Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Проблема цивилизационной угрозы в контексте информационных потоков
Kudrat YULDASHEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Uzbekistan State University of World Languages)
Общество и инновации · 4 · 474-478 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлен научный анализ информационный поток, возникновения различных угроз и рисков в эпоху информированный информации и глобальных тенденций. Принятие 1 Independent researcher, Uzbekistan State University of World Languages Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 период, социальных, политических и информационных мер против угрозы, нетрадиционных угроз трактуется как одно из основных Узбекистан, направлений государственной политики. На основе политико-правовые проанализированных теоретических и практических основы, общество. источников сделаны научно обоснованные выводы. Dunyo miqyosida axborot almashinuvini tartibga solish masalasi anchadan beri dolzarb bо‘lib kelmoqda. Mamlakatlar mafkuraviy jihatdan ikki tarafga bо‘lingan paytdan boshlab axborot texnologiyalari va ma’lumotlar yetkazish usullari jiddiy rivojlana boshladi. Hokimiyatlari milliy iqtisodiyotini tо‘g‘ri boshqargan davlatlar – AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari katta yutuqlarga erishdilar va hozirgi bosqichda asosli ravishda rivojlangan mamlakatlar deb nom oldilar. “Sovuq urush” axborotni ommaviy hajmda va katta tezlik bilan uch yо‘nalish bо‘yicha: о‘z davlati, g‘oyaviy raqiblar va betaraf mamlakatlar aholisiga yetkazishni talab qildi. Uchinchi dunyoni yer yuzi aholisining aksariyat aholisi Osiyoning asosiy qismi, Afrika va Lotin Amerikasi tashkil etdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rioya qiladigan axborotning erkin oqimi (ruschasi: svobodniy potok informatsii; 1946 y. joriy etilgan) konsepsiyasi mamlakatlar о‘rtasida cheksiz axborot almashuvini nazarda tutadi. Bu masala bevosita texnik imkoniyatlarga bog‘liq ekanligini e’tiborga olsak, axborotning erkin oqimi AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniyadek mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlar dunyoning har qaysi burchagiga hech qanday nazoratsiz yetkazilishi mumkinligini anglab olamiz. Bunday sharoitda boshqa davlatlar rivojlangan mamlakatlarga axborot jihatidan (demak, mafkuraviy jihatdan ham) qaram bо‘lib qolishi aniq. Tarafdorlarini kо‘proq rivojlanayotgan mamlakatlar tashkil etadigan ikkinchi yangi umumjahon axborot tartibi (ruschasi: noviy mirovoy informatsionniy poryadok; 1976-y.) konsepsiyasining ma’nosi har qaysi alohida jamiyatning ichki axborot bozoriga xalqaro axborot oqimlari kirishini nazorat qilish zarurligidan iborat. Bu tartibning maqsadi milliy an’analarni va madaniyatni rivojlangan mamlakatlarning axborot xurujidan saqlashdir[1]. Ikkinchi konsepsiya YUNESKO tomonidan qо‘llab quvvatlangan. Ushbu bob muallifi konsepsiyaning amalga oshirilishiga bag‘ishlab 1979-yil sentabrda Toshkentda bо‘lib о‘tgan xalqaro konferensiyada qatnashgan. Mazkur anjumanda YUNESKOning о‘sha vaqtdagi Bosh direktori Amadu Maxtar Bou axborot almashuvini tartib asosida tashkil etish zarurligi haqida ma’ruza qilgan edi. Ma’ruza mazmuni va Bosh direktorning nuqtai nazari AQSH va uning tarafdorlariga yoqmaganligi sababli u zot keyinchalik о‘z vazifasidan ustalik bilan chetlashtirildi, yangi Bosh direktor (Friderik Mayor) esa erkin axborot oqimining targ‘ibotchisi bо‘lib chiqdi. Sivilizatsiyalarning zamonaviy holati haqida tо‘xtaladigan bо‘lsak, quyidagilarga о‘z e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bugungi kunda vaziyat shundayki, texnik jihatdan kuchli bо‘lgan xristianlar tamadduni butun dunyo bо‘ylab о‘z qadriyatlarini tarqatishga zо‘r berib intilmoqda. Aslida esa bu madaniy hujumdan о‘zga narsa emas. Buddaviylik ham (Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Honkong misolida) kundan kunga kuchayib borayotir. Islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar esa axborot jihatidan ular bilan teng kuchga ega emas. Shu sababli islomiy davlatlar, vaqtincha bо‘lsa da, noiloj о‘zlarini himoya qilishga majburdirlar. 475 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 G‘arbiy mamlakatlarning yetakchiligi shak shubhasiz va doimiy emas, albatta. Buning uchun Musulmon Renessansi davrini eslashning о‘zi kifoya. Darvoqe, “Musulmon Renessansi” iborasining о‘zi ham Sharqda emas, aynan G‘arbda paydo bо‘lgan, shveysariyalik olim Adam Mets mazkur sarlavha bilan barcha uchun birdek maqbul salmoqli kitob yozganligi bunga dalillardan biridir. Amerikalik mualliflar Heydi va Elvin Tofflerlar shunday yozadi: “G‘arb dunyo iqtisodiyotida uzoq vaqt davomida va ochiq oydin peshqadamlik qilib kelganligi bois bundan besh asr muqaddam ilg‘or texnologiyalar sohasida Yevropa emas, balki Xitoy oldinda bо‘lgani nazardan chetda qoldiriladi. О‘sha vaqtlarda aynan Osiyo jahon yalpi mahsulotining 65 foizini ishlab chiqarib, dunyoning qolgan qismiga rivojlanish yо‘lini kо‘rsatib turgan”[2]. Islom din va turmush tarzi о‘laroq umumsayyoraviy illatlarga (ekologiya, OITS, yadro quroli) qarshi tura olishining yuqori samarali bо‘lishi ham dunyo hamjamiyati uchun sir emas. Balki shuning uchundir, Yevropa aholisi о‘rtasida islomni qabul qilish davom etmoqda. Hozirgi siyosats
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлен научный анализ информационный поток, возникновения различных угроз и рисков в эпоху информированный информации и глобальных тенденций.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлен научный анализ информационный поток, возникновения различных угроз и рисков в эпоху информированный информации и глобальных тенденций. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2023 in Science LLC, Uzbekistan, tahdidlar, axborot oqimi, political and legal foundations, threats, axborotlashgan davr, угрозы, O‘zbekiston, общество, informed period, Узбекистан, информационный поток, jamiyat, информированный период, information flow, политико-правовые основы, siyosiy-huquqiy asoslar, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945