К содержанию
РецензированоRU2024

Героизм как высшее проявление морального фактора

Makhliyo NOMURATOVA · New Uzbekistan (Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan) · New Uzbekistan (Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan) · Brave Forces (Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan) · Najmiddin Kubro (Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan) · Amir Temur (Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan)

Общество и инновации · 5 · 51-55 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируется героический феномен как Новый Узбекистан, высшее проявление морального фактора в повседневной Вооруженные Силы, деятельности и боевых действиях. моральный фактор, героизм, Наджмиддин Кубро, Амир Темур, военный героизм, мужество. Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish, xalq farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, barkamol shaxsni tarbiyalash masalalariga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har birimizning faol ishtirokimiz, chuqur mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash bugun davr talabiga aylandi” [1]. Ayni paytda, xalqimizning tinch va osuda hayot kechirishini ta’minlash, davlatimizning hududiy yaxlitligini va chegaralarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilish maqsadida harbiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Mudofaa tizimida nafaqat tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, milliy armiyamizni jangovar qudratini oshirish masalalari, balki ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilib, haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” sifatida targ‘ibot darslari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” [2]. Ma’lumki, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va jangovarlik qobiliyati – bir-biri bilan o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy omillar orqali namoyon bo‘ladi. Moddiy tomon qanchalik ahamiyatli bo‘lmasin, asosiy e’tibor inson omiliga, shaxsiy tarkibning harbiy-kasbiy, ma’naviy-axloqiy sifatlariga qaratiladi. Zero, axloqiy omil davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlab beruvchi, zamonaviy jangovar harakatlarda g‘alabaga yetaklovchi, asosiy hal qiluvchi manbalardan biri bo‘lib, u harbiy xizmatchining, harbiy bo‘linmaning muayyan vazifani bajarish jarayonida axloqiy kuch-qudratini ifodalovchi me’yoridir. Mazkur tushuncha kundalik hayotda inson xulq-atvori va faoliyatiga nisbatan tavsif berishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Qahramonlik tarixiy hodisa sifatida kishilar ijtimoiy faolligining yuqori shaklini ifodalaydi. Qahramonlik – insonning muayyan vaziyatda ongli va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Qahramon u yoki bu vaziyatda o‘zining ichki ishonchiga asoslanib, qo‘rqmay o‘lim xavfiga qarshi boruvchi va ixtiyoriy ravishda o‘z hayotini qurbon qiluvchi shaxs. Ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida unga mos keladigan o‘z qahramonlari bo‘ladi. Ta’kidlash kerak, muqaddas zaminimizda ulg‘ayib, voyaga yetgan buyuk ajdodlarimiz Vatan erki va ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan mislsiz qahramonliklari bilan insoniyatni hanuz lol qoldirib kelmoqdalar. Ona Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi nomlari mangulikka daxldor shaxslarni 52 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 2 (2024) / ISSN 2181-1415 ko‘ramiz. Jumladan, buyuk ajdodimiz Najmiddin Kubroning jasorati tillardan-tillarga o‘tib keladi. U Xorazmga mo‘g‘ullar bostirib kelayotganidan xabar topib, birinchilardan bo‘lib Vatan himoyasiga otlanadi. Najmiddin Kubroning xalq orasidagi dovrug‘-shuhratini eshitib, Chingizxon u kishiga chopar yuborib, “Men Xorazmni qatliom qilmoqchiman, shuning uchun sizdek ulug‘ shaxs u yerdan ketib, bizga qo‘shilishingizni so‘rayman”, degan. O‘z jonini saqlab qolish yo‘lida Vatanini yovga topshirishni or deb bilgan shayx bosqinchilarga qarshi: “Yo Vatan, yo sharafli o‘lim” deya jangga kiradi va mardlarcha tug‘ ko‘tarib borayotgan holatda halok bo‘ladi [3]. Najmiddin Kubroning ona-Vataniga sadoqati asrlar osha ma’naviy jasoratning buyuk cho‘qqisiga, mardlik va matonatning oliy namunasiga aylandi. Qahramonlik mohiyati jihatidan shaxs erkinligining yuksak ko‘rinishini ifodalaydi. U inson ongining o‘ziga xos komponenti sifatida kundalik amaliy faoliyatda va jangovar harakatlarda axloqiy omil doirasida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Qahramonlik hodisasi jangovar shon-shavkat deb aytish mumkin bo‘lgan juda ko‘p qirralarga ega: shijoatkorlik, mardlik, botirlik, fidoyilik, vatanparvarlik, dovyuraklik, jasorat, matonat kabilar. Mazkur jihatlar inson faoliyatining muayyan tabiatidan kelib chiqqan holda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, qahramonlik eng fojiali vaziyatda ham insonning o‘ziga va kelajakka bo‘lgan ishonchini saqlab qolishiga imkon beradi. U qo‘shinlar axloqiy barqarorligini ta’minlab, hatto dushmanga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular ongida g‘alabaga bo‘lgan ishonch hissini so‘ndiradi. Ana shunday xislatlarni o‘zida mujassam etgan buyuk sarkarda Amir Temur Toshkent uchun bo‘lgan jangda cha

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируется героический феномен как Новый Узбекистан, высшее проявление морального фактора в повседневной Вооруженные Силы, деятельности и боевых действиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируется героический феномен как Новый Узбекистан, высшее проявление морального фактора в повседневной Вооруженные Силы, деятельности и боевых действиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
New Uzbekistan, qahramonlik, Brave Forces, Yangi O‘zbekiston, axloqiy omil, military heroism, Qurolli Kuchlar, Najmiddin Kubro, Вооруженные Силы, awards, Наджмиддин Кубро, ethical dimension, военный героизм, Амир Темур, Amir Temur, harbiy qahramonlik, shijoat, мужество, моральный фактор, heroism, героизм, Новый Узбекистан
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники