Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ СТРОИТЕЛЬСТВА МОСТОВ
Xalilov Sodiqjon Qayumovich
Современная наука и исследования · 3 · 45-59 · 2024
Аннотация
This article includes the development of control of girder reinforced concrete bridges. The main purpose of the variant project is the modern types of intermediate devices, main materials of supports, foundations. Also, the article includes the main cases of comparison of options and suggestions for making an optimal decision, showing the main schemes of bridges in examples, and developing an explanation of the drawing account. Key words: Reinforced concrete, modern types of foundations, bridge design, volume of materials, project management, management efficiency. ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ СТРОИТЕЛЬСТВА МОСТОВ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы управления балочными железобетонными мостами. Основная цель вариантного проекта – современные типы промежуточных устройств, основные материалы опор, фундаментов. Также в статье приведены основные случаи сравнения вариантов и предложения по принятию оптимального решения, показаны на примерах основные схемы мостов и разработаны пояснения к расчету чертежа. Ключевые слова: Железобетон, современные типы фундаментов, проектирование мостов, объемы материалов, управление проектами, эффективность управления. Temirbeton ko’priklar qurish uchun asosiy qurilish materialidir. Zo’riqtirilgan temirbeton qurilmalar bo’yicha tuzilgan. Xalkaro federatsiyaning (FIP) ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda qurilayotgan ko’priklarning 60% zo’riqtirilgan temirbetondan, 30%-oddiy temirbetondan va fakat 10% gina metalldan quriladi [1]. Temirbetondan umumiy holda foydalanishning dastlabki sharti, metallni kam sarflanishi va beton to’ldiruvchilari va biriktiruvchilarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyolar zahirasining ko’pligidir. Yuqori sifatli qilib loyihalangan va qurilgan temirbeton ko’priklar uzoq saklanadi va foydalanish davrida katta xarajatlarni talab qilmaydi. 1 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bunga Rossiyada Don daryosiga qurilgan oraliq qurilmasi 20 va 25 m. dan bo’lgan ko’prikni misol qilish mumkin. Bu ko’prik 80 yildan ko’prok foydalanishda bo’lib, hozirgi kunda piyodalar harakati uchun foydalanilmoqda. Loyihalanayotgan ko’prikli inshoot, foydalanish davridagi, ekologik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va me’morchilik xususiyatlariga ega bo’lgan qator asosiy talablarini qanoatlantirishi kerak. Foydalanish davridagi talablar ishonchligi, pishiq va inshootni uzluksiz foydalanishda bo’lishini, hamda transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Qatnov qismi va piyodalar yo’llarining kengligi, kelajakdagi hisobiy o’tkazish qobiliyatiga to’g’ri kelishi kerak. Ko’prik inshootining bo’ylama kesimi tekis bo’lishi kerak. Oraliq qurilmalari yuklar o’tgandan tashqari egilish va tebranishlarga yo’l qo’ymaydigan mustahkamlikka ega bo’lishi kerak. Transport vositasining ko’prikdan tushib ketmasligini hamda, piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi kerakli to’sinlar o’rnatilishi kerak. Inshootlarning pishiqligi, mustahkam va chidamli xususiyatlari qurilish normalari va davlat standartlari talablarini qondiradigan materiallarni qo’llash orqali ta’minlanadi. Bunda qoplamalar ustidan suv qochirish ishlari yaxshi bajarilishi kerak. Inshootning pishiqligi yana qurilish-montaj ishlarini qanchalik sifatli bajarilganligiga ham bog’liq bo’ladi. Qurilmalar shunday loyihalanish kerakki, ko’prikni ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlashni bajarish qulay bo’lsin. Ko’prik oralig’i, oraliq qurilmalar uzunligi va qurilmalarining daryodagi suv sathidan balandligi toshqinlar, muz oqimlari va shox - shabbalar oqimlarini xavf-xatarsiz o’tkazib yuborishni ta’minlashi, hamda kemalar qatnovi va yog’och oqizish talablariga javob berishi kerak. Foydalanishi davridagi ko’prikka qo’yiladigan talablar asosiy hisoblanadi. Ekologik talablarga - hozirgi zamon ko’prikli o’tish joylarini, yo’lo’tkazgichlarni, havonlarini loyihalashtirilgan joylarda atrof muhitga yetkaziladigan zararni iloji boricha minimal qiymatga keltirish shartlarini o’z ichiga oladi. Loyihalash davrida ko’prikli o’tish joylari yuk chiziqlarini o’tkazishni davlat qo’riqxonalari, tabiat va madaniyat obidalari, daryo bo’ylaridagi o’rmon polosalari joylashishini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilmog’i zarur. Botqoqliklar, yemirilishlar hosil bo’lishini oldini olish, ekologik muvozanatni va baliq zahiralari himoyasini saqlab qolish, qurilish davrida vaqtincha foydalanishda bo’lgan yerlarni qayta tiklash va serhosil tuproqlardan qayta foydalanish bo’yicha chora va tadbirlar ko’zda tutiladi. Shaharlarda asosiy e’tiborni me’morchilik obidalarini saqlash va shovqinga qarshi tadbirlarga qaratiladi. Zarur bo’lganda yo’lo’ltkazgichlar va ularga kirish joylarida shovqindan himoya qiluvchi to’siqlar qurilishi mumkin. Iqtisodiy talablar - loyihalanayotganda ko’priklarni qurishda va ulardan foydalanish davrida iloji boricha kam xarajat va materiallar talab qiladigan yechimlarni tanlashdan iboratdir
Доказательный фрагмент
«This article includes the development of control of girder reinforced concrete bridges.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article includes the development of control of girder reinforced concrete bridges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reinforced concrete, modern types of foundations, bridge design, volume of, design principles, o`tish yo`laklari, passageways, loyihalash asoslari, suv ustagi ko`priklarning loyihalanishi., принципы проектирования, temir beton ko`priklar, design of bridges over water., проектирование мостов над водой., железобетонные мосты, reinforced concrete bridges, переходы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026