Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Педагогические основы саморазвития будущих учителей физической культуры
Physical Culture teachers · Azim MAMIROV
Общество и инновации · 4 · 11-15 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: Статья обсуждает педагогические основы педагогическая профессионального саморазвития будущих учителей технология физической культуры. Основные аспекты включают учет самосовершенствования индивидуальных и возрастных особенностей студентов, в процессе профессиональной поощрение их самосовершенствования в процессе деятельности, профессиональной деятельности, а также обеспечение учителя физической возможности выбора личностной траектории культуры, самосовершенствования с учетом ориентиров педагогический процесс. профессионального развития. Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom bo‘lgan avlodni kamol toptirish hisoblanadi. Zero, bugun dunyo mamlakatlarida keskinlashayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida yuksak ma’naviyatli va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash Vatanimiz kelajagini belgilab beruvchi va xalqimizning ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi eng muhim omillardan biridir. Bu ezgu ishning amalga oshirilishida uning huquqiy asoslari ham yaratilgan bo‘lib, keng qamrovli ishlar bajarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son Qarori va 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoni bu sohani yanada rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadlaridan biri ham bu sohadagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, jismoniy tarbiyaga oid ko‘nikma va malakalarga doir tushuncha hamda atamalarni to‘g‘ri shakllantirishdan iborat. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davlat darajasida ham, jahon darajasida ham raqobatbardosh o‘qituvchilarning yangi avlodiga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va Jahon ta’lim tizimiga o‘tish o‘qituvchilar faoliyatining mazmunini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Oliy ta’lim tizimida jahon andozalari asosida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilariga talabning ortib borishi uzluksiz ta’lim olish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Biroq, o‘qituvchilar uchun markazlashtirilgan malaka oshirish kurslarini moliyalashtirishning yetishmasligi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishning muqobil usullarini izlash zarurligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun o‘qituvchining kundalik faoliyatida o‘z-o‘zini takomillashtirish, mustaqil o‘rganish va o‘z-o‘zini tarbiyalash muhim rol o‘ynaydi. Shunday bo‘lsa-da, ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining aksariyati pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining asosiy vazifalari ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va nazorat qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga o‘rganilishi rejalashtirilgan mavzu bo‘yicha zaruriy axborotlarni yetkazib berishdan iborat deb hisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish jarayonida o‘qituvchilar tomonidan o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi quyidagi vazifalar bajarilishi zarur: 12 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2023) / ISSN 2181-1415 - o‘quv dasturida o‘rganilishi rejalashtirilgan mavzuga mos ravishda ta’lim jarayonining ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini belgilash; - maqsadga muvofiq ko‘zlangan natijalarga erishish uchun vazifalar belgilash va belgilangan vazifalarni bajarish yo‘nalishida tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini va qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni tanlash. Biroq, har qanday takomillashtirish rejalashtirilgan dasturga muvofiq amalga oshirilishi kerak, shuning uchun o‘qituvchilar kasbiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini takomillashtirishni rejalashtirishlari va o‘z-o‘zini rivojlantirish vositalaridan xabardor bo‘lishlari kerak. Shunday ekan, ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining funksional vazifalaridan biri pedagogik jarayonlarda maqsadga erishish uchun ta’lim jarayoni sub’yekti sifatida o‘quvchilarni faoliyatini muvofiqlashtirish va faolligini oshirishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida o‘zini-o‘zi, o‘z faoliyatini, bir so‘z bilan aytganda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqaradilar, mazkur faoliyat o‘z navbatida o‘qituvchilar va o‘quvchilarning do‘stona munosabatlarga asoslangan o‘zaro hamkorlikdagi boshqaruv faoliyatini ifodalaydi. O‘zbekistonda sportning rivojlanish tarixi, an’analari, usullari va yo‘nalishlari yuzasidan A.Q.Atoev, J.Nurshin, R.Salomov, F.Kerimov, SH.X.Xonkeldiev, J.M.Toshpo‘latov, O‘.I.Ibroximov, A.N.Abdiev; jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy tashkil etish va bo‘lajak kadrlarni ilmiy salohiyatli qilib tarbiyalash masalalari K.M.Maxkamjonov, I.A.Qo‘shbaxtiev, L.R.Ayrapetyans, T.S.Usmonxo‘jaev, S.S.Xo‘jaev, Q.Alimov; milliy sport turlarini rivojlantirish, sport to‘garaklarini loyihalash, sayohatlarni tashkil qilish metodikasig
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Статья обсуждает педагогические основы педагогическая профессионального саморазвития будущих учителей технология физической культуры.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Статья обсуждает педагогические основы педагогическая профессионального саморазвития будущих учителей технология физической культуры. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogical technology, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, teachers of Physical Culture, педагогический процесс, pedagogical process, pedagogik jarayon, учителя физической культуры, pedagogical technology of self-improvement in the process of professional activity, педагогическая технология самосовершенствования в процессе профессиональной деятельности, кasbiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini takomillashtirish pedagogik texnologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025