Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ
INNOVATSION YONDASHUVLAR · Xudoynazarova Zulayho Sohibnazarovna · COMPETENCE IN STUDENTS
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article presents ideas about competence, issues of developing students' communicative competence, types of competence. Key words: communicative competence, future teacher, communication, higher education. ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ Аннотация. В данной статье представлены представления о компетентности, вопросах развития коммуникативной компетентности студентов, видах компетентности. Ключевые слова: коммуникативная компетентность, будущий учитель, общение, высшее образование. Oliy ta’lim muassasasi talabalarini komunikativ kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o’ziga xos o’rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilan bog’liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bo’lajak o’qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. “Competentia” lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi “inson yaxshi biladigan”, “tajribaga ega bo’lgan” kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi. Ilmiy manbalarda kompetentlik va kompetensiyaning quyidagi ta’riflarini uchratish mumkin: motivlashgan qobiliyat; shaxsning xususiyat va sifatlari, shaxsiy chizgisi; faoliyatga tayyorgarlik mezoni; masalani hal etish va uning natijalarini olish uchun zarur 128 30-Sentabr, 2024-Yil bo’lgan qobiliyat; faoliyatga bog’liq bilim, ko’nikma, malaka va tajriba (inson tomonidan o’zlashtirilgan masalani yechish, usullar va yo’llarini bir butunga birlashtirish), shu bilan birga shaxsning motivlashgan va hissiy-irodaviy sohasi. Kompetensiyalar tayanch va asosiy kompetensiyalarga bo’linadi. Tayanch komepetensiya - bu o’z tavsifi va qo’llanilish darajasi bo’yicha ommaviy, asosiy kompetensiya esa, o’z tavsifi va qo’llanish darajasi bo’yicha qaralayotgan mutaxassislikka mos keluvchi kompetensiyadir. Uni kasbiy kompetensiya deb ham atash mumkin. Tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko’ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o’zida zamonaviy mutaxassisga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, tafakkurini, madaniyati va xulqini shakllantirishga yordam beradi. “Kommunikativ kompetentlik” tushunchasi bilan yaqin aloqador bo’lgan – “shaxsning kommunikativ yadrosi” tushunchasi mavjud. “Kommunikativ yadro” tushunchasi yaqinda paydo bo’lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo’llanildi. Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko’rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo’lib, kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin. Oliy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligining shakllanishi nafaqat o’quv predmetlari ro’yxati, balki, fanni o’zlashtirish jarayonida shakllanadigan kasbiy ko’nikma va bilimlar, shuningdek, talabaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi faol o’rnidan iborat ta’lim mazmuni orqali amalga oshiriladi. Buning barchasi majmuaviy holda, bo’lajak pedagog shaxsini shunday tarbiyalaydiki, u o’z-o’zini rivojlantirish va o’z komilligi ustida ishlay olish usullariga ega bo’ladi, bu esa, o’z vaqtida pedagogga “inson-inson” tizimida kasb ustasi - sub’yekti sifatida samarali faoliyatni ta’minlaydi. Oliy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligini ta’riflashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, N.F. Talizinaning nuqtai nazaricha, u uchta asosiy tarkibiy qismlarga (sifatlar, bilimlar, ko’nikmalar) mos kelishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi: Sifatlar: ishga munosabatni ifodalovchi: mehnatsevarlik, e’tiborlilik, ijodiy yondoshuv; hatti-harakat va faoliyatning umumiy ma’romini tavsiflovchi: ijrochilik, mustaqillik, so’ziga sodiqlik, obro’lilik, faollik va shijoatlilik; aqliy qobiliyatlar: egiluvchanlik, zukkolik, uzoqni ko’ra bilishlik; ma’muriy-tashkiliy: ish muhitini 129 30-Sentabr, 2024-Yil yaratish ko’nikmasi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmasi, jamoani himoya qilish, insonlarni farqlay olish, ularni ishontira olish ko’nikmasi; insonlarga munosabatni tavsiflovchi: rostgo’ylik, tarbiyalilik; o’ziga munosabatni tavsiflovchi: talabchanlik, kamtarlik, dadillik, mukammallik. Bilimlar: o’z mutaxassisligi bo’yicha kasbiy, umummadaniyat, kasbiy
Доказательный фрагмент
«This article presents ideas about competence, issues of developing students' communicative competence, types of competence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents ideas about competence, issues of developing students' communicative competence, types of competence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- communicative competence, future teacher, communication, higher education, общение, oliy ta’lim., higher education., будущий учитель, высшее образование., muloqot, bo’lajak o’qituvchi, kommunikativ kompetentlik, коммуникативная компетентность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026