Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Понятие аудиторской деятельности и ее правовая природа
Jaloliddin ASKAROV · February -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Law)
Общество и инновации · 4 · 74-79 · 2022
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье были проанализированы понятие аудиторская аудиторской деятельности и ее основные аспекты, изучены деятельность, мнения ученых. Также были определены виды аудиторской аудит, право, деятельности и проанализированы основные особенности. контроль, Определены основы правового регулирования аудиторской добровольный аудит, деятельности и услуг и даны авторские выводы. обязательный аудит. 1 Senior Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: j.askarov@tsul.uz, businesslawmaster@gmail.com Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2023) / ISSN 2181-1415 Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo‘lishidan qat’iy nazar, ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan, ya’ni axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi, noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inkirozga yuz tutilishi, iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj, axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning yetishmasligi hamda mana shu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to‘g‘risida xolis fikr-mulohazalar bildirish edi. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo‘ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan xoli edi [1, 7-b]. Ayrim manbalarga ko‘ra, buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o‘rtalarida Yevropaning aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o‘rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O‘sha paytlarda mustaqil faoliyat ko‘rsatib, korxonaning ishlab chiqarish, moliya faoliyati to‘g‘risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862-yili Angliyada, 1867-yili Fransiyada, 1937-yili esa AQSHda “Majburiy audit to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan [2, 39-b]. Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi [3]. Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalar o‘zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o‘z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘larini (shaxsiy, qarz, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligini kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalarni qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalarning natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi. Ichki nazorat kapitalni investitsiyalashtirishning butun jarayonini kuzatib boradi. Ichki nazoratning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan va “postaudit” nomini olgan nazorat biznes- rejaning moliya bo‘limidagi ishlab chiqarish-investitsiya faoliyatining har bir bosqichida rejlashtirilgan moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejalashtirish metodlarini yaxshilash yo‘llarini qidirishni anglatadi [3]. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. 75 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2023) / ISSN 2181-1415 Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat: • turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari; • soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari); • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari va boshqalar [4, 89-b]. Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье были проанализированы понятие аудиторская аудиторской деятельности и ее основные аспекты, изучены деятельность, мнения ученых.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье были проанализированы понятие аудиторская аудиторской деятельности и ее основные аспекты, изучены деятельность, мнения ученых. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, huquq, control, audit activity, аудит, structure, mandatory audit, добровольный аудит, обязательный аудит, nazorat, majburiy audirotlik, law, ixtiyoriy auditorlik, аудиторская деятельность, право, voluntary audit, auditorlik faoliyati, контроль, auditorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026