К содержанию
РецензированоRU2024

Из истории судебной системы Узбекистана

Omadjon KODIRJONOV · Khusanboy MUMINOV · Union Republic. (Andijan State University)

Общество и инновации · 5 · 110-113 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: С момента обретения независимости Республики суд, Узбекистан судебная власть выделилась в отдельный, репрессии, независимый орган власти. Это позволило создать орган, партия, который подчиняется исключительно закону и секретарь, прокурор, обеспечивает защиту интересов граждан. Союзная республика. 1 Student, History faculty, Andijan State University. 2 Scientific supervisor: Associate Professor, Department of History of Uzbekistan, Andijan State University. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2024) / ISSN 2181-1415 Mustaqillik sharofati bilan dunyodagi yetakchi demokratik davlatlarning eng ilg‘or tajriba va yutuqlarini o‘zida mujassam etgan hamda O‘zbekiston xalqi manfaatlariga xizmat qiluvchi milliy boshqaruv tizimi joriy etildi. Demokratik tamoyillar asosida respublikamizda davlat boshqaruv tizimi qaytadan yaratilishi bilan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati qaror topdi. Bunda sud hokimiyati boshqa ikki hokimiyatdan farqli o‘laroq siyosiy partiya va tashkilotlardan mustaqil qilib shakllantirildi. Sobiq Sovet davrida esa sudlarning to‘la mustaqil organga aylanishiga va siyosiy kuchlarning sud organidan siyosiy raqiblardan qutulish quroliga aylanishi oldi olinmaganligi sababli ko‘plab qatag‘onlar amalga oshirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasida esa o‘tmishning bunday “tajriba”ga barham berilib, fuqarolarning siyosiy qarashlari erkinligi to‘la ta’minlandi. TADQIQOT METODLARI Ushbu maqola tarixiy tadqiqotlarning ilmiy obyektivlik, mantiqiy izchillik, qiyosiy tahlil, xronologik izchillik kabi usullari asosida yozildi. NATIJALAR Sud xalqaro miqyosda tan olinuvchi alohida hokimiyat organi hisoblanadi. Shu o‘rinda sud terminiga to‘xtaladigan bo‘lsak, jahon miqyosida unga turlicha izohlar beriladi. Xususan, “Encyclopædia Britannica” ingliz universal ensiklopediyasiga ko‘ra, sud terminiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Sud – bu sud, fuqarolik, jinoiy, diniy yoki harbiy ishlar bo‘yicha nizolarni ko‘rish va hal qilish uchun sud vakolatiga ega bo‘lgan shaxs yoki shaxslar organi” [1]. “Oxsford Languages” lug’atida esa quyidagicha ta’rif beradi: “fuqarolik va jinoiy holatlar bo‘yicha sud vazifasini bajaruvchi sudya raisligidagi guruh, sudya yoki hakam” [2]. “Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarning izohli lug‘ati”da esa sudga quyidagi ta’riflar beriladi. 1. “Jinoiy ishlarni yoki fuqarolarning da’volari ko‘rib chiqib qonun asosida tegishli hukm chiqaruvchi amaldagi qonunchilik organi va u joylashgan bino”; 2. “Fuqarolik yoki jinoiy ishning shunday organ majlisida ko‘rilishi” [3]. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir davlatning o‘z sud hokimiyati mavjud bo‘lib, ularning vazifasi ushbu davlatlar qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va boshqa turdagi ishlarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. Sud bu alohida hokimiyat bo‘lgani, odil sudlovni amalga oshirishi uchun turli partiya va guruhlardan holi va mustaqil bo‘lishi kerak. Sud hokimiyati o‘zining uzoq tarixiy rivoji davomida turli muammolarga duch kelgan bo‘lib, bular orasida eng katta muammo bu sud ishiga turli siyosiy guruhlarning tasir o‘tkazishi edi. Bu ayniqsa sobiq SSSR tashkil topgach unda yakka partiyaning hukmronligi o‘rnatilgandan so‘ng suddan partiyaning siyosiy raqiblaridan qutulish quroliga aylantirgani yaqqol misol bo‘la oladi. Sovet hukumati sud organini o‘zining terror quroliga aylantirish uchun barcha amaldorlarning yagona partiya a’zosi bo‘lishlarini kerakligi to‘g‘risidagi talabni kiritdi, bu esa sudya, prokuror, advokat singari sud ishini amalga oshiruvchi ishchilarning partiya mafkurasi bilan bog‘lanishiga va partiya buyrug‘ini amalga oshiruvchi tashkilotga aylanishiga olib keldi [4]. Sovet hokimiyatining butun faoliyati davomida sud hukumati “qatag‘onlar”ni amalga oshiruvchi mashinaga aylandi. Partiyaning g‘oyalariga qarshi chiqqan rahbarlar esa turli soxta ayblovlar bilan prokuror tergovi asosida sud qarorisiz ham javobgarlikka tortildi. Sovetlar tomonidan amalga oshirilgan so‘ngi qatag‘onlardan bir bo‘lgan “paxta ishi” ham partiya hokimiyatini mustahkamlash uchun amalga oshirildi. Bunda ularga sud huquq tizimi xodimlarining kommunistik partiya a’zolari ekanligi qo‘l keldi. 111 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2024) / ISSN 2181-1415 Ma’lumki, sobiq SSSRda barcha rahbar lavozimidagi shaxslar partiya a’zolari orasidan olingan. Jumladan, sudyalar, prokurorlar va boshqa sud hokimiyati organlari ham partiya a’zosi bo‘lgan. Biroq shunday bo‘lsa-da, aksar “Ittifoqdosh Respublikalar”dagi ushbu organ vakillarining qarashlari doim ham “markaz”dagilarning g‘oyalariga mos emas edi. Bu esa ba’zida ittifoqdosh davlatlardagi sud va prokuratura organlari orasida ham tozalovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan. Natijasida ko‘plab mahalliy xodimlar o‘rniga “tajribali sovet xodimlari” yevropalik millat vakillari yoki arman xodimlari qo‘yildi. Ular odatda mahalliy aholi so‘zlashuvchi tillarni bilmas edi. Sud ish

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: С момента обретения независимости Республики суд, Узбекистан судебная власть выделилась в отдельный, репрессии, независимый орган власти.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: С момента обретения независимости Республики суд, Узбекистан судебная власть выделилась в отдельный, репрессии, независимый орган власти. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
court, repression, secretary, Союзная республика, qatag‘on, Union Republic, party, prosecutor, prokuror, : sud, partiya, партия, секретарь, kotib, суд, прокурор, Ittifoqdosh respublika, репрессии
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники