К содержанию
РецензированоRU2024

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINING SHAKLLANISHIDA MASALALARNING OʻRNI

SHAKLLANISHIDA MASALALARNING OʻRNI · Sidiqova Dilora Shavkatovna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article provides information about the role of problems in the formation of logical thinking of elementary school students. Key words: logical thinking, assessment program, ability, logical problem, mental maturity, assessment of knowledge. РОЛЬ ЗАДАЧ В ФОРМИРОВАНИИ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье представлена информация о роли задач в формировании логического мышления учащихся младших классов. Ключевые слова: логическое мышление, программа оценки, способности, логическая задача, умственная зрелость, оценка знаний. Hozirgi kunda ta’lim tizimida katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Oʻquvchilarning olgan bilimlarini baholash maqsadida turli xalqaro baholash dasturlari ishlab chiqildi. Yuqori sinf va 4- sinflar uchun matematika fani boʻyicha xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturlari PISA va TIMSS shular jumlasidandir. Bu dasturlar ma’lum yoshdagi oʻquvchilarga mos qilib yaratilgan. PISA (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dasturdir. PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik 60 31-oktabr, 2024-Yil moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. TIMSS (inglizcha: Trends in International Mathematics and Science Study) 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturidir. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan ta'lim mazmuni, oʻquv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi. Mantiqiy tafakkurning shakllanishida matematika soʻzsiz birinchi darajali ahamiyatga egadir, chunki u soxta da’volar bilan uzviy kelisha olmaydi, u soʻzlab fikrlashni haqiqatga oʻxshatib koʻrsatishdan koʻra rad qilishni afzal koʻradigan noyob fanlardan biridir ana shuning uchun ham matematika oʻqituvchisining jamiyat oldida mas’uliyati juda kattadir. Axir tafakkur stili koʻp jihatdan oʻqitish stiliga bog‘liqdir. Masalalar yechish matematika oʻqitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani oʻzlashtirishni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Matematikada masalalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yoʻlidir. Masalalar yechishning sinflarda oʻrganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni oʻzlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: “Natural sonlar arifmetikasi va nolni oʻrganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan soʻz har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qoʻllanishi keladigan u yoki bu masalani yechish bilan bogʻlanadi”. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematika darslarida mantiqiy masalalarni yechishni oʻrgatishdan oldin, avvalambor, ularga mantiq tushunchasi haqida yetarlicha ma’lumot berish kerak. Mantiq tushunchasi haqida oʻquvchilarda fikr paydo boʻlgandan keyin, ular mantiqiy masalalarning yechilish jarayoniga e’tibor bilan qaraydigan, masala shartiga chuqurroq yondashadigan va sonli faktlarning joylashish oʻrniga diqqatli boʻlishadi. Mantiqiy masalalarni dars davomida ishlab borish natijasida oʻquvchilarda mantiqiy masalalarni yechish boʻyicha koʻnikma hosil boʻladi. Mantiqiy masalalrni ishlashni boshlashganda oʻqituvchi yordami bilan bajarishgan boʻlishsa, keyinchalik oʻqituvchining koʻmagisiz mustaqil bajara oladigan boʻlishadi. Bu kabi mantiqiy masalalarni ishlagan oʻquvchining fikrlash qobiliyatining rivojlanishi yuqori boʻladi. Mantiqiy masalalarni qiynalmay bajara oladigan oʻquvchilar nafaqat matematika 61 31-oktabr, 2024-Yil darsida balki, ona tili, oʻqish savodxonligi, texnologiya, tabiiy fan va tarbiya fanlaridan ham soʻz boyligining koʻpligi va fikrlash qobiliyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida bilim salohiyatining yuqori boʻlishi, oʻquvchilarning bilim darajasi teng boʻlishi, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining pedagogik mahoratiga bogʻliq boʻladi. Hozirgi paytda bolalar maktabdan tashqarida, radio, televideniya, kino, oiladagi subhat va kitoblar orqali nihoyatda koʻp yangiliklardan xabardor boʻladilar. Shuning uchun oʻqituvchilar, hatto, kic

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the role of problems in the formation of logical thinking of elementary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the role of problems in the formation of logical thinking of elementary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
logical thinking, assessment program, ability, logical problem, mental, aqliy kamolot, bilimlarini baholash., mantiqiy tafakkur, baholash dasturi, mantiqiy masala, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники