К содержанию
РецензированоRU2023

Тематическая классификация узбекского детского музыкально-игрового фольклора

Tukhtasin RAJABOV

Общество и инновации · 4 · 340-345 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается тематическая фольклор, классификация узбекского детского фольклора. Широко игра, освещается идеологическое содержание игр. Также музыка, определено, что цели и задачи детских музыкальных игр реальность, мотив, делятся на 3 вида. идея, бытовые игры, игры про животных, миф. O‘yinlar bolalar folklorining mustaqil, ommaviy, qadimiy va an’anaviy janrlaridan biri sanaladi. O‘yinlar ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmundorligi jihatidan folklorning boshqa janrlari qatorida turadi. Uning tarixiy-genetik ildizlari olis moziyga borib taqaladi. O‘yin muayyan poetik taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan bo‘lib, o‘ziga xos ijro o‘rniga, ijro holatiga, ijrochilarga, obrazlar olamiga, an’anaviy syujet tiplariga egaligi bilan xarakterlanadi. O‘yinlarning asosiy ijrochilari turli yoshdagi bolalar bo‘lib, ularda harakat va so‘z qorishiqligida biror-bir hayotiy voqelikni bolalar tafakkuriga mos tarzda dramatik tasvirlash tamoyili yetakchilik qiladi. O‘yinlarning g‘oyaviy mundarijasi keng va rang-barangdir. O‘yinlarda qadimgi insonlarning turli e’tiqodiy qarashlari, mifologik tasavvur-tushunchalari, marosim va urf- odatlariga oid ma’lumotlardan tortib, yugurish, sakrash, merganlik ko‘rsatish, kurashishga aloqador insonning jismoniy kuch-qudratini oshirishga xizmat ko‘rsatuvchi har xil sinov musobaqalari, ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan aqlni charxlash sinovlari, real turmush kartinasi, kishilarning o‘zaro munosabatlari, ishlab chiqarish holatlari – umuman, hayot voqeligi o‘ziga xos badiiy ko‘rinishlarda aks ettiriladi. Shu boisdan o‘yin motivlarining aksariyati ta’limiy-didaktik xarakter kasb etadi. Ayniqsa, maishiy o‘yinlarning syujet motivlari ijtimoiy–maishiy mohiyati bilan alohidalik kasb etadi. O‘zbek bolalar musiqiy o‘yinlari juda serqirra. Ular pedagogik, psixologik, etnologik, tarixiy, fiziologik va folkloriy hodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarga ega. O‘yinlarda bolalarning turmush tarzi, ruhiyati, dunyoqarashi, qiziqishlari aks etadi. O‘yinlar mavzusiga, bolalar yoshiga, jinsiga, ruhiyatiga, qachon va qayerda o‘ynalishiga, o‘yinchilar tarkibiga, qanday tashkil etilishiga, tarkibida so‘zning, harakat yoki predmetning ishtirokiga, syujet tiplariga, zamon voqeligiga munosabatiga ko‘ra rang- baranglilik kasb etadi. Shuning uchun o‘yinlar xilma-xil ichki turlarga ajratib o‘rganiladi. O‘zbek bolalar musiqiy o‘yinlarini tasniflash bo‘yicha o‘zbek folklorshunosligida ma’lum tajribalar bor. Jumladan, G‘. Jahongirov, O. Safarov va S. Galievlarning bu boradagi urinishlari diqqatga sazovordir. Biz birinchi marta bolalar xalq musiqa o‘yinlarining mazmuniga, tarbiyaviy yo‘nalishiga, tarkibida badiiy so‘z va harakatning o‘zaro omuxtalikdagi ishtirokiga, obrazlar tarkibiga, syujet tipiga ko‘ra ham bir-birlaridan farqlanib turishini aniqlab berdik. Ayniqsa, o‘yinlarni folkloriy-adabiy hodisa sifatida tadqiq qilganda, bu farqlar ko‘zga yanada yorqinroq tashlanib turishini ilmiy jihatdan ishonchli asosladik. 341 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 Demak, o‘yinlarni tasnif qilganda ularga xos ana shunday farqli belgilarni, albatta, to‘liq inobatga va e’tiborga olmoq lozim. Aks holda tasnifda mukammallik va yaxlitlik yetishmay qoladi. O‘yinlarda hayot voqeligi turli ko‘rinishlarda, turli real va majoziy, hatto ba’zan mifologik obrazlar vositasida talqin qilinadi. O‘yinlarning tuzilishi har xildir. Ular orasida syujetli va syujetsizlari bor. Syujetli o‘yinlar esa bir-ikki yo undan ortiq epizodlardan iborat bo‘ladi. O‘yinlardagi motivlar o‘yin turiga qarab o‘zgarib turadi. Syujetli o‘yinlar yana ma’lum syujet tiplariga egaligi bilan o‘zaro farqlanib turadi. Biz o‘yinlarni og‘zaki badiiy ijod namunasi-adabiy hodisa sifatida qarab, ularni obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni va kompozitsiyasi, maqsadi va estetik vazifalari jihatidan shartli ravishda uch turga ajratdik: a) qahramonlik ruhidagi o‘yinlar; b) hayvonlar haqidagi o‘yinlar; v) maishiy o‘yinlar. O‘yinlarning bu turlari bir-birlaridan o‘zaro g‘oyaviy mazmuniga, ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamoyiliga, o‘ynalish holatiga, ijro tabiatiga obrazlar talqiniga ko‘ra farq qilib turadi. Biroq ular turli fasllarda bolalar orasida baravar o‘ynab kelingan. Ularning biriga xos xususiyat ikkinchisida ham zohir. Shuning uchun ular o‘rtasida muayyan yaqinliklar mavjud, barchasi bolalar o‘yini nomi ostida yaxlit tizim shaklida birikkan. a) Qahramonlik ruhidagi o‘yinlar. Bolalar o‘yinlari silsilasida qahramonlik ruhidagi o‘yinlar alohida turkumni hosil qiladi va o‘ziga xos ayricha o‘ringa ega. Bunday o‘yinlarda qahramonlik yuksak darajada madh etiladi. Ularda qahramon (o‘yin ishtirokchisi)ning jismoniy kuch-qudrati, pahlavonligi, polvonligi, merganligi, tadbirkorligi, epchilligi, chaqqonligi, botirligi yoxud aql-idroki, zehni sinovdan o‘tkaziladi. Xullas, qahramonlikning har bir harakati sinov motivi bilan bog‘lanishi va shu asosda qahramonga baho berilishi bu xil o‘y

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается тематическая фольклор, классификация узбекского детского фольклора.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается тематическая фольклор, классификация узбекского детского фольклора. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
folklore, игра, reality, hayvonlar haqidagi o‘yinlar, everyday games, игры про животных, folklor, реальность, motif, motiv, музыка, миф, idea, фольклор, идея, musiqa, maishiy o‘yinlar, myth, game, o‘yin, mif, voqelik, бытовые игры, games about animals, мотив
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники