Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Эффективность использования информационных технологий в общеобразовательной школе
Sayfulla ALIBEKOV (secondary school)
Общество и инновации · 4 · 96-99 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается повышение интереса и образование, адаптации учащихся при использования информационных информaционные технологий на занятиях. технологии, современные технологии, компьютерные игры, связь, самостоятельное движение, речевая культура, интернет, электронная информaция. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda umumiy o‘rta ta’limning biron-bir o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini axborot kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillari, uning psixologik xususiyatlari, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillari, shuningdek, yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu esa ta’lim tizimida, xususan, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni paytda davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish kutilayotgan natijaga erishish uchun asosiy masala hisoblanib, ko‘plab munozara va turli xil fikrlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishiga qaramay, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda va ularni har tomonlama yеtuk inson bo‘lib rivojlanishida, dars jarayonida o‘quvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish, komputerli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishi uchun mo‘ljallangan barcha komputerli o‘yin dasturlarining hammasi ham ta’lim jarayonida o‘z samarasini beravermaydi [1]. 97 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 Shuning uchun ham komputer o‘yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondashuv va e’tibor kerak bo‘ladi. Komputerli o‘yin dasturlari shunday yaratilgan bo‘lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O‘yin dasturidagi har bir harakatni o‘quvchi tushuna olish, uni qanday bajarish kerakligini o‘ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich savodxonligini ham oshirish mumkin, ya’ni komputerning umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu bolalarning komputer savodxonligi va ko‘nikmalarini shakllanishida asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida komputerli o‘yin dasturlaridan foydalanish o‘quvchilarda bir qancha pedagogik-psixologik funksiyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi: mustaqil harakat qilish imkonini beradi; obrazli tasavvurlash va fikrlash rivojlanadi; ranglarni ajrata olish imkoniyatini yaratadi; bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi; o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi; muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi; insonlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi; o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi; hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi; charchoq va quvvatsizlikni bartaraf etadi; nutq madaniyati va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi; harakatchanlik qobiliyati oshadi [2]. Bugungi kunda respublikamizda maktab ta’lim tizimini komputer, multimediali elektron qo‘llanmalar, Internet, elektron ma’lumotlar bazasi va shu kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etish hamda mashg‘ulot va boshqarish jarayonida ulardan keng foydalanishga oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktab ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar quyidagi talablarga mos kelishi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается повышение интереса и образование, адаптации учащихся при использования информационных информaционные технологий на занятиях.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается повышение интереса и образование, адаптации учащихся при использования информационных информaционные технологий на занятиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, electronic information, modern technologies, zamonaviy texnologiya, Internet, speech culture, современные технологии, интернет, structure, информaционные технологии, электронная информaция, образование, axborot texnologiya, mustaqil harakat, самостоятельное движение, communication, the Internet, komputerli o‘yin, elektron ma’lumot, information technologies, kommunikatsiya, ta’lim, nutq madaniyati, компьютерные игры, речевая культура, связь
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026