Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Классификация пиротехнических изделий и ее правовая основа
Ilyasbek TOJALIEV · Keywords: -/© in Science LLC. (University of Public Safety Republic of Uzbekistan)
Общество и инновации · 4 · 431-437 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проводится анализ вопросов, связанных Пиротехника, с классификацией пиротехнических изделий и их изделия, правовым основанием. Также рассматриваются другие классификация, аспекты, такие как разделение пиротехнических изделий процедура, химическое вещество, на пожарные, взрывоопасные и взрывопожароопасные, на пожар, основе описания процессов, происходящих при их взрывопожар, пиротехническом составе и химических изменениях. опасность, факторы, применение. Davlatning fuqarolar oldidagi eng katta burchi – bu ularning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir. Fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligi haqida qayg‘urish, shu bilan bir qatorda uni ta’minlash ham asosiy vazifalaridan biri. Bu borada jamoat xavfsizligini ta’minlash ulkan ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida jamoat xavfsizligiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bu sohaga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ulkan ishlar kompleks tarzda sifatli amalga oshirib kelinmoqda. 2021-yil noyabr oyining o‘zidayoq O‘zbekiston Respublikasida jamoat xafvsizligiga oid ikkita muhim hujjat qabul qilindi. Bular: “2022– 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi” edi. “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi”ning 1-bandida jamoat xavfsizligi tushunchasiga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra jamoat xavfsizligi – jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi deb belgilab qo‘yilgan. Jamoat xavfsizligiga tahdid sifatida pirotexnika vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanishni ham ko‘rishimiz mumkin. Garchi uning xavfini yuqori deb bo‘lmasa-da, insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazmoqda. Sababi avvalo, undan foydalangan shaxsning o‘zi turli xildagi tan jarohati olishi mumkin bo‘lsa, yana bir tomondan esa atrofdagi shaxslarga ham ziyon yetkazishi mumkin. Shifokorlar so‘ziga ko‘ra, pirotexnika vositalarining ovozi odamni bexosdan cho‘chitgani bois, yurak-qon tomir tizimiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, bundan uni oddiy o‘yinchiq yoki oddiy bir ko‘ngilochar narsa deb bilgan bolalar ko‘proq jabr ko‘radi. Ular orasida kuyish, turli tan jarohatlari olish holatlari, hatto qo‘l-oyoqlaridan ajrab qolganlar, ko‘rish va eshitish qobiliyatini yo‘qotganlar ham uchraydi. O‘zbekiston Respublikasida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kompleks kurash olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida ham bunga qarshi kurashda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Pirotexnika vositalari bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni tartibga solish hamda mamlakatimizga pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida samarali davlat nazoratini o‘rnatish, ulardan 432 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 noqonuniy foydalanishning oldini olish, pirotexnika vositalari namoyish qilinadigan madaniy-tomosha va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida 2009-yil 10-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. 2021-yilda Milliy gvardiya va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan 48 ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lsa, uning katta qismi aynan Jinoyat Kodeksining 2501-moddasi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borildi. Portlovchi va yonuvchi aralashmalar tayyorlash hamda ularni amalda qoʻllash bilan shug‘ullanadigan texnika vositalarining harbiy maqsadlarda, sanoatda, qishloq xoʻjaligida, bayramlarda mushakbozlikda qoʻllanadigan turlari mavjud. Harbiy maqsadlarda yorituvchi pirotexnik tarkib(PT)lar, signal, yondiruvchi, yorugʻ iz qoldiruvchi, tugun hosil qiluvchi PTlar qoʻllaniladi. PTdan jang maydonida snaryadlar, bombaning portlashi kabi sunʼiy portlashlarni hosil qilishda ham foydalaniladi. Sanoatda relslar, quvurlar, elektrsimlar, turli qotishmalar ishlab chiqarishda termit PTdan foydalaniladi. Gugurt ishlab chiqarishda ishlatiladigan tarkiblar ham PTning bir turi hisoblanadi. Signal PTlaridan transportda, kinoga olish, mushaklar tayyorlash va boshqalarda foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalardan saqlash, hoʻl mevalar saqlanadigan omborlar va vino bochkalarini dezinfeksiya qilishda PT ishlatiladi. Koʻpchilik PTlarning asosini oksidlovchining yonilgʻi bilan ikkilamchi aralashmasi tashkil etadi. Bunda yonilgʻi qisman oksidlovchidagi, qisman havodagi kislorod hi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проводится анализ вопросов, связанных Пиротехника, с классификацией пиротехнических изделий и их изделия, правовым основанием.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проводится анализ вопросов, связанных Пиротехника, с классификацией пиротехнических изделий и их изделия, правовым основанием. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2023 in Science LLC, qo‘llash, xavfli, procedure, explosion-fire, chemical, pirotexnika, химическое вещество, опасность, buyumlar, пожар, fire, факторы, процедура, application, omillar, изделия, dangerous, kimyoviy, classification, portlash-yong‘in, tartib, взрывопожар, применение, классификация, factors, tasnif, pyrotechnics, products, yong‘in, пиротехника
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026