Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формирование у молодежи представлений о семейной жизни с помощью психологических знаний
Mamlatkhan NURMATOVA
Общество и инновации · 4 · 151-155 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются научные исследования о нравственные качества, наличии психологических знаний для предотвращения психологическая среда, негативных психологических ситуаций. Освещаются социальная установка, знания о правильной организации баланса в семейных брак, психологическое отношениях у молодежи. исследование, личностные качества, поведение, чувства, семья. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilishi hozirgi davrning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Respublikamizning barcha hududlarida olimlar tomonidan oila va nikohga doir ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviy yetuklik yoshlarda oilaviy hayot tarzi haqidagi tushunchalarni anglab yetish, oilaviy munosabatlar madaniyatining shakllanishi, uy-ro‘zg‘or ishlarini yurita bilish, oila osoyishtaligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarni o‘zida ifodalaydi. Oila qurishda ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lish deganda oilaning jamiyatda tutgan o‘rnini, uning ijtimoiy vazifalarini, oila qurish, farzandli bo‘lish, ularni tarbiyalash mas’uliyatlarini, oila a’zolari bilan o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish, oila tinchligi va farovonligini ta’minlash zarurligini anglab yetish tushuniladi. An’anaviy tayyorgarlik esa, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan qadriyatlar, ularni bugungi kun talabi bilan uyg‘unlashgan holda oilaviy hayotni mustahkamlashdagi, farzandlarni tarbiyalashdagi ahamiyatini anglab yetish va hayotga tatbiq eta olishdir. Oila qurishga huquqiy jihatdan tayyorgarlik oila qurish yoshi, oila mulki, er-xotin va ota-onalik, farzandlik huquqlari va majburiyatlari haqidagi huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatning yetarli darajada mavjudligini ifodalaydi. Oilaviy munosabatlarda do‘stlik, or-nomus, qadr-qimmat tuyg‘ularini o‘z o‘rnida qo‘llay olish va eng oliy tuyg‘u sevgi, nikoh va oilaviy munosabatlar haqidagi g‘oyalarni shakllantirishga yordam beradi. Oilaning psixologik muhiti o‘z navbatida oila ma’naviyatiga bog‘liq bo‘lib, unda ishtirok etuvchi har bir oila a’zosi, oilaning psixologik ma’naviy iqlimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan iloji yo‘q.Bularning barchasi juda qimmatli, ammo hozirgi davrda bunday bilimlarni o‘zlashtirishning tabiiy mexanizmi biroz yetarli darajada emas. Shunday ekan, yosh avlodni alohida tarbiyalash ham muhim o‘rin egallamog‘i lozim. Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ota-onalar, o‘qituvchilar, madaniyat va ommaviy axborot vositalari bilan har tomonlama tashkil etiladigan ma’lumot,bilim va ko‘nikmalar majmuasidir. O‘z navbatida ularning turmushga bo‘lgan munosabatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, turmush qurishga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lanadi. Oila nima uchun insonga kerak? Bu savolga har bir shaxs o‘ziga xos ichki mazmunga ega bo‘lgan holda javob beradi. Yoshlar tarbiyasida ishtirok etgan oila a’zolar- onasi, otasi, aka-uka, opa-singillari, bobo-buvilari, amakilari va xolalarining xatti-harakatlarini inobatga olgan holda fikr yuritadi. Yangi turmush qurgan yigit va qiz turmush qurgandan keyin oila birinchi navbatda o‘zi va uning xotini, keyin bolalari bo‘lib tuyuladi. 152 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 Oilaning ko‘p jihatlari shaxs uchun turli xil ma’nolarga ega. Oila insonda to‘liq psixologik va fiziologik qulaylikni ta’minlaydi, “hissiy boshpana” funksiyasini bajaradi. Oilada inson o‘zining qadr-qimmatini his qiladi va ko‘plab insoniy xislatlarni namoyon etadi. Bu dunyoda har bir insonning yashashi juda qisqa vaqt davom etadi shu sababdan qachon vafot etishini hech kim bilmaydi.Oilada shaxsiy fazilatlarining o‘ziga xosligida turli xil fikrlar namoyon bo‘ladi. Birinchidan, adashib qolishdan qo‘rqish, e’tiborsiz qolish va ikkinchidan, yolg‘izlikni yengish, qadrli, sevimli va almashtirib bo‘lmaydigan bo‘lish istagidir. Inson o‘zini qanchalik qadrli his qilsa, yolg‘izlikni yengish uchun shunchalik imkoniyat va kuchga ega bo‘ladi. Hamma inson sevimli bo‘lishni istaydi. K. Yung ruhiy buzilishlar va kasalliklarning jiddiy sababi “ruhiy energiyani blokirovka qilish”dan yuzaga keladi, deb izohlab o‘tadi. Bu inson qiyinchiliklardan uzoqlashib, o‘z hayotiy da’vatini bajarmaganida sodir bo‘ladi. Oiladagi sevgi esa yolg‘izlikdan xalos qiladi, insonni to‘liq (nafaqat jismonan, balki jinsiy jihatdan) qabul qilishga imkon beradi. Aynan oila inson o‘zini namoyon qilishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Sevilish zaruratidan tashqari, har bir insonning o‘zi ham sevishga intiladi. Yoshlikda turmush qurishga qaror qilish yoshlarning uzoq muddatli ruhiy va jismoniy yaqinlikni orzu qilish istagidan ham kelib chiqadi. Bu joyda oila nikoh vazifasini bajaradi, insonparvarlik va muhabbat tuyg‘ularining namoyon bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Nikohga oid psixologik bilim – bu yoshlarning turmush qurishdan oldin birgalikdagi hayotining birinchi yillarida eng muhim qadriyat yo‘nalishi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Vaqt o‘t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются научные исследования о нравственные качества, наличии психологических знаний для предотвращения психологическая среда, негативных психологических ситуаций.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются научные исследования о нравственные качества, наличии психологических знаний для предотвращения психологическая среда, негативных психологических ситуаций. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moral quality, брак, shaxsiy sifat, family, семья, поведение, behavior, psychological environment, личностные качества, axloqiy sifat, social attitude, xulq-atvor, marriage, oila, psychological research, psixologik tadqiqot, психологическое исследование, his-tuyg‘u, psixologik muhit, социальная установка, чувства, ijtimoiy munosabat, personal quality, feelings, психологическая среда, нравственные качества
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025