К содержанию
РецензированоUZ2024

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT

Vapayeva Fazilat Qurbonboyevna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

In this thesis, the socio-economic and political life of the Bukhara Emirate at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century is highlighted. Also, the land area and administrative-territorial division of the Bukhara Emirate was specifically discussed. Conclusions and suggestions are given at the end of the thesis. Key words: socio-economic life in Bukhara Emirate, administrative-territorial division, administrative unity. СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ И ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ В КОНЦЕ XIX - НАЧАЛЕ XX ВЕКА Аннотация. В данной диссертации освещена социально-экономическая и политическая жизнь Бухарского эмирата в конце XIX и начале XX века. Также конкретно обсуждались земельная площадь и административно-территориальное деление Бухарского эмирата. Выводы и предложения даются в конце диссертации. Ключевые слова: социально-экономическая жизнь Бухарского эмирата, административно-территориальное деление, административная единица. 19-asrning 2-yarmida Buxoro amirligining hududi 200 ming kvadrat km bo‘lib, aholimi tahminan 3 million kishiga yaqin edi. Asosan o‘zbeklar yashaydigan Zarafshon, Qashqadaryoning unumdor vodiylari, tojiklar yashaydigan tog‘li Ko‘lob, Darvoz, Qorategin va Baljuvon viloyatlari, shuningdek Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Chorjo‘y, Qarshi va Karki rayonlaridagi turkman 284 30-Sentabr, 2024-Yil yerlari amirlik tasarrufiga kirar edi. Ma’muriy-hududiy jihatdan Buxoro amirligi 28 viloyat yoki beklikka bo‘lingan edi. Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va uning atrofidagi tumanlar alohida ma’muriy birlik bo‘lib u qushbegi tomonidan boshqarilgan. Amirlik aholisining yarmidan ko‘pini o‘zbeklar tashkil etgan, ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida yashaganlar. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Amirlikdagi aholining 30 foizdan ko‘prog‘ini tojiklar tashkil etib, ular Sharqiy Buxoroda, Ko‘lob, Qorategin, Darvoz, Qo‘rg‘ontepa, Baljuvon, Ro‘shon, Shug‘non va Vaxonda yashardilar. O‘zbeklar singari tojiklar ham dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Davlatdagi aholining 10 foizga yaqinini tashkil qilgan turkmanlar Amudaryoning o‘ng tomonida Chorjo‘y, Qarshi va Karki rayonlarida yashardilar. Turkmanlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan. Buxoro qo‘shinlari Zirabuloqda chor qo‘shinlaridan yengilganidan keyin 1868 yil 2 iyunda amir Muzaffar bilan Kaufman o‘rtasida sulh tuziladi. Bu sulhga binoan amirlik ustidan chor Rossiyasi protektorati o‘rnatiladi. Buning natijasida Buxoroning mustaqilligi tugadi, u chorizmning mustamlakasiga aylanib qoldi. Protektorat o‘rnatilganidan keyin o‘tgan dastlabki yilalrda Buxoroning ichki hayoti eski izdan bordi. Ammo 19-asrning 80-yillari oxiridan boshlab bu davlatga rus kapitali kirib kelishi bilan unda kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. 1885 yilda Zakaspiy temir yo‘li Ashxabodga yetkazildi. Chorjo‘y va Buxoro orqali Samarqandgacha qurilgan temir yo‘l uning davomi bo‘ldi, bu yo‘l 1888 yilda qurib bitkazildi. Temiryo‘llar amirlik hududidan o‘tgani uchun hakm Turkiston general-gubernatorligi amirlikning ichki ishlariga tobora ko‘proq aralasha boshlaydi. Amirlik siyosiy va iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi. Shu bilan birga amirlik hududlarida ham rus posyolkalari vujudga kela boshladi. Dastlabki rus posyolkalarining o‘rnida Yangi Buxoro, Chorjo‘y, Termiz va Karki singai kichik shaharlar vujudga keldi. Bu shaharlarga yoki shaharlarga yaqin yerlarga Turkiston gubernatorligining harbiy qo‘shinlari keltirilib joylashtiriladi. Buxoro chor Rossiyasining iqtisodiy hayotiga tortilagnligi bois, 1895 yilda amirlik rus bojxona doirasiga qo‘shildi. Buxoroga karvon yo‘llari orqali Afg‘onistondan va qisman Hindiston, Erondan tovarlar kelib turar edi. Rossiyaga yuborilgan Buxoro tovarlari va bu yerga keltiriladigan rus tovarlari rus bojxonalarida tekshirilar edi. 1892 yili Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi o‘rtasida imzolangan bitim amirlikni mustaqil savdo siyosati yuritishdan mahrum qilib qo‘ydi va haqiqatda amirlik Rossiyaning ichki bozoriga aylanib qoldi. Amirlikka Rossiyadan keltirilayotgan tovarlardan va Rossiyaga olib ketilayotgan tovarlardan asosan rus savdogarlari, qisman buxorolik 285 30-Sentabr, 2024-Yil katta savdogarlar katta daromad ko‘rardilar. Amirlikka rus kapitalining kirib kelishi esa amirlik tangalari qiymatining tushib ketishiga sabab bo‘lardi. Bundan esa oddiy hunarmandlar va dehqonlar katta zarar ko‘rardilar. Umumiy holda amirlik tangasi rus pulining 15 tiyiniga teng bo‘lib qolgan edi. XX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari yanada kuchaydi. Buxordan Rossiyaga asosan paxta olib borilar edi. XX asr boshlvarida Buxorodan 1200 ming pud paxta eksport qilindi. 1-Jahon urushi arafasida Rossiyaga paxta chiqarish Buxoro amirligi eksportining 40 foizini tashkil qildi. Rossiyaning Buxoro bilan olib borgan savdo ishlari 10 ta vositachi kontora va 50 savdo korxonalari qo‘lida to‘plangan edi. Bu kontoralar Rossiya savdo sanoat

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the socio-economic and political life of the Bukhara Emirate at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century is highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the socio-economic and political life of the Bukhara Emirate at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century is highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
socio-economic life in Bukhara Emirate, administrative-territorial division
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники