, laparlar va marosim qo‘shiqlarini, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan aytishuvlari, mehnat qo‘shiqlarida xalqimizning o‘tmish kechinmalari, orzu-intilishlari aks ettirildi. Yosh avlodni chinakkam vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida xalq qo‘shiqchiligining ahamiyati ulkandir. To‘y-marosimlarida ommaviy tarzda ijro etiladigan yor-yorlar, onalarning mehri, qalb so‘zi bilan sug‘orilgan allalardagi ohang va nolalar farzandlarimizni mardlikka, jasurlikka, donolikka undaydi. “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz yoshlarini xalqimiz urf- odatlari, an’analari asosida tarbiyalash maqsadida bir qancha tad
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируется вклад музыкального национальная культура, искусства в развитие нематериальной культуры.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируется вклад музыкального национальная культура, искусства в развитие нематериальной культуры. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), yilnoma, tradition, truppa, song, chronicle, музыкальный инструмент, ritual, style, music, troupe, archeology, ритуал, музыка, традиция, летопись, cholg‘u asbobi, песня, qo‘shiq, arxeologiya, milliy madaniyat, an’ana, marosim, musiqa, национальная культура, musiqashunoslik, national culture, стиль, музыковедение, uslub, труппа, археология, musicology, customs and traditions, musical instrument
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945