Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AVTOMOBILGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK-TEMATIK GRUHLARI (ingliz va o‘zbek tillari misolida)
Mastona Yuldasheva
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Today, linguists, in the process of in-depth study of field terms, divide them into thematic groups in order to determine their place in dictionaries and their semantic richness. In this article, autolexical words are divided into lexical-thematic groups and examples are given. Key words: frame, phraseological units, parameological units, lexical-semantic, function, structure. ЛЕКСИКО-ТЕМАТИЧЕСКИЕ ГРУППЫ СЛОВ, СВЯЗАННЫХ С АВТОМОБИЛЕМ (на примере английского и узбекского языков). Аннотация. Сегодня лингвисты в процессе углубленного изучения отраслевых терминов делят их на тематические группы с целью определения их места в словарях и их смыслового богатства. В данной статье автолексические слова разделены на лексико- тематические группы и приведены примеры. Ключевые слова: фрейм, фразеологизмы, парамеологические единицы, лексико- семантика, функция, структура. Globallashuv jarayoni va natijada bilim va inson faoliyatining turli sohalarining jadal rivojlanishi tilning terminologik tizimlarining leksik tarkibining kengayishini belgilab bermoqda. Tilning terminologik tizimlari ilmiy kommunikatsiyaning maxsus sohasida lingvistik va nolingvistik mexanizmlar ta'sirida lingvistik ifoda vositalarining ishlashini namoyon qiladi. Maxsus yoki ilmiy bilimlar mazmunli, ongli, tizimlashtirilgan bilim bo‘lib, ularning ko‘p qismi ma’lum bir guruh odamlariga – olimlar va mutaxassislarga ma’lum va tushunarli bo‘ladi. 72 31-oktabr, 2024-Yil Professional kommunikatsiyaga maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan til (Language for Special Purposes – LSP) xizmat ko‘rsatadi, uning dolzarbligi (relevantligi) tegishli bilim sohasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda taraqqiyot va texnologiya ta'sirida ingliz tilining "Transport" terminologiya tizimining konseptual apparati shakllantirilmoqda. Mutaxassislarning kasbiy muloqot tili, ma'lum bir kasbiy soha ehtiyojlariga xizmat qiladi, sanoatda takomillashtirilgan ish usullarini aks ettiradi, shuning uchun u haqiqat va dunyoni tushunish jarayoni natijasi sifatida bilimlarni aks ettiradi. Terminologik tizim terminologik tizimning majburiy muhim tarkibiy qismlari bo‘lgan asosiy tushunchalar (har bir fanning konseptual sohasining "yadrosi")ni o‘z ichiga oladi . Leksik ma'noni ko‘rib chiqishning eng maqbul usullaridan biri leksik birlikning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarini bir vaqtning o‘zida aniqlashga imkon beruvchi hamda kognitiv semantikaning o‘zak (markaziy) usuli sifatida freym yondashuvi olinadi, uning tadqiqot obyekti g‘oyaviy (mental) makonlar tuzilmasiga kiruvchi tilning semantik maydoni, mazkur fenomenlarning o‘zaro ta’siridir. “Transport” leksik-semantik sohasini o‘rganish quyidagi freymlarni aniqlash imkonini berdi: “Suv transporti”, “Yer usti transporti”, “Havo transporti”. “Suv osti transporti” freymi, o‘z navbatida, leksik-semantik guruhlarga yoki kichik freymlarga: “Avtomobil transporti”, “Temir yo‘l transporti” va boshqalarga bo‘linishi mumkin. Transport lug‘atini keyingi strukturalashni amalga oshirib, “Avtomobil transporti” leksik-semantik kichik guruhlarga: “Avtomobil”, “Yoʻl” va boshqalar guruhiga ajratish mumkin. Maydon tuzilishida markaziy (yadro) va periferik hududlarni ajratish mumkin. Markaziy elementlar ushbu sohani belgilaydigan xususiyatlarning to‘liq to‘plamiga ega. Ular maydon funksiyalarini bajarish uchun nisbatan ixtisoslashgan bo‘ladi, nisbatan tez-tez uchraydi va monomorfemik bo‘ladi, jumladan: car (automobile), road, driver, passenger, train, rail, ship, boat, plane (airplane) pilot va boshqalar Til tizimining tashkil etilishi turli freymlarni bir-birining ustiga qo‘yish imkonini beradi, natijada o‘tish zonalari hosil bo‘ladi. Masalan, norasmiy lug‘at o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosida boshqa leksik-semantik sohalarga ishora qiladi, jumladan, avtomobil faralari ( eyeballs) ko‘zlarga o‘xshash, OD radiosi (ears) esa quloq bilan qiyoslanadi va shu bilan birga ear/ quloq va eyeball/ko‘z soqqasi leksemalari "Inson tanasi" freymi tarkibiga kiritilgan va h.k. "Transport" leksik-semantik sohasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning freym tarkibi yaterlicha hajmli va tashkiliy jihatdan murakkab bo‘lib, har bir blok o‘z tuzilmasi bilan o‘z tizimini ifodalaydi. 73 31-oktabr, 2024-Yil Lingvistik nuqtai nazardan qaralganda, texnika sohasidagi jami terminlar tilning terminologik sistemalardan birini tashkil etadi, o‘z navbatida, bu sistema muayyan gruxlardan, ya’ni tematik qismlardan iborat.Terminologik sistemani tematik gruxlarga ajratib o‘rganish juda zarur boisi,shu sohadagi sistemani umumtermin boyligi haqidagi tassavurga ega bo‘lamiz, ikkinchidan bu tizimda so‘z yasash imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz va tizimning har qaysi tematik gruppasidagi o‘ziga xos so‘z yasash modeli qanday ekanligini bilib olamiz. D.S.Lotte texnik terminologik sistemada qanday leksik birliklar termin bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida fikr yuritib shunday deydi: “…texnikida quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi:
Доказательный фрагмент
«Today, linguists, in the process of in-depth study of field terms, divide them into thematic groups in order to determine their place in dictionaries and their semantic richness.»
Образец извлечения
Демо-превьюToday, linguists, in the process of in-depth study of field terms, divide them into thematic groups in order to determine their place in dictionaries and their semantic richness. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frame, phraseological units, parameological units, lexical-semantic, function, funksiya, leksik-semantik, frazeologik birliklar, struktur., paremeologik birliklar, freym
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026