Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Развитие культуры уважения человеческой ценности у учащихся начальных классов
Dilshodа SAPARBOEVA (primary school pupils) · June -/© in Science LLC. (University of Science and Technology)
Общество и инновации · 4 · 287-291 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье разработаны факторы и задачи начальный, развития культуры почитания человеческого достоинства ученик, у учащихся с научно-теоретической точки зрения. человек, Педагогически обоснованы вопросы педагогического похвала, культура, мастерства и духовного совершенства преподавателя. духовность, нравственность, благотворное, традиция, ответственность, воспитательный процесс, ценности, свободомыслие, личность, деятельность, развитие. Yangi O‘zbekiston sharoitida inson qadrini ulug‘lash, xalqparvar davlat barpo etish maqsadi asosida yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”, 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi xalqimizning dunyoqarashi, ong-u tafakkurini yuksaltirishda, jamiyatimizda yangicha qadriyat va an’analarni shakllantirishda, O‘zbekistonda insonparvar davlatni qo‘llab-quvvatlashda jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab kelmoqda. Yurtimizda kam ta’minlangan, nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bevosita inson sha’ni, uning qadr-qimmatini ulug‘lanishi, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishi, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlash, munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi kabi masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan va bu sohada olib boriladigan vazifalar aniq ko‘rsatilgan. Bu sohada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga barcha imkoniyatlar yaratib berish, ularni yetuk va yurt kelajagiga manfaati tegadigan shaxs bo‘lib shakllanishiga katta e’tibor qaratilgan. Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. 288 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 Buning uchun yoshlarimizda bolalikdan boshlab iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ma’naviy-axloqiy salohiyatini yuksaltirish, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning tafakkurida inson qadrini ulug‘lash an’analarini asrab-avaylash va hurmat qilish xususiyatlarini qaror toptirish darkor. Shuning uchun ham yangi O‘zbekiston avlodida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini takomillashtirish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish asosida xalq, vatan, jamiyat uchun fidoyi insonlar etib tarbiyalash, davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror toptirish, xalq o‘tmishi, ajdodlarimiz madaniy merosiga havasni, faxrni, iftixorni uyg‘otish kabilar ularda burch va mas’uliyat, o‘zligini anglash xususiyatlarini kamol toptiradi. Inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish muammosi barkamol avlod tarbiyasining muhim komponenti sifatida milliy pedagogika nazariyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bugungi kunda inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish – o‘qituvchining kasbiy bilim va dunyoqarashi, o‘quv jarayoni, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlarini tashkil etishi, aqliy salohiyati, ijtimoiy va axloqiy rivojlanganligi bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish bu ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, an’analarga chuqur hurmat, o‘zligini saqlab qolish, ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish faolligini yuzaga keltirishga, halol va pok, hamjihat, ahil bo‘lishga, el-yurt qayg‘usi bilan yashashda insonparvarlik, demokratik tamoyillarni qaror toptirish, haqiqatning ro‘yobga chiqishida, o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlashida muhim o‘rin tutadi. Chunki ushbu jarayonlar o‘quvchilarda mustaqillik, erkin fikr yuritish, o‘zlikni anglash, axloqiy-huquqiy burchni tushunish, milliy xususiyatlar, orzu-umidlar, tafakkur qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini rivojlantirishning asosiy omillari Axloq va huquq Tinchlik va do‘stlik Birodarlik va Mustaqillik qardoshlik Asosiy vazifalari 1. Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni voyaga yetkazish 2. Insonni huquqiy tomondan himoyalash 3. Ins onni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy taraqqiyotidagi faoliyatini takom illashtirish 289 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 Demak, o‘qituvchi inson qadrini ulug‘lash madaniyatining mazmun-mohiyatida burch, mas’uliyat, millat, xalq, Vatan, davlat, himoya qilish va uning moddiy va ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy, siyosiy, pedagogik-psixologik ehtiyojlarini ta’minlovchi jarayon ekanligini o‘quvchilarga misollar asosida tushuntirish ularda tenglik, barqarorlik, totuvlik, turli millat xalqlariga hurmat va ishonch kabi xususiyatlarini rivojlantiradi. Demak boshlang‘ich sinf o‘quvch
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье разработаны факторы и задачи начальный, развития культуры почитания человеческого достоинства ученик, у учащихся с научно-теоретической точки зрения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье разработаны факторы и задачи начальный, развития культуры почитания человеческого достоинства ученик, у учащихся с научно-теоретической точки зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, axloq, educational process, inson, человек, свободомыслие, praise, spirituality, morality, structure, o‘quv jarayoni, ответственность, традиция, начальный, personality, barkamol, туота-она, beneficial, person, activity, развитие, нравственность, ulug‘lash, primary, ученик, тузилиши, an’ana, благотворное, культура, деятельность, development, похвала, ценности, values, culture, o‘quvchi, responsibility, личность, freethinking, qadriyatlar, воспитательный процесс, boshlang‘ich sinf, духовность, student, mas’uliyat, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026