Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Обыск на предварительном следствии: концепция, основы и задачи
Saidmukhammad IBODULLAYEV
Общество и инновации · 4 · 62-67 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, ссылаясь на статьи 157 и 158 Уголовного преступление, кодекса Республики Узбекистан, обсуждается процесс уголовный процесс, изъятия вещей и документов важных для дела через обыск. расследование, Утверждается, что следователь должен иметь достаточные следователь, уголовное расследование, основания для проведения обыска. Однако, поскольку обыск, обыск и изъятие являются мерами, ограничивающими выемка. конституционные права и свободы человека, подчеркивается, что сотрудники правоохранительных органов, особенно уголовного розыска, должны строго следовать законодательным требованиям. Ko‘plab mualliflar tomonidan berilgan tintuvning tergov harakati sifatidagi ta’riflari umumiy mohiyatga ega bo‘lsa-da, ularda farqli jihatlarni kuzatish mumkin. 1961-yilda A.R. Ratinov tomonidan berilgan ta’rif umume’tirof etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tintuv mohiyati bu yashiringan shaxslarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli narsalarni topish va olib qo‘yish maqsadida turar-joylar, binolar, yer maydonlari va alohida shaxslarni majburiy kuzatishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir [1]. R.S. Belkin esa tintuv tushunchasiga boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko‘ra, tintuv ish bo‘yicha haqiqatni o‘rnatish uchun ahamiyatli bo‘lgan ob’yektlarni, jinoyat qurollarini, jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklarni, shuningdek, ish uchun ahamiyatli boshqa narsa va hujjatlarni topishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir. U yashiringan shaxslar va murdalarni topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin. Ayrim manbalarda yuqorida keltirilgan ikki ta’rifning uyg‘unlashgan mazmundagi izohlarini ham kuzatishimiz mumkin. Misol uchun V.A. Obrazsov va I.F. Panteleyevlar “Tintuv – jinoyat qurollari, jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklar, shuningdek, tergov qilinayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa narsa va hujjatlarni topish va olish maqsadida turar joylarni, binolar va boshqa ob’yektlarni, shuningdek alohida fuqarolarni majburiy tekshirishda ifodalanadigan tergov harakatidir”, degan ta’rifni berganlar. Shaxsni tintuv qilishda uning buyumlari (sumka, jomadonlari) va kiyimlari ham nazarda tutilganligi bois, yuqorida keltirilgan tintuv qilinadigan ob’yektlar doirasini kengaytirilgan hollarini kuzatish mumkin. Bu holat A.A. Zakatov va S.G. Lyubimchev tomonidan berilgan quyidagi ta’rifda o‘z ifodasini topgan: “Tintuv – ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, shuningdek yashiringan shaxslar va murdalarni topish va olish maqsadida turar joylarni, yer maydonlari, transport vositalarini, fuqarolar yoki ularning kiyimlarini majburiy tartibda tekshirishdan iborat bo‘ladigan tergov harakatidir”. Bir qarashda yuqorida keltirilgan ta’riflar tintuv tergov harakatining asosiy belgilarini yoritib berganga o‘xshasa-da, qidiriladigan ob’yektlarning doirasini yetarlicha ko‘rsatib bermagan. Tergov amaliyotida ko‘p hollarda tintuv tergov harakati narkotik moddalarni topish maqsadida ham o‘tkaziladi. Bunday moddalarni topish va olib qo‘yish ushlash vaqtida shaxsiy tintuv, turar – joy va hududlarda tintuv o‘tkazish bilan amalga oshirilishi mumkin. 63 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2023) / ISSN 2181-1415 Yuqorida aytib o‘tilgan ta’riflar, shuningdek narkotik moddalarni topish jihatlaridan kelib chiqib tintuvga quyidagicha mualliflik ta’rifini berish mumkin. Tintuv – mazmuni daliliy va yo‘naltiruvchi ma’lumotlar manbalarini (jinoyat qurollari, jinoyat puli bilan topilgan yoki ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar, qimmatli va boshqa ashyolarni), shuningdek qidirilayotgan shaxslar va murdalarni yoki ularning qayerda qoplashganligi haqidagi ma’lumotlarni topish va olish maqsadida turar-joylar, yer maydonlari, muayyan shaxslar va ularning narsa va buyumlarini majburiy tekshirishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir. Tintuv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin o‘tkaziladigan tergov harakati hisoblanadi. O‘zR JPKning 329-moddasida “Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol yoki uch sutkadan kechiktirmasdan, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoki surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda, o‘n sutkadan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu muddatlar jinoyatga oid xabar olingan paytdan boshlab to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgunga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatilgan muddatlar ichida qo‘shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish mumkin. Ish qo‘zg‘atilgunga qadar boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi”, deyilgan. Shunga ko‘ra, tintuv tergov harakati faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. O‘zR JPKning 162-moddasiga ko‘ra, kechiktirib bo‘lmaydigan ya’ni shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tk
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, ссылаясь на статьи 157 и 158 Уголовного преступление, кодекса Республики Узбекистан, обсуждается процесс уголовный процесс, изъятия вещей и документов важных для дела через обыск.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, ссылаясь на статьи 157 и 158 Уголовного преступление, кодекса Республики Узбекистан, обсуждается процесс уголовный процесс, изъятия вещей и документов важных для дела через обыск. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crime, legal requirements, socio-economic, nazariya, xususiyat, education, общество, jamiyat, qobiliyat, jarayon, теория, процесс, воспитание, ijtimoiy-iqtisodiy, образование, ability, сущность, mohiyat, theory, characteristic, process, tarbiya, upbringing, essence, society, ta’lim, способность, социально-экономическое, характеристика
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026